B . N . O R I P O V
U O 'K 372.874(075)
КВК 74.268.51.
068
О
liy va о 'rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
T a q r i z c h i l a r :
A.Turdialiyev
— N a m D U „Tasviriy san’a t“
kafedrasi dotsenti;
B .Jabborov
— d o ts e n t.
M azkur q o 'lla n m a k a sb -h u n a r kollejlari o 'q u v ch ilari uchun
mo'ljallangan b o iib , 5 bobdan iborat. Q o'llanm a qulay, sodda, ravon
tilda bayon etilgan bo'lib, o ‘quvchilarning foydalanishlari uchun juda
qulay.
O'quvcliilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida
mavzu so'ngida nazorat savollari va tayanch iboralar berilgan.
Q o'llanm adan kasb-hunar kollejlari talabalaridan tashqari, o ‘rta
maktab o'quvchilari, shuningdek, rasm chizishni mustaqil o'rganuvchilar
ham foydalanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-16-127-6
© „ I L M Z I Y O “ n a s h r i y o t u y i , 2 0 0 5 -y .
© „ I L M Z l Y C T n a s h r i y o t u y i, 2 0 1 3 - y .
K I R I S H
Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ishlab
chiqilishi va uning amalga oshirilishi t a ’lim-tarbiya jarayonida
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, milliy kadrlar tayyorlash
va ularni h a rto m o n la m a rivojlantirish yuqori malakali o'qituvchi-
pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga t a ’lim-tarbiya
berishni ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo'lib
xizmat qiladi.
Ma'lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang'ich sinflar ta’limi
alohida bosqich bolib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlanish
davri hisoblanadi. Chunki 5 — 6 yoshdan 10— 11 yoshgacha bo'lgan
davrda bola shaxsi yetuklik va o'smiriik davriga zamin yaratadi. Ayni
shu davr bola shaxsining ko'rish, kuzatish, idrok etish, tasavvur va
tafakkur qilishga o'rganish jarayonidagi eng shiddatli bosqich boladi.
Shu boisdan ham boshlang'ich sinf o'qituvchilari tayyorlaydigan
pedagogika o'quv yurtlari o'quv rejalari va dasturlarining bugungi
kun talabi darajasida bo'lishiga e'tibor qaratish lozim.
M a’lumki, pedagogika kollejlarining „Boshlang'ich sinf va
m e h n a t o ‘qituvchisini tayyorlash'1 b o ‘limlarida o ‘qitiladigan
„Tasviriy s a n ’at va uni o'qitish m etodikasi“ fani mutaxassis-
likning asosiy o'quv fanlaridan biri
hisoblanadi. Chunki, bu
fan bo'lajak o'qituvchi-pedagoglarni estetika h am da san'at asoslari
b ilan q u r o ll a n ti r a d i, ta b ia td a g i, ja m iy a td a g i va s a n ’atdagi
go‘zalIikni ko‘ra bilishga o'rgatadi. Shuningdek, bu fan ayniqsa,
o 'q itu v c h ilik kasbi u c h u n z a ru r h is o b la n g a n rasm chizish
malakasini shakllantiradi. Demak, boshlang'ich sinf o 'q ituv -
chisining rasm chizishni bilishi b oshqa o 'q u v p red m e tla rn i
o'qitish samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Y u q o rid a g ila rd a n k o 'rin ib tu rib d ik i, pedagogika kollej-
larida o'qitiladigan „Tasviriy s a n ’at va uni o 'q itish m etodikasi'4
fani har tom onlam a shakllangan boshlang'ich sinf o'qituvchisini
tayyorlash, unga estetika, san ’at va materialistik tushunchalarni
berish va rasm chizish ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga:
з
1) bo'lajak boshlang‘ich sinf o ‘qituvchilarini tabiat, jam iyat-
dagi narsa va hodisalarni kuzatish, ko'rish, ularni ilmiy asosda
idrok etishga o'rgatish;
2) talabalarning badiiy didi, estetik tushunchasi, dunyoqa-
rashi, go‘zallikni his etishi, ijodiy iste’dodi va ijodkorlik qobi-
liyatini tarbiyalash;
3) rassomchilikning barcha tu r va janrlaridagi san ’at asarlarini
ko'ra bilish, idrok etish, ularni qalbaki rasmlardan farqlay olish
ko ‘nikmalarini rivojlantirish;
4) narsa, voqea, hodisalar tasvirini — rasmini chiza bilish,
ularni ijodkorlik asosida bajarishga oid m alaka-ko'nikm alar hosil
qilish;
5) bo'lajak pedagoglarga eng oson, qisqa, ilmiy va didaktik
prinsiplar asosida, zamonaviy uslubda rasm chizishni o ‘rgata olish
kabi vazifalarni q o ‘yadi.
Shunga ko‘ra metodika kursi:
1. S an ’at nazariyasidan qisqacha m a ’lumot berish.
2. Rasm chizishni o ‘rgatish bo'yicha qalamtasvir, rangtasvir,
kompozitsiya, badiiy bezash, loy va plastilin bilan ishlash va
san ’at asarlarini o'rgatish.
3. Boshlang'ich sinf o ‘qituvchilariga rasm chizishni z a m o
naviy, eng samarali uslublarda o'rgatish b o ‘yicha metodik tav-
siyalar berish kabilarni o ‘z ichiga oladi.
Shu boisdan q o'llanm ani yaratishda asosiy e ’tibor bosh-
lang‘ich sin f va m eh n at o ‘qituvchisi uch u n zarur boMadigan
bilim va k o ‘nikmalarni berishga qaratildi. Rasm chizish ju d a oddiy
narsalardan boshlansa-da, uning o'quv materiallari Davlat stan-
darti va dasturidan orqada qolmasligi zarur. Chunki, qo'llan-
m ada rasm chizishning a n c h a keng va m urakkab jarayonlari
bo'yicha nazariy va amaliy tushuncha ham da tavsiyalarberiladi.
Q o 'llanm ada faqatgina rasm chizish haqida emas, san ’atning
barcha turlari, ju m lad an , rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik,
am aliy s a n ’at, dizayn s a n ’ati, fo to s a n ’at, ikebana s a n ’ati va
m e ’morchilik s a n ’ati kabilar haqida ham fikr yuritilgan, m a ’lu-
motlar berilgan.
4
Bulardan tashqari, o'quvchi san ’atning h ar bir turi b o ‘yicha
shug'ullanish metodikasi haqida ham zarur tavsiya va m a ’lumot-
larga ega bo'lish imkoniyatiga ega.
Ushbu q o il a n m a muallifning uzoq yillik tajribalari asosida
tuzilgan „Tasviriy san ’at va uni o'qitish metodikasi1' dasturi aso
sida yaratilgan bo'lib, R.Hasanov, N.Rostovsev, Y.Shoroxov,
Q.Qosimov, M.Nabiyev, N.Abdullayev, S.Bulatov, P.Alekseyev,
S.Saviskiy, V.Kuzin kabi m etodist-olimlarning darslik, o'q u v -
metodik qo'llanmalaridan ijodiy foydalanildi.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |