11-mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Reja



Download 262,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.07.2022
Hajmi262,85 Kb.
#837893


11-mavzu: Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Reja: 
1.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. 
2.
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar. 
3.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.
4.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol. Orol fojiasi va ekologik 
holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
Mamlakatimizning shimoliy mintaqasi – Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 
mustaqillik yillarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Hududni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan alohida e’tibor 
yuksak samaralar berdi. Puxta o‘ylangan, boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan 
izchil islohotlar tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi oddiy agrar o‘lkadan 
zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasi, transport-
kommunikatsiya tarmoqlari rivojlangan mintaqaga aylandi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, 
Amudaryoning quyi qismi, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Respublika 
janubi-g‘arb tomondan Qoraqum sahrosiga tutashgan. Uning shimoli-g‘arbida 
Ustyurt pasttekisligi, shimoli-sharqiy tomonida esa Qizilqum sahrosi yastanib 
yotibdi. Orol dengizining janubiy hududi qoraqalpoq zaminida joylashgan. 
Qoraqalpog‘iston umumiy er maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrdan iborat bo‘lib, 
u hududining kattaligi jihatdan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari o‘rtasida 
birinchi o‘rinda turadi. Respublikaning aholisi 1 881,9 ming kishidan ziyoddir. 
Respublikaning ma’muriy-hududiy tuzilmasi 16 ta tuman va 1 ta shahardan 
iborat: Amudaryo, Beruniy, Bozatov, Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Kegeyli, CHimboy, 
Qorao‘zak, Taxtako‘pir, Qonliko‘l, SHo‘manoy, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Xo‘jayli, 
Taxiatosh, Nukus tumanlari va poytaxt – Nukus shahridir. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi parlament 
boshqaruv shakliga ega bo‘lgan suveren Respublikadir. Qoraqalpog‘iston o‘z 
Konstitutsiyasi, bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Qoraqalpog‘istonning 
Konstitutsiyasi va qonunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va ular shu asosda amal qiladi. Respublikada 
umumiy rahbarlik Jo‘qorg‘i Kenges Raisi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
parlamenti tomonidan amalga oshiriladi. 
Respublikaning oliy ijroiya hokimiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi tomonidan tasdiqlangan Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublika Vazirlar 
Kengashi tarkibiga Kengash Raisi, Raisning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat 
qo‘mitalari raislari, yirik konsern va birlashmalar rahbarlari kiradi. Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, o‘z vazifasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi poytaxti – 
Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi faoliyat 
yuritadi. 
Mustaqillik yillarida bu zaminda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, 
ro‘y bergan o‘zgarish va yangilanishlar haqida uzoq gapirish mumkin. Markaziy 
Osiyoda yagona, sahro bag‘ridagi mo‘‘jiza –Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xo‘jayli shisha 
zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irot karbid, 
Nukus marmar va kabel zavodlari, O‘rga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi 
zamonaviy ishlab chiqarish ob’ektlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi, Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali, Olimpiya 
zaxiralari kolleji binolari, o‘nlab umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar 
sporti, bolalar musiqa va san’at maktablari... Bunday muhtasham inshootlar istiqlol 
sharofati tufayli barpo bo‘ldi. 
Istiqlolning dastlabki yilidayoq minglab aholini ichimlik suvi bilan ta’minlagan 
243 kilometrlik Tuyamo‘yin-Nukus-CHimboy-Taxtako‘pir suv tarmog‘i ishga 
tushirildi. 1991-2010 yillarda hududda gaz va gaz kondensati, shisha, kungaboqar 
yog‘i, kalsiylashtirilgan soda, vermikulit konsentrati, talkomagnezit, glitserrizin 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini engil qilish borasida amalga oshirilgan 
ulkan bunyodkorlik ishlari eng savobli ishlardan bo‘ldi. Bu sohada ham islohot 
islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, uning manfaatlari uchun degan ezgu g‘oya 
doimiy ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda. 
2000 yili Nukus shahrini Xo‘jayli tumani bilan bog‘laydigan ulkan ko‘prik, 2001 
yilda 345 kilometrlik Nukus-Sultonuvaystog‘-Miskin-Uchquduq-Tinchlik-Navoiy 
temir yo‘li ishga tushirildi. YUzlab kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya 
qilindi. Bu ravon yo‘llarning uzunligi 4 ming 100 kilometrdan oshib ketdi. Bu 
yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 
Er osti boyliklarini izlash, qazib olish va ulardan samarali foydalanishga ham 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorijlik sheriklar bilan “Jel”, “G‘arbiy Orol” kabi 
istiqbolli konlar ochildi. “Ustyurt va Orol dengizi atroflarida geofizika ishlarini 
amalga oshirishni kuchaytirish” dasturiishlab chiqildi. Unga ko‘ra, Ustyurt 
kengliklarida seysmik tadqiqotlar jadal olib borilmoqda. Ayniqsa, “O‘zbekgeofizika” 
aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali jamoasining sa’y-
harakatlari tahsinga munosib. Hozir kuniga 45 ming kubometr gaz berayotgan 
“Tillali”, “Sayxun”, “In’om”, “Arslon” singari yangi konlar ana shu ekspeditsiya 
izlanishlarining samarasidir. 
Bugun dunyo xalqlarining e’tiborini tortayotgan, havasli, hayratli nigohlariga 
sabab bo‘layotgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo 
etildi. Asrlar osha qaqrab yotgan bepoyon dashtda ulkan ishlab chiqarish quvvati qad 
rostladi. Korxona jahonning nufuzli nashrlari tomonidan 2012 yilning eng yaxshi 
loyihasi, deb topildi. 
2014 yili nufuzli “Infrastructure Journal” xalqaro nashri mazkur loyiha qurilishini 
“2014 yilning neft-gaz sohasidagi eng yirik bitimi”, deb e’lon qildi. Umumiy qiymati 


4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bu mashhur loyiha amalga oshirilishi 
mamlakatimiz sanoati rivojini yangi bosqichga ko‘tarishi shubhasiz. Hozir bu erda 
yiliga 4,5 milliard kub metr gaz qayta ishlanmoqda. Buning samarasida xalqimiz 
ehtiyoji va eksport uchun 3,7 milliard kub metr gaz, 387 ming tonna polietilen, 83 
ming tonna polipropilen, 102 ming tonna piroliz distillyati va boshqa qimmatbaho 
mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida engil sanoatni rivojlantirish, jumladan, paxta 
etishtirishda zamonaviy texnologiyalarni, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini 
sohaga joriy etish asosida ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlashga alohida 
e’tibor qaratilayotir. 2016 yilda bu yo‘nalishda uchta yangi korxona tashkil etilib, 
to‘rttasi modernizatsiya qilinadi. 
SHu yilning ikkinchi choragida momiq ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 
“Bunyodbek-Xo‘jayli” oilaviy korxonasi foydalanishga topshiriladi. Yil oxirigacha 
“YOqubova Gavhar” fermer xo‘jaligi kalava ip ishlab chiqara boshlaydi. Ellikqal’ada 
“Global national-tex” sho‘‘ba korxonasida jinsi mato ishlab chiqarish yo‘lga 
qo‘yiladi. Amudaryo tumanidagi “Kameks-KK” korxonasida momiq, Kegeyli 
tumanidagi “Avto Qayip mayshi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida oyiga 50 ming 
juft paypoq ishlab chiqariladi. “To‘rtko‘l omad tekstil” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatida zamonaviy texnologiyalar joriy etilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. 
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 
Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi sohasida mutlaqo yangi va samarali 
iqtisodiy munosabatlar joriy etildi. Er o‘z egasini topdi. Bugun Qoraqalpog‘iston 
fermerlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismini etkazib berish bilan 
birga, qishloq taraqqiyotida hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib bormoqda. 
Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida ham Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilayotgan namunaviy 
loyihalar asosidagi uy-joylarga talabgorlar tobora ko‘paymoqda. Barcha sharoitlarga 
ega bunday zamonaviy uylarda minglab oilalar baxtli hayot kechirmoqda. YOsh 
avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi, iste’dod va 
salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoit yaratish davlatimiz siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. O‘tgan davr mobaynida hududda zamonaviy 
sharoitlar yaratilgan 99 kasb-hunar kolleji, 9 akademik litsey foydalanishga 
topshirildi. 2015 yilda 9 ming 700 o‘rinli 22 ta zamonaviy maktab binosi barpo etildi. 
Ayni paytda hududdagi 370 umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarda 170 
mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar zamonaviy bilimlarni o‘rganmoqda. 
O‘tgan yili Nukus shahri markazida 2,5 milliard so‘mlik loyiha asosida bunyod 
etilgan va barcha qulayliklarga ega “Baxt uyi” foydalanishga topshirildi. Inson baxt 
uchun dunyoga keladi. Bu borada mamlakatimizda yoshlarga doimiy g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatilmoqda. Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi «O‘zbekiston 
Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida Nukus shahri, 


Amudaryo, Ellikqal’a, Beruniy, Xo‘jayli tumanlarida ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan 
yuzlab yosh oilalarga “Kamolot” uylari topshirildi.
Nukus shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari 
amalga oshirildi va bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Temir yo‘l vokzali, 
I.Savitskiy nomidagi san’at muzeyi tanib bo‘lmas darajada zamonaviy qiyofa kasb 
etdi. SHaharning Qoraqalpog‘iston, Amir Temur, To‘lepbergen Qaipbergenov 
ko‘chalarida qad rostlagan ko‘p qavatli zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan yuzlab 
oilalar hayotiga o‘zgacha shukuh kirdi. SHahar markazidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik 
kanalining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab 2,5 kilometr masofada ko‘plab ko‘ngilochar, dam 
olish ob’ektlari ishga tushirildi. 
Mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz rahbarining 
doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Islom 
Karimov bu masalaga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Xalqaro Orolni qutqarish 
jamg‘armasi ana shunday olijanob sa’y-harakatlar samarasida tashkil etildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Atrof-muhitni muhofaza 
qilish bo‘yicha 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan dasturi bu boradagi ishlarni yangi 
bosqichda davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Dasturda Orolbo‘yini 
ekologik sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, 
cho‘llanishning oldini olish, Orol dengizining qurigan hududlarida sun’iy o‘rmonlar 
barpoetish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Dasturga ko‘ra, mazkur 
ishlarga 89,39 milliard so‘m, 1635,55 million AQSH dollari va 57,63 million evro 
mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. 
Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasi Nukus filiali tomonidan 2014 yilda 
Mo‘ynoq tumanida, Orol dengizining Axantay qismida 1500, Oqqum qismida 34 
gektarlik saksovulzor – sun’iy o‘rmon barpo etildi. 
Ayni paytda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 90 million AQSH dollari 
miqdoridagi loyiha asosida Orol dengizining qurigan qismida cho‘llanishdan 
himoyalovchi mitti o‘rmonlar bunyod etishga kirishilayotgani ham hudud aholisi 
turmush farovonligini yuksaltirish borasidagi ezgu ishlarning davomidir. 
Mustaqillik inshootlaridan yana biri Qo‘ng‘irot soda zavodidir. Ko‘plab sohalar 
uchun zarur xomashyo – kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarayotgan ushbu yirik 
korxona o‘z mahsulotining aksariyatini eksportga yo‘naltirmoqda. O‘tgan yili 
korxona xorijlik buyurtmachilarga 24 ming tonna mahsulot etkazib berdi. Ichki 
bozorda “Kvars”, “Asl oyna” aksiyadorlik jamiyatlari, “O‘zkimyosanoat” 
aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Qo‘ng‘irot soda 
zavodining asosiy buyurtmachilaridir. 
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
islohotlar samarasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan 
yaxshilandi. Bugun olis ovullar aholisi ham zamonaviy tibbiy xizmatdan bahramand 
bo‘layotir. CHekka tuman va qishloqlardagi tibbiy muassasalarning ham moddiy-
texnik bazasi mustahkamlandi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi 
doirasida oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi salomatligini 


mustahkamlash 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar 
mustaqilligimizning birinchi kunlaridan belgilab olingan eng muhim vazifalarning 
izchil davomidir. 
Bugun Qoraqalpog‘iston shifokorlarining Buyuk Britaniya, YAponiya, Janubiy 
Koreya, Polsha va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, ilg‘or 
tajribalarni qo‘llashi oddiy holga aylandi. 
Mustaqillik yillarida boshqa mintaqalarimiz qatori Qoraqalpog‘istonning 
rivojlanishiga ham ulkan e’tibor qaratildi. Aynan ana shunday e’tibor tufayli bugungi 
kunda respublika poytaxti – Nukus shahridan boshlab, tumanlar va qishloqlar, hatto, 
eng chekka ovullar ham har tomonlama o‘zgarib, rivojlanib bormoqda. 
Ayniqsa, keyingi ikki yarim yil ichida Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev 
tomonidan qabul qilingan, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
barcha yo‘nalishlarini belgilaydigan Farmon va Qarorlari, ularning faol ijrosi 
xalqimizning turmush tarzini butunlay o‘zgartib yubordi. Avvalombor, inson va 
o‘ning manfaatlarini ko‘zlab olib borilayotgan islohatlarning natijasi yurtimizdagi 
har bir fuqaroning baxtli va obodon turmushi, o‘ziga va yurt kelajagiga bo‘lgan 
mustahkam ishonchida ko‘rinmoqda. 
Barcha eski uylar o‘rniga yangi, milliy loyihalar asosida qurilayotgan ko‘rkam 
binolar, so‘lim va go‘zal xiyobonlar, hatto, qishloqlarimizning, mahallalarimizning 
alohida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari asosida yangi qiyofa kasb 
etayotganligi Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar samarasidir. 
Bugingi kunda Qoraqalpog‘istonda o‘tgan qisqa vaqt mobaynida bir qator yirik 
bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda 
“Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat 
san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar 
asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi. Qoraqalpoq davlat O‘lkashunoslik 
muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim YUsupov nomidagi iqtidorli bolalar 
maktab-internati, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga 
ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e 
masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
SHuningdek, Nukus shahrida – “Nukus polimer” MCHJ, “Nukuselektroapparat” 
MCHJ faoliyat olib bormoqda. “Samsung” brendi ostida televizor, chanyutkich 
ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Mo‘ynoq tumani aholisin markazlashgan 
toza ichimlik suvi bilan ta’minlash buyicha 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq” 
suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Nukus shahri 
markazidan o‘tuvchi 
“Do‘stlik” kanalining
ikki qirg‘og‘i obodonlashtirilib, bugungi 
kunda bu sohil atroflari xalqimizning eng sevimli oromgohiga aylangan. Qorao‘zak 
tumanidagi “Qoraqalpoq sement”, “Titan sement”, Taxiatosh tumanidagi metal-
konstruksiya ishlab chiqarish zavodi, Ellikqal’a tumanidagi “Bo‘ston mega-teksil”, 
To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global”, CHimboy tumanidagi “Lanextrakt” 
korxonalarida ham ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Nukus shahrida “Nukus 


Med Tex” MCHJ, Kegeyli tumanida “Kegeyli qog’oz” MCHJ, “Lanko-miya” 
korxonasi, Amudaryo tumanida “Amu SHoxjaxon” MCHJ, CHimboy tumanida 
“Pintok” korxonasi tomonidan tibbiyot kilinikasi ishga tushirildi. Mo‘ynoq tumanida 
Amfiteatr, “Mo‘ynoq porloq tekstil” tikuvchilik korxonasi, davlat xizmatlari markazi 
yangidan qurildi hamda futbol o‘yingohi va Madaniyat markazi rekonstruksiyasi 
to‘liq yakunlandi. SHuningdek, Nukus shahrida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 
“Imkon” nomli O‘zbekistondagi birinchi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim 
muassasasi foydalanishga topshirildi.
Bulardan tashqari, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng 
ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 
Bugun Qoraqalpog‘istonda hayot butunlay o‘zgarmoqda. Barcha shahar va 
tumanlar, qishloqlar, mahallalar yangicha qiyofa kasb etmoqda. Zamonaviy 
korxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport va ijtimoiy sohaning boshqa ob’ektlari, 
kommunikatsiya tarmoqlari qurilmoqda. Bu esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tutgan o‘rnining tobara oshib 
borayotganligidan darak beradi.
Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli 
islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi, xalqimiz farovonligini 
yuksaltirishga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustabid tuzum davrida 
chekka hudud sifatida mutlaqo e’tibordan chetda qolgan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi bugun ana shunday taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. 

Download 262,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish