Shunday qilib, miloddan awalgi VI —IV asrlardagi o‘troq aholi
va ko'chmanchi sak, massaget qabilalari 0 ‘rta Osiyo aholisining
keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab bergan.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar 0 ‘rta Osiyoda ilk davlatlarning
shakllanish va rivojlanish jarayoni ahamoniylargacha bo‘lgan davrda
deb hisoblaydilar. Ilmiy adabiyotlar 0 ‘rta Osiyoda ahamo
niylargacha bo‘lgan davrda
quyidagi davlat uyushmalari haqida
s o ‘zyuritadi:
Aryoshayyona — 0 ‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlar uyushmasi.
Aryonamvayjo. „Katta Xorazm"
yoki Amudaryoning quyi
oqimidagi Xorazm davlati.
Qadimgi Baqtriya davlati.
0 ‘rta Osiyoning janubida joylashgan o‘nlab yangi tipdagi voha-
davlatlar so‘nggi bronza va ilk temir davrida ba’zan yirik siyosiy
birlashmalar — podsholiklarga birlashar edi. 0 ‘rta Osiyo janubida
bular Baqtriya va „Katta Xorazm“ edi. Yirik podsholiklaming
tashkil topishida ichki ijtimoiy-iqtisodiy omillardan tashqari tashqi
sub’ektiv omillar ham muayyan o‘rin tutgan. Mazkur omillardan
biri Mesopotamiyaning urushqoq davlatlari — Midiya, Ossuriya,
Mitaniya tomonidan solingan xavf edi.
So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar asosida ushba ro‘yxatga
Sug‘diyonani ham kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ba’zi tadqiqotchilarning ta ’kidlashicha, ahamoniylardan
oldin xorazmliklar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo'nalishda,
Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar. Xorazm davlatining
markazi Marv va Hirot atrofida bo ‘lib,
bu davlatni forslar
egallaganlaridan so‘ng xorazmliklar quyi Amudaryo — hozirgi
Xorazm viloyatiga ko‘chib borganlar deb faraz qilingan. Ushbu
nazariyaga ko‘ra, miloddan awalgi VI asrda qadimgi forslar
xorazm liklarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib
chiqarganlar.
S.Tolstov, Y a.G‘ulomovlar ushbu nazariyaga qarshi bo‘lib,
xorazmliklar 0 ‘rta Osiyoning janubidan ко‘chib kelmaganlar,
Xorazm davlati quyi Amudaryoda qadimgi zam onlardayoq
82
vujudga kelgan, deb xulosa qilganlar. Bu davlatning chegaralari
hozirgi Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo ‘lgan.
Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko‘zaliqir shahri qalin
va m ustahkam m udofaa devori bilan o ‘ralgan.
Bunday
markazlar atrofida ko‘plab dehqonlar qo‘rg‘onchalari, bog'lar
va dalalar joylashgan edi. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik
ishlab chiqarishi rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq qizg‘in
kechgan.
0 ‘rta Osiyo hududida miloddan awalgi VII asrda tashkil
topgan eng qadimgi davlat birlashmasi Qadimgi Baqtriya davlatidir.
Baqtriyaliklaning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli-
sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma
manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika
deb tilga olingan. Bu davlat hududida hozirda Qiziltepa,
Yerqo‘rg‘on, Uzunqir va Afrosiyob shahar xarobalari topilgan.
Dastlab Baqtriya tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham viloyat
sifatida kirgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda aholi nisbatan zich
joylashgan o‘troq vohalarda dehqonchilik jadal rivojlangan. Bu
vohalar hosildor tog‘oldi tekisliklarida
yoki daryo etaklarida
joylashgan bo‘lib, nisbatan dehqonchilik uchun qulay sharoitga
ega bo‘lgan.
Uy-qo‘rg‘onlar va ayrim qishloqlarda yashovchilaming asosiy
mashg‘ulotlari qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ulami
qayta ishlashdan iborat bo‘lgan. Yer haydab dehqonchilik qilish,
anhor qazib daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlami doimo
tozalab turish, sun’iy sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish, don ekish,
chorva uchun xashak bo‘ladigan o‘simliklarni o‘stirish, hayot
manbai bo‘lib qoladi.
Ayrim uylaming ichida maxsus ustaxonalar qoldiqlari topib
tekshirilgan. Bu ustaxonalarga oila a’zolari toshdan yog‘ochdan,
loydan qamishdan, charmdan va teridan xo‘jalikka, ro‘zg‘orga
kerakli buyumlarni ishlab chiqarganlar. Masalan, toshdan
ishlangan dehqonchilik qurollari (o ‘roqlar, yoruchoqlar,
hovonchalar),
sopol idishlar, chiroqlar, urchuq boshlari, bo‘yra
83
va teri to ‘shamlari kabilar uy hunarmandchiligi mahsuloti
hisoblangan. Uy hunarmandchiligi buyumlari va qurollari bilan
bir qatorda shahar markazlarining hunarmandchilik ustaxonalarida
sopol idishlar, metall qurollar,
zeb-ziynat buyumlari ishlab
chiqarilgan.
Qishloq jamoalari o'rtasida mahsulot ayirboshlashda “pul“
vazifasini kulolchilik va temirchilik buyumlari, oziq-ovqat va
chorva mahsulotlari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan
mahsulotlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida, ya’ni ayrim
jamoalar o‘rtasida iste’mol qilingan. Yetishtirilgan mahsulotning
ma’lum qismlarini bozorga olib borish xo‘jalikda yoki ro‘zg‘orda
maxsus qurollar (buyumlar, kiyim-kechaklar) zaruriyatidan kehb
chiqqan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning turli hunar
kasblariga bog‘liq bo‘lgani uchun mahsulotning ortiqcha qismini
ayirboshlash an’anasi yanada rivojlangan. Savdo asosida an’anaviy
xo‘jaliklar va hunar turlari taraqqiy etgan. Bu jarayon ishlab
chiqarishni jadallashtirgan.
Tashqi savdo (viloyatlar mamlakatlar o‘rtasida)da pul o‘lcho-
vini
xom ashyo, qimmatbaho hunarmandchilik buyumlari
(metall idishlar, yaroq-aslahalar, zeb-ziynatlar), qimmatbaho
tosh, oltin va kumushlar bajargan. 0 ‘rta Osiyodan bosh-
lanadigan savdo yo‘llari Qadimgi Sharq mamlakatlariga olib
borgan. Shu yo‘llar orqali Baqtriya tog‘larida qazib chiqarilgan
Do'stlaringiz bilan baham: