Koinotning qurilish ashyolari


IX-BOB: OLTINGUGURT – SARIQ ELEMENT



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

IX-BOB: OLTINGUGURT – SARIQ ELEMENT 
16-raqamli element hammaga yaxshi 
tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim 
zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt 
mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 
1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni 
alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan 
olim mashhur farang kimyogari Antuan 
Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.
Oltingugurtning lotincha nomlanishi, 
ya’ni, «
sulfur
»ning kelib chiqish ildizi ma’lum 
emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa 
turkiy tildagi «oltin» va forscha «gugurt» 
so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning 
«yonish», «olov» so‘zlariga aloqadorligi 
taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham 
yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni 
sera

сера
») deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element 
nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi yunonlar oltingugurtni «
tion
» deb nomlashgani tarixiy manbalarda qayd 
etiladi. Tarkibida oltingugurt mavjud bo‘lgan kimyoviy birikmalarning nomlanishida «-
tio
» 
qo‘shimchasi mavjudligi aynan shu fakt bilan bog‘liq.
Davriy jadvalda oltingugurt shundoqqina kislorodning tagidagi katakchada joylashgan. 
Oltingugurt atomlari ko‘p hollarda o‘zini xuddi kislorod bilan o‘xshash tarzda tutadi. Lekin, 
tashqi ko‘rinishidan bu ikki element hech qanday umumiylikka ega emas. Siz yaxshi bilasizki, 
kislorod bu – rangsiz va hidsiz gaz. Oltingugurt esa yorqin sariq rangli qattiq moddadir.
Oltingugurtning bir necha xil allotropik shakllari mavjud. Masalan, erib turgan 
oltingugurtni sovuq suvga to‘kib yuborilsa, qo‘ng‘ir tusli elastik tolalar hosil bo‘ladi. Ushbu 
moddani 
plastik oltingugurt
deyiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday plastik oltingugurt ham 
asta-sekinlik bilan biz yaxshi taniydigan sariq oddiy oltingugurt qayta aylanadi.
Kislorod, oltingugurt va ushbu guruhga mansub boshqa elementlarni kimyogarlar 
ba’zan 
xalkogenlar
deb ham yuritishadi. Mazkur nomning kelib chiqishi yunonchadagi «mis 
tug‘diruvchi» degan so‘z bilan bog‘liqdir. Haqiqatan ham, ko‘plab metallarning rudasi, shu 
jumladan mis rudasi ham, odatda mazkur metallning yoki kislorod bilan, yoki oltingugurt bilan 
birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Tabiatda sof holdagi oltingugurt Italiyaning Sitsiliya orolida, AQSHning Luiziana va 
Texas shtatlaridagi konlarda mo‘l uchraydi. Ushbu konlarda oltingugurt odatda suyuq holda 
qazib olinadi. Chunki, shunisi qulayroq. Kondan oltingugurtni suyuq holda qazib olish jarayoni 
muhandislikda 
Frash jarayoni
deb nomlanadi. Bunda, oltingugurt qatlamlari joylashgan 


74 
chuqurliklarga burg‘ulash orqali ikkita tuynuk ochiladi va tuynuklardan biri orqali ichkariga 
qaynab turgan suv bosim ostida haydaladi. Bilasiz, suv 100 ℃ da qaynaydi. Oltingugurtning 
erib, suyuqlanishi uchun 113 ℃ kerak bo‘ladi. Oradagi 13 ℃ farqni yer qa’riga bosim bilan 
kirib borayotgan suvning shiddati hosil qilib beradi va natijada, ichkaridagi suvning harorati 
oltingugurtning eritishga yetarli bo‘lib kirib boradi. Erib, suyuqlangan oltingugurt boshqa bir, 
ya’ni, ikkinchi tuynukdan so‘rib olinadi.
Oltingugurtni odatda ikki xil ko‘rinishda uchratish mumkin. Agar oltingugurtni 
qaynatib, bug‘lanib chiqayotgan qismini biror sovuq yuza bilan ta’sirlashishiga sharoit yaratib 
berilsa, oltingugurt bug‘lari kukun shaklida qaytib tushadi va biz yaxshi taniydigan, odatda 
uzumni zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatiladigan 
oltingugurt kukuni
hosil 
bo‘ladi. Agar, qaynab suyuqlangan oltingugurtni o‘z holiga qo‘yib, o‘zi tabiiy sovishini kutilsa, 
natijada oltingugurt qumoq-qumoq bo‘lib to‘planib, oltingugurt kesaklarini hosil qiladi.
Oltingugurtning Yer qa’rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim 
qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida 
bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-
kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil 
qiladi.
Oltingugurt kesagi bilan bog‘liq noxush bir taassurot mavjud. Gap shundaki, XIX 
asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning 
shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab 
ovoz chiqaruvchi olov hosil bo‘ladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika 
boshlaydi va 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish