og’irligidan 4-4,5 foiz qon yo’qotilishi natijasida o’lim kuzatiladi. Shunday qilib,
agar katta odam 2-2,5 l qonini yo’qotsa, bu o’limga sababchi bo’ladi.
L.N.Gubarning (1968) ma’lumotiga ko’ra, 1-1,5 l qon yo’qotilganda
jarohatlanishdan keyin 33,3 foiz, 2 l dan ko’p qon yo’qotilganda – 83,3 foiz
jabrlanuvchi o’lishi mumkin.
Ko’p (massiv) qon ketishdan o’lgan odamni murdasi tekshirilganda uning
terisi va shilliq pardasining kuchli oqarganligi ko’zga tashlanadi. Murda dog’lari
kuchsiz rivojlangan, ichki organlari va mushaklarining kamqonliligi, oqarganligi
ko’rinadi. Yurak chap qorinchasi endokardi tagida o’tkir qon yo’qotishga
xarakterli mayda nuqtali yoki yo’lli qon quyilish dog’lari kuzatiladi. Bunga
Minakov dog’lari deyiladi.
Biroq o’limning sodir bo’lishi yo’qotilgan qonning miqdorigagina emas,
balki qon yo’qotish tezligiga ham bog’liq bo’ladi. Katta qon tomirlari
jarohatlanganda (aorta, uyqu arteriyasi, son arteriyasi) tez o’lim hatto 1 l dan kam
qon yo’qotilganda ham kuzatilishi mumkin. Bu, o’z
navbatida, organizmni
umumiy qonsizlanishi bilangina emas, balki arterial bosimni keskin pasayishi va
bosh miyaning qonsizlanishi bilan bog’liqdir. O’tkir qon ketishdan o’lgan
kishining murdasini tekshirishda katta qon ketish belgilari topilmasligi ham
mumkin. Bunday hollarda o’limning to’g’ridan to’g’ri sababchisi o’tkir qon ketish
hisoblanadi (Avdeev M.I., 1976).
Agar sekinlik bilan qaytadan qon ketgan taqdirda, hatto,
ancha qon
yo’qotilgan bo’lsa ham (2,5-3 l) tiriltirilish qobiliyatiga ega bo’lishi mumkin. Yosh
bolalar, kasallar va kuchsizlangan kishilar nisbatan uncha katta bo’lmagan qon
ketishidan ham o’lishi kuzatiladi. Ko’pincha o’lim qon yo’qotilishi, shok, sovuq
haroratning ta’siri va charchash tufayli ham sodir bo’ladi.
Shok.
Ko’pchilik tadqikotlar shokning etiologiyasi va patogenezini
o’rganishiga qaratilgan bo’lsa ham bu jarayonni tushunishda bir xil fikrga
kelinmaganligini ko’rsatadi.
Shok - har xil tashqi tassurotlarga javoban organizmning og’ir holati bo’lib,
birinchi navbatda, yurak-qon tomirlari sistemasi faoliyatining og’ir buzilishi bilan
474
xarakterlanadi.
Hozirgi davrda «shok» tushunchasi faqatgina mexanik jarohatlanishlar
natijasida rivojlanadigan (travmatik shok, gemorragik shok)
patologik holat
bo’libgina qolmasdan, balki kuyishdan (kuyishdan keyingi shok), allergik
reaktsiyalar (anafilaktik shok), sepsisdan (septik shok) va boshqalardan keyin ham
rivojlanadigan holatdir.
Barcha bunday patologik holatlar uchun umumiysi makro- va ayniqsa
mikrotsirkulyatsiya sistemasida ko’proq yoki ozroq bir xil o’zgarishlarning
bo’lishidir. Bunga qon aylanishning markazlashuviga javoban harakatlanuvchi qon
hajmining etishmovchiligi (faqat markaziy organlar – yurak va bosh miyada qon
aylanishining kuchayishi) hamda qolgan boshqa organ va to’qimalar
kapillyarlarida qon oqishining kamayishiga javob reaktsiyasi misol bo’la oladi.
Kapillyarlarda qon aylanishning buzilishi organ va to’qimalarda
modda
almashinuvining o’zgarishi va metabolik atsidoz rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Kapillyarlarda qonni yig’ilishi va qonning oqish tezligini keskin susayishi
natijasida qon plazmasi oraliq to’qimaga chiqishi tufayli qon uyushib qoladi va
qon hujayralari agregatsiyasi, ya’ni trombotsitlarni bir-biriga yopishishi,
eritrotsitlarni tanga ustunchalari shaklida yig’ilishi (sladj-sindrom),
shuningdek
ularni kapillyarlarda spontan uyushishi kuzatiladi. Bunday jarayon shok paytidagi
«disseminirlangan tomir ichi uyushuv» sindromi nomi bilan belgilanadi.
Murdani sud tibbiyotida tekshiruvda shok diagnostikasida klinik
ma’lumotlar, jarohatlanishlarning xarakteri, shuningdek shokka xos patologik
o’zgarishlarni baholash muhim ahamiyatga egadir. Demak,
shok tashxisi klinik
tashxis bo’lib, bunda ekspert shok uchun xarakterli simptomlarni topish uchun
kasallik tarixini sinchiklab taxlil qilishi zarur. Buni har doim ham osonlikcha
amalga oshirib bo’lmaydi, chunki jarohatlanishda shokning va massiv qon
yo’qotishlarning simptomlari bir-biriga o’xshaydi.
Ko’pgina klinitsistlarning ko’rsatishicha
shokning klinik belgilari
jarohatlanishning dastlabki soatlarida 75-foiz qon yo’qotish darajasi bilan bog’liq.
Shokdan erta o’lganda odatda murdani kesib ko’rishda yurak bo’shlig’i va
475
katta qon tomirlarida qonning miqdori kamligi, qonning suyuq holatdaligi, ichki
organlar kapillyarlarining to’laqonligi, shuningdek «shokli buyrak» belgisi
(po’stloq qismining kamqonligi, yukstamedullyar zonasi va piramidalarining
to’laqonligi hamda keyinchalik – buyrak kanalchalarining
distrofik va nekrotik
o’zgarishlari) va ba’zan «shokli o’pka» (dimlanish to’laqonligi, alveolalar shishi,
atelektazlar, tangasimon shakldagi eritrotsitlar va mikrotromblarning kapillyarlar
hamda arteriolalarda joylashuvi) ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: