B. N. O r I p o V u o 'K 372. 874(075) квк



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/108
Sana23.03.2022
Hajmi3,25 Mb.
#506296
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
Bog'liq
Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi.Oripov B (1)

1.6. FOTO SAN’ATI
Fotografiya. 
Fotografiya san’ati — real borliqni aniq, o'zidek 
(natura holida), hech qanday q o 'sh im chalar kiritmay, fan va 
texnika vositalaridan foydalangan holda ifoda etish san ’atidir.
So'nggi yillarda fotografiya texnikasining yuksak darajada 
ravnaq topishi va shu soha vakillarining yaratuvchanlik va maho- 
ratlari tufayli fotografiya asarlari odam lar diqqatini o'ziga jalb 
etmoqda. Fotografiya s a n ’atini tasviriy s a n ’atning bir turi deb 
qarash mumkin. Chunki, bu san’at ham odamlarning m a ’lum 
ehtiyojini qondiradi.
Fotografiya san ’ati ham tasviriy san ’at kabi o'zining tur va 
janrlariga ega. Uning portret, manzara, turmush, tarixiy janrlari 
mavjud.
Fotografiya san’ati XIX asrning 30- yillaridan boshlab rivoj- 
langan bo'lsa-da, bugungi kunda u kino, televideniya, kitob bosish. 
gazeta-jurnallar nashrida, qadimgi tariximizni o'rganishda ham 
yo'qotilgan izlarni to p ish da (kremanilistlarga) ham , bugungi 
tariximizni yaratishda ham samarali vosita bo'lib qolmoqda.
34


1.7. IKEBANA SAN’ATI
Ikebana 
— tasviriy s a n ’atn in g bir turi b o 'lib , y a p o n c h a
„tirik g u llarn in g badiiy k o m p o z itsiy a si“ d em ak d ir. Ikebana 
san'ati o dam larga ijobiy ruhiy kayfiyat baxsh etadi. Insoniyatni 
borliqqa, tabiatga, m e h n atga m u h a b b a t ruhida tarbiyalaydi. 
Kishilarning estetik va badiiy didini o ‘stiradi, m ehnatga, ijodga 
ilhomlantiradi.
Ikebana san ’ati o'zining tuzilishi va mazmuniga ko'ra boshqa 
san’atdan farq qilib, u ko'proq haykaltaroshlik san’atiga yaqin 
turadi. Chunki, bu san’at kompozitsiyasini bir tom ondan emas, 
uni aylanib, har to m o n d an ko'rish va tom osha qilish imkoniyati 
mavjuddir.
Ikebana san'ati kishilarni yashash joylariga (xona, m e h m o n - 
xona, u m u m iy y o to q x o n a la r kabi), o 'q u v , ilmiy m uassasa 
xonalari (b o la la r m u assasalari, m a k ta b la rn in g sin fxo n alari, 
auditoriya, ilmiy laboratoriya, kabinetlar, kafedra xonalari) ga, 
m ehnat va ish o'rinlari (fabrika, ustaxonalar, ularning zal va 
yo'laklari), madaniy muassasalar, sog'liqni saqlash muassasalari 
va dam olish uylari, kino-teatr kabilarni bezatishda keng qo'lla- 
niladigan eng qulay ham da jonli, tarbiyaviy san ’at vositasidir.
Bu san ’at bezatish vositasigina bo'lib qolmay, yaponlarning 
ta'riflashicha, u tabiatning bir kichik qismini mohir rassomning 
yuksak mahorati bilan istalgan joyda, istalgan davrda, istalgan 
sharoitda barpo etish yoki yaratishdir.
Ikebana ishlatilish joyiga yoki obyektiga ko'ra turli materiallar- 
dan foydalanib, turli uslublarda tayyorlanadi.
Ikebana kompozitsiyasi uchta — gul, barg, shoxcha ele- 
mentlaridan tashkil topgan bo'lib, bu elementlarning uch holati 
kompozitsiya butunligini, yaxlitligi, mazmuni va chiroyini ifoda 
etadi. Kompozitsiya elementlarining birinchisi — kompozitsiyadagi 
eng uzun, baland hajmli shoxcha bo'lib, u butun kom pozit- 
siyaning mazmuni va xarakterini ifodalaydi; ikkinchisi — k o m ­
pozitsiyadagi o'rtach a uzunlikdagi shoxcha yoki gul (barg) bo'lib, 
bu kompozitsiya m azm unini to'ldirishda, rang va proporsiya 
birligini t a ’minlaydi; uchinchisi — elem entlar ichida eng kichigi
35


bo'lib, u kompozitsiya mavzusini, xarakterini, mazmunini, rang 
va proporsiyalarni tenglashtirib, rang uyg'unligini ta'm inlashda 
yordamchi element bo'lib hisoblanadi.
Ik eb ana k o m p o zitsiy asin i, yoqim li va k o 'r k a m chiqishi 
ranglarning to'g'ri tanlanganligiga, kompozitsiya uchun tanla- 
n adigan idishning shakli, rangi va materialiga, shuningdek, 
kompozitsiyaning q o ‘yiladigan joyi va obyektiga qay darajada 
moslanganligiga bog'liqdir. Ikebana uchun chinni, billur, shisha, 
keramika, plastmassa, metall, yog'ochdan tayyorlangan maxsus 
idishlar ishlatiladi. Bu idishlar baland b o ‘yli vazalar, past bo'yli 
lagan, tarelka, savat shaklidagi idishlardan iborat bo'ladi.
Ikebana s a n ’ati b u n d a n 600 yil m u q a d d a m Y aponiyada 
shakllanib, uning 60 ga yaqin tur va uslublari vujudga kelgan 
b o'lsa-da, uning Ikenoba, Nageira, M oribana, Oxara, Sogesu 
kabi vakillari o 'zig a xos uslub h am d a yo 'nalishdagi maktab 
yaratdilar va bu san’atning rivojlanishiga munosib hissa qo'shdilar.
Ikebana san ’ati jah on xalqlari san’ati orasiga asta-sekin kirib 
borayotgan bugungi kunda, Yaponiyada bu san ’atning yana bir 
yangi turi — Akobana san’ati vujudga keldi. Bu san ’at xususiyati 
quritilgan gul, barg, shoxcha, meva, hayvonlar va boshqa tabiiy 
materiallarni qayta ishlash asosida maxsus ramka ichida badiiy 
kompozitsiya yaratishdan iboratdir.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish