Koinotning qurilish ashyolari



Download 5,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/114
Sana27.03.2022
Hajmi5,49 Mb.
#513018
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

kvarts
nomi bilan yaxshi taniysiz. Ba’zi joylarda kvarsni shuningdek 
tog‘ billuri
ham 
deyishadi. Kvarts oddiy shishadan ham musaffo va shaffof bo‘lib, yorug‘lik o‘tkazish bobida 
shishani ortda qoldiradi (o‘zi odatiy shisha ham tuzilishiga ko‘ra silikat modda hisoblanadi. 
Shu sababli ham, ). Kvarts – eng qattiq shaffof moddadir.


59 
Oddiy shishaga qaraganda kvarts ko‘p jihatdan afzalliklarga ega. Shunday 
afzalliklardan biri – kvarsning keskin harorat o‘zgarishlariga nisbatan chidamliligidir. Tabiatda 
ko‘plab qattiq moddalar harorat ortgan sayin oz-moz bo‘lsa-da kengayadi; harorat pasayishida 
esa hajman siqiladi. Siz shisha idishga qaynoq suv quyilganda uning yorilib ketishini kuzatgan 
bo‘lsangiz kerak. Bilasizmi nima uchun shunday bo‘ladi? Chunki, bunda idishning qaynoq suv 
quyilgan ichki qismi to‘satdan keskin isiydi. Havo yuzasida turgan tashqi qismi esa hali sovuq 
bo‘ladi. Qizigan ichki qatlam hajman kengayadi, tashqi sovuq taraf esa kengaymasdan 
turaveradi. Natijada shisha ichki va tashqi qatlam bo‘ylab keskin zo‘riqish paydo bo‘ladi va u 
yorilib ketadi. Agar juda issiq haroratda turgan idishga ham o‘ta sovuq muzdek suvni birdaniga 
quyib yuborilsa ham, xuddi shunday hol yuz beradi.
Bunday hol yuz bermasligini oldini olish uchun esa, ishlab chiqaruvchilari shisha 
idishlarni imkon qadar yupqa qilib tayyorlashga harakat qilishadi. Yupqa shisha butun qalinligi 
bo‘ylab tez va bir maromda isigani uchun yorilib ketmaydi. Lekin, yupqa shisha idishlar salgina 
qattiq teginib ketish bilan ham sinib ketishi tufayli, bu unchalik ham yaxshi yechim deb 
bo‘lmaydi. Shu sababli, issiqlikka chidamli, yorilmaydigan shisha idishlar tayyorlash uchun 
ishlab chiqaruvchilar odatda maxsus shisha turlaridan foydalanishadi. Bu maqsadda esa, eng 
qulay hom-ashyo aynan kvarts bo‘ladi. Kvarsning harorat ta’sirida kengayishi va siqilishi 
ko‘rsatkichi oddiy shishaga nisbatan 16 barobar mustahkamdir.
Kvartsdan yasalgan idishni qizarib ketgunicha ham isitish, qidirish mumkin. Cho‘g‘dek 
qizib turgan kvarsni muzdek suvga solib yuborilsa ham unga hech nima qilmaydi. Agar xuddi 
shu ishni oddiy shisha bilan qilsangiz, u bir lahzadayoq millionlab bo‘laklarga parchalanib 
ketadi.
Kvarsning yana bir afzallik jihati shundaki, u ultrabinafsha nurlarini ham yaxshi 
o‘tkazadi. Oddiy shisha ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi. Shu sababli ham, xona ichkarisida 
ultrabinafsha nurlariga ehtiyoj bo‘ladigan inshootlarda, aynan kvarts oynalar qo‘yiladi yoki, 
chiroq lampalarining tashqi qoplamasi kvarsdan tayyorlanadi. Shunga qaramay, yuqorida zikr 
etilgan afzalliklar qat’iy talab etiladigan holatlardan tashqari, boshqa odatiy hollar uchun, oddiy 
shisha o‘rniga kvarts qo‘llash unchalik ham maqsadga muvofiq emas. Chunki, kvarsning 
tannarxi oddiy shishadan bir necha barobar qimmatdir. Buning sababi, kvarsning o‘zi 
qimmatbaho modda ekanida emas, balki, kvartsga ishlov berishning nihoyatda qiyin jarayon 
ekanidadir. Oddiy shisha naviga qarab 600 va 900 °C harorat darajalari orasida yumshaydi va 
unga ishlov berib, istalgan shaklga kiritish mumkin bo‘ladi. Kvarts yumshashi uchun esa, 1500 
°C harorat talab etiladi; shuningdek bu haroratda ham unga ishlov berish boshqa qiyinchiliklar 
tufayli, murakkabligicha qoladi.
Kremniy dioksidi tabiatda odatda aralashma ko‘rinishida uchraydi. Ya'ni, uni biz har 
safar biror bir boshqa modda bilan qo‘shimcha yoki, birikma holidan ajratamiz. Bunda aynan 
qanday aralashma tarkibidan ajratib olinishiga qarab, olingan kremniy dioksidining sifati va 
ko‘rinishi ham turlicha bo‘ladi. Uni ajratib olish jarayonining o‘zi ham, birikma yoki, 
aralashma turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin.


60 
Aralashma holida uchraydigan eng keng tarqalgan kremniy dioksidini kimyogarlar 
kremen
deb ataydilar. U oddiy toshga o‘xshagan moddadir. Kremen ham qattiqligi va o‘tkir 
qirralar hosil qila olishi sababli eng qadimgi odamlarni ham o‘ziga jalb qilgan. Turli g‘orlardan 
topilgan ibtidoiy odamlarga tegishli tosh qurollar orasida kremendan yasalganlari ham salmoqli 
ulushni tashkil qilgan. Aniqlanishicha, eng qadimgi odamlar kremendan shuningdek 
chaqmoqtosh, ya'ni, uchqun chiqarib, olov hosil qilish vositasi sifatida ham foydalanishgan 
ekan. Kremniy elementining nomi ham kelib chiqishiga ko‘ra aynan kremenga borib taqaladi. 
Ya'ni, «silikon» atamasi, lotinchada aynan kremen moddasini bildiradi.
Kremniy dioksidining yana bir ajoyib turi yarim-shaffof, yoki, sut rangida bo‘ladigan 
xaltsedon
, yoki, 
agat
deb ataladigan yo‘l-yo‘l mineral moddadir. Agatning oq-qora chiziq-
chiziq strukturali ko‘rinishi ham mavjud bo‘lib, u 
oniks
deb ataladi. Chiziqlar jigarrang-oq, 
yoki, qizil-oq ranglarda takrorlansa, unday agatni 
sardoniks
deb nomlanadi. Kremniy 
dioksidining yana bir juda chiroyli turi mavjud bo‘lib, uni 
ametist
deb yuritiladi. Ametistlar 
qirmizi, yoki binafsharangda jilolanib, juda ajoyib tovlanadi. Shu sababli bunday 
materiallardan bezak ishlarida foydalaniladi. Shuningdek, 
serdolik
deb nomlanadigan kremniy 
dioksidlari ham mavjud bo‘lib, ular zarg‘aldoq-qizg‘ish rangda jilvalanadi.
Sanab o‘tilgan ushbu moddalarning barchasi qimmatbaho toshlar bo‘lib, ular muayyan 
rangda jilvalanishi va o‘z ko‘rinishini juda uzoq yillar, asrlar mobaynida o‘zgartirmasligi bilan 
odamlar orasida qadr-qimmatga egadir. Ulardan turli ziynat buyumlari tayyorlashda, yoki, 
zargarlik mahsulotlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llashda keng foydalaniladi. Ushbu toshlar 
tabiatda kamyobligiga, hamda ishlov berishning qiyin, yoki osonligiga qarab, narxi borasida 
qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlar sifatida savdo qilinadi. Masalan, olmos – 
qimmatbaho tosh, agatlar esa, yarimqimmatbaho toshlar sanaladi.
Kremniy dioksidni turli silikatlardan g‘ovak donachalar ko‘rinishida ajratib olish 
mumkin. inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan juda ingichka mayda g‘ovakchalarga ega bo‘ladigan 
bunday donachalar 
silikagel
deb ataladi. Silikagel o‘zining g‘ovak strukturasi tufayli atrof 
muhitdan namlikni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ega. Shu sababli ham silikagel namlikdan 
saqlash borasida juda yaxshi vosita sanaladi. Silikagel yaqinida turgan havo quruq bo‘ladi va 
uni namlikdan ehtiyotlash zarur bo‘lgan mahsulotlar qadoqlariga solib qo‘yish orqali, mahsulot 
sifatini yaxshi saqlanishi kafolatlanadi. Siz charm poyabzal xarid qilganingizda, qutidan 
chiqqan kichik paketchalarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha paketchalarda aynan silikagel 
donachalari solingan bo‘ladi. Shuningdek, silikagelni namlik me’yoridan ortiqcha 
to‘planadigan bino va inshootlar ichida saqlash orqali, inshoot ichkarisidagi havo namligining 
me’yori bir maromda bo‘lishini ta’minlash mumkin. Bu ayniqsa elektr simlari va ochiq elektr 
kontaktlari mavjud bo‘lgan xonalarda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Zero, elektr 
qurilmalari namlik ta’sirida ishdan chiqishi ehtimoli katta bo‘ladi va silikagel buning oldini 
oladi. Ayniqsa, nam tropik o‘lkalardagi har qanday elektr qurilmalari yaqinida silikagelli 
qoplar turmasa, elektr qurilmalariga namlik o‘tirib qolishi va uni ishdan chiqarishi tayin. Shu 
sababli ham, muhandislar elektr uskunalari va shitlari joylashgan inshootlarda ular yaqinida 
ko‘p miqdorda silikagel saqlaydilar.


61 
Dengiz va okeanlar tubida yashaydigan mikroskopik tirik organizmlarning skeletida 
ham silikagelga o‘xshash modda mavjud bo‘ladi. Diatomli (kremniyli) suvo‘tlari deb 
nomlanuvchi organizmlar esa, o‘z yaqin atrofini kremniy dioksiddan iborat himoya qatlami 
bilan ihota qilib oladi. Bunday organizmlar nobud bo‘lganida, ularning atrofidagi kremniy 
dioksidi qatlami ham parchalanib ketadi. Lekin, ularning skleti o‘z joyida qattiq moddaligicha 
qotib qolaveradi. Ularning bir-birining ustiga ustma-ust paydo bo‘ladigan milliardlar avlodi 
ham borgan sari qattiq qatlamlar hosil qilib boradi. Natijada 
infuzor tuproq
yuzaga keladi. 
Infuzor tuproq vositasida turli suyuqliklardan aralashmalarni chiqarib tashlash mumkin. Undan 
shuningdek abraziv sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bundan tashqari, infuzor tuproqni 
nitroglitserin
bilan absorbsiyalash orqali portlovchi modda – 
dinamit
tayyorlash mumkin.
Infuzor tuproq ba’zan qimmatbaho tosh – 
opal
ko‘rinishidan ham uchraydi. Opalga 
yorug‘lik nurlari tushishi bilan, u kamalakning turli ranglarida jilvalanib, juda chiroyli manzara 
namoyon qiladi. Opalning ushbu xossasini mutaxassislar 
iridessensiya
yoki, toshning o‘z 
nomiga bog‘lab, 
opalessensiya
deb ataydilar. Qora fonda ham iridessensiya namoyon qiladigan 
opal toshlari eng kamyob va qimmatbaho toshlar sifatida qadrlanadi.


62 

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish