Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

VIII-BOB: FTOR – O

TA FAOL ELEMENT 
Ftor
– kimyoviy elementlar ichida eng 
kichkina atomga ega elementdir. U davriy 
jadvalda 9-raqamda joylashgan. Ftor ham xlor 
singari och sarg‘ish-yashil gaz ko‘rinishida 
bo‘ladi. Biroq, ftorni suyuqlantirish xlorni 
suyuqlantirishdan ko‘ra qiyinroq. Ftor xlordan 
ko‘ra kuchliroq zaharli modda bo‘lib, u 
kimyoviy elementlar ichida eng faol element 
ham sanaladi.
Ftor ham ikki atomli molekula hosil 
qiladi va ushbu molekulalar har qanday element 
bilan reaksiyaga kirisha oladi. Ftor hattoki suv 
bilan 
ham 
reaksiyaga 
kirishib, 
undagi 
vodorodni tortib oladi va kislorodni yolg‘iz qoldiradi. Bunday reaksiya shu darajada shiddatli 
kechadiki, natijada, qoldiq kislorodning bir qismi ozonga aylanadi. Ftor hatto ozondan ham 
faolroqdir.
Shu sababli, suyuq ftorda raketa dvigatellarida suyuq kislorod o‘rniga foydalanishga 
urinib ko‘rilgan edi. Lekin, ftorning o‘ta faol ekanligi sababidan, dvigatelning boshqa qismlari 
bilan ham reaksiyaga kirishib keta boshlagan va bu juda murakkab jarayonga aylangan. Shu 
sababli, keyinchalik reaktiv dvigatellarda suyuq ftordan foydalanish maqsadidan voz 
kechishdi.
Ftor va vodorod reaksiyaga kirishsa, ularning molekulalari parchalandi. Agar, atomar 
vodorod va atomar ftordan iborat yoqilg‘ini raketalarning yoqilg‘i baklariga uzatish imkoni 
topilsa, bu eng kuchli kimyoviy yoqilg‘iga aylangan bo‘lur edi. Chunki, bunday yoqilg‘i 
dvigatelning yonish kamerasiga uzatilsa va u joyda vodorod ftorda yonsa, juda katta miqdorda 
energiya hosil bo‘ladi. Biroq, hozircha olimlar va muhandislar ushbu molekulalarni parchalash 
va ularni birga bir joyda ushlab turish imkonini beradigan texnologiyani yarata olishgani yo‘q.
Masalan, vodorod molekulalarini elektr uchqunlari ta’siriga tutilsa, molekula alohida-
alohida yakka atomlarga parchalanadi. Biroq, ushbu yakka holdagi vodorod atomlari yana 
darhol birikib oladi. Birikish jarayonida katta miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiqadi. 
Vodorodli kavshar lampasi
shu tariqa ishlaydi va bunday lampa 3500 ℃ gacha issiqlik berishi 
mumkin.
Ftor boshqa moddalar bilan shu darajada mustahkam birikadiki, ftorli birikmalardan 
ftorni alohida, sof holda ajratib olish uchun katta kuch-g‘ayrat sarflash kerak bo‘ladi. Uzoq 
vaqt davomida kimyogarlar ftorni sof holda olishning uddasidan chiqa olishmagan edi. Agar, 
kimdir ftorni biror ftorli birikma tarkibidan ajratib olishni uddalasa ham, ajralib chiqqan ftor 
darhol yaqin atrofdagi boshqa moddalar bilan birikib olar va ya’ni, darhol yana «yashirinib» 


68 
olar edi. Faqat 1886-yilga kelibgina farang kimyogari Anri Muassan ftorni sof holda ajratib 
olishga muvaffaq bo‘lgan. 
U ftorli birikmalarni platinadan tayyorlangan asbob-uskunada elektroliz qilish orqali 
maqsadiga yetgan edi. Chunki, platina – ftor bilan reaksiyaga kirishmaydigan, ya’ni, u bilan 
birikma hosil qilmaydigan kam sonli moddalardan biridir. Hosil bo‘lgan gaz ko‘rinishidagi 
ftorni Muassan fluorit moddadan tayyorlangan idishga to‘plagan. Fluorit – mineral 
ko‘rinishidagi modda bo‘lib, uning molekulasi tarkibida allaqachon yetarli miqdorda ftor 
mavjud bo‘ladi. Shu sababli, fluoritdan tayyorlangan idish ichida saqlanayotgan gazsimon ftor 
u bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ftorni saqlash uchun shuningdek, mis va boshqa metallarni 
ham qo‘llash mumkin. Lekin, ftor mis bilan ham, boshqa metallar bilan ham reaksiyaga 
kirishadi. Lekin, masalan, mis idishga solingan ftor darhol mis bilan birikib, idishning ichki 
devorlari bo‘ylab 
mis ftorid
ko‘rinishidagi yupqa qatlam hosil qilib oladi. Bu qatlam esa boshqa 
ftor atomlarini mis sirtiga yo‘latmaydi va reaksiya to‘xtaydi.
Fluorit o‘zi qattiq modda bo‘lsa-da, qiziganda oson erib ketadi. Suyuq fluorit turli 
aralashmalar bilan oson birikadi va metallar tarkibidagi aralashmalarni o‘zi bilan olib chiqib 
ketish xossasiga ega. Shu sababli, fluorit moddasi metallurgiyada, metallarni tozalash uchun 
keng qo‘llaniladi. Metallarni tozalash uchun yo‘naltirilgan suyuq fluoritni 
flyus
deyiladi. Uning 
nomi lotinchadagi «oqim» degan so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, haqiqatan ham, suyuq fluorit 
metall sirti bo‘ylab oqib o‘tish jarayonida, uning tarkibidagi turli yot aralashmalarni o‘ziga 
biriktirib oladi va oqizib ketadi. Boz ustiga, fluorit – Yerda eng keng tarqalgan ftorli birikma 
bo‘lib, shu sababli, nisbatan arzon hamdir.
Ftor hayot uchun zaruriy elementlar sirasiga kirmaydi. Ya’ni, u nafas olish yoki 
oziqlanish uchun zaruriy modda emas. Shunga qaramay, ftor juda oz miqdorlarda bo‘lsa hamki, 
harholda organizmda baribir mavjud va o‘z o‘rnida foydali hamdir.
XX-asrning birinchi yarmida AQSHning Texas shtati Def-Smit okrugidagi 
odamlarning tishlaridagi sog‘lomlik darajasi barcha stomatologlarning diqqatini o‘ziga jalb 
qilgan edi. Bu hududda yashovchi aholining tishlari deyarli sinmasdi va ulardan hech kim 
plomba qo‘ydirish uchun stomatologga bermasdi. Olimlar ushbu hudud aholisining ozuqa 
ratsionini sinchiklab o‘rganib chiqishdi va tishlarning sog‘lomlik sabablarini, mazkur aholi 
iste’mol qiladigan ichimlik suvi tarkibi bilan bog‘liq ekanini aniqlashdi. Def-Smit okrugi 
aholisi ichadigan suvda, mahalliy tuproq orqali singigan 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish