Koinotning qurilish ashyolari


XII-BOB: TEMIR – MUSTAHKAM ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XII-BOB: TEMIR – MUSTAHKAM ELEMENT
Jahon mumtoz adabiyotining eng 
qadimiy 
namunalaridan 
biri 
Gomerning 
«Iliada» dostoni sanaladi. Ushbu doston 
taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan 
bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil 
atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali 
haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha 
qamal 10 yil davom etgan emish.
Dostonda naql qilinishicha, o‘sha 
janglarda qatnashgan jangchilarda qurol-
aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan 
bo‘lgan.
Odamzot rudalarni qayta ishlab metall olishni o‘rganib olgandan keyingi ishlab 
chiqarish yo‘lga qo‘yilgan eng birinchi qattiq va pishiq metall bu – bronza bo‘lgan. Bronza o‘zi 
sof metall emas, balki, mis va qalay metallarining qotishmasidir. Tarixda bronza metalli eng 
keng qo‘llangan davrni 
bronza davri
deyiladi. 
Davriy jadvaldagi 26-raqamli element – 
temir
ham odamlarga juda qadimdan ma’lum. 
Temirdan yasalgan buyumlar eramizdan avvalgi 4000 yillikka tegishli Misr sag‘analaridan 
ham topilgan. Lekin, u paytlarda temir yarimqimmatbaho metall sanalgan. Masalan, yana o‘sha 
«Iliada» dostonida qayd etilgan sport musobaqalarida g‘olib atletga temir medal mukofot qilib 
berilgani qayd etiladi. Eramizdan avvalgi 1500-yilgacha bo‘lgan davrlarda odamlar temirni 
qanday qilib ko‘p miqdorlarda olishni va undan buyumlar va qurol-yaroq tayyorlashni bila 
olishmagan.
Temirni sof holda ajratib olishni va undan qurol-yarog‘, hamda boshqa buyumlar 
tayyorlashni o‘zlashtirgan ilk xalq bu Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) hududida yashagan 
xettlar bo‘lishgan. Xettlar temirdan yasalgan o‘q-yoy va boshqa qurollar, shuningdek, 
dubulg‘a, qalqon va sovut bilan qurollanib jang maydonida paydo bo‘lishganda, ularga 
ro‘baro‘ kelgan dushmanlar qandaydir «maxfiy qurol»ga duch keldik deb o‘ylashgan. 
Bronzadan yasalgan xanjar va oyboltalar temir dubulg‘a oldida ojiz qolardi. Ularning tig‘i 
qayrilib, dami o‘tmaslashib qolardi. Temir oybolta, o‘q-yoy va xanjarning tig‘i esa bronza 
qalqon va sovutni qiyinchiliksiz teshib o‘tib ketar va dushmanga mislsiz talafot yetkazardi. 
Ya’ni, temir bronzadan ko‘ra sezilarli darajada qattiq va pishiq bo‘lib chiqqan.
Temirni olishni va unga ishlov berishni o‘zlashtirish asnosida, qadimgi xalqlar birin 
ketin bronzadan voz kechib temir madaniyatiga o‘ta boshlashdi. Shu tariqa, tarixda bronza 
davri tugab, 
temir davri
kirib keldi. Eramizdan avvalgi 600-yil atrofida ko‘hna dunyoning 
deyarli barcha mamlakatlari qo‘shinlari istisnosiz ravishda temir qurol-yaroqqa o‘tishgan.


97 
Hozirda temir metallar ichida eng arzonlaridan biri sanaladi. Temirning ayrim 
markalarining bir kilogrammi atiga 10 sent turadi. Temir – yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan 
metallardan biri bo‘lib, faqat alyuminiygina undan ko‘proq tarqalgan. Temirning yer 
qobig‘idagi umumiy ulushi 5% atrofida baholanadi. Temirni shunchalik keng tarqalganligi va 
uni turli birikmalardan va rudalardan ajratib olish osonligi sababli, uning narxi shunday arzon 
hisoblanadi.
Yer qobig‘ining quyi qatlamlarida, ichkarilab, chuqurlashib borgan sari ruda 
tarkibidagi temir miqdori ham ortib boraveradi. Yer sayyorasi yadrosining 8000 km diametrga 
ega markaziy qismi ham erigan cho‘g‘ holatidagi temirdan iborat deb taxmin qilinadi. Umuman 
olganda, sayyoramiz vazning 40% yaqin qismini aynan temir tashkil qiladi.
Temir shuningdek Yerga ochiq koinotdan ham muntazam kelib tushadi. Chunki, 
Quyosh tizimi ichida daydib yurgan katta-kichik meteoritlar va asteroidlarning asosiy 
massasini ham aynan temir moddasi tashkil qiladi. Xabaringiz bor, bunday meteoritlar har kuni 
millionlab sonda Yer atmosferasiga kirib keladi va sayyoramizning turli mintaqalariga qulaydi. 
Ularning ba’zilari oddiy tosh kattaligida bo‘lsa, ba’zilari tarvuzdek bo‘ladi. Yer sirtiga yetib 
kelgan va olimlar tomonidan topib o‘rganilgan meteoritlarning tarkibida 90% qismi temir ekani 
statistikadan ma’lum (qolgan 10% qismi asosan silikatlardan iborat bo‘ladi). «Iliada» 
dostonida va boshqa xalqlarning afsonalarida ham «osmondan tushgan» temirdan yasalgan va 
shu sababli ham «ilohiy kuch»ga ega bo‘lgan shamshirlar haqida so‘z ketgan joylar mavjud. 
Tabiiyki, o‘sha temirning «osmondan tushgan»ligi hecham ajablanarli emas. Chunki, 
meteoritlar Yerga o‘sha zamonlarda ham albatta har kuni tushib turgan.
Temir – tirik organizmlar uchun hayot uchun eng zaruriy elementlardan biridir. 
Issiqqonli organizmlarda, shu jumladan odam organizmida temir moddasi qonning eng muhim 
qismlaridan biri sanaladi. Aslida qonning rangi qizil bo‘lishining asosiy sababchisi ham aynan 
temir elementidir. O‘pkalarda kislorodni olib butun tana bo‘ylab tarqatadigan qon elementini 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish