Tibbiyot instituti talabalari uchun


Zo’raki o’limda murdani sud tibbiyotida tekshirish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.7. Zo’raki o’limda murdani sud tibbiyotida tekshirish
Zo’raki o’limdan o’lgan shaxslarning murdasini sud tibbiyotida kesib 
471


ko’rish umumiy o’limning 50 foizdidan ko’prog’ini tashkil qiladi. Bunday 
murdalarni tekshirishda ekspertga qator murakkab savollarni, birinchi navbatda 
o’limning genezi va sababi haqidagi savolni echishda, uning topilgan 
jarohatlanishlar bilan bog’liqligi haqidagi masalani echishga to’g’ri keladi. Bundan 
tashqari, jarohatlantiruvchi predmet yoki asbob, jarohatlanishlar mexanizmi va 
ularning tiriklik yoki o’lgandan keyin paydo bo’lganligi, marhumning o’z quli 
bilan jarohatlanish etkazilganligi, shuningdek boshqa qator savollarni aniqlashga 
to’g’ri keladi.
15.7.1. Jarohatlanishlarda o’limning genezi va sabablarini aniqlash
Murdani sud tibbiyotida tekshirishda o’limning sababini aniqlash eng 
muhim ahamiyatga ega bo’lganligi uchun «o’limning sababi» to’g’risidagi termin 
barcha ekspertlar uchun bir xildir. Shu vaqtning o’zida maxsus adabiyotlarda bu 
termin har xil, jumladan «o’limning sababi», «o’limning birlamchi sababi», 
«o’limning bosh sababi», «o’limning asosiy sababi» va kabi nomlar bilan 
belgilanadi. Xalqaro konferentsiyaning oltinchi ko’rib chiqishdagi kasalliklarni 
klassifikatsiyasida jamlashtirilgan terminologiyalarda jarohatlanish va o’limning 
sababini statistik ko’rib chiqishda «o’limning boshlang’ich sababi» degan terminni 
qo’llanilishi ko’rsatilgan. Bunda:
1) o’limga to’g’ridan to’g’ri olib keluvchi kasallik yoki jarohatlanish;
2) o’limga olib keluvchi zo’raki jarohatlanish yoki baxtsiz hodisalarga olib 
keluvchi holatlar.
Shunday qilib, o’limning boshlang’ich sababi deb, to’g’ridan to’g’ri yoki 
asoratlari orqali ular bilan patogenetik va etiologik bog’langan o’limga olib 
keluvchi asosiy jarohatlanish yoki nozologik birlik tipidagi kasallikka aytiladi. 
Asosiy jarohatlanish yoki kasallikni to’g’ri diagnostika (masalan, umurtqa 
pog’onasi bo’yin umumrtqasini sinishi va orqa miyaning uzilishi – bu asosiy 
jarohatlanish; asorati – pnevmoniya, o’pka shishi; yo’ldosh kasalligi – me’da raki 
va boshqalar). Ekspertga o’limni sababini to’g’ri aniqlash imkoniyatini beradi.
472


O’limning sababi – o’limga olib keluvchi holatlar hisoblanadi, masalan, 
cho’kish, elektr toki bilan jarohatlanish va boshqalar.
Agar o’lim jarohatlanishdan emas, balki ularning yaqinlashgan oqibati yoki 
asoratidan sodir bo’lgan bo’lsa, bunda jarohatlanish, asorati va o’limning oqibati 
orasidagi o’zaro sababiy bog’lanishni aniqlash, ya’ni o’limning sodir bo’lish 
mexanizmi yoki tanatogenezini bilishga to’g’ri keladi. Masalan, bitta 
jarohatlanishda – bo’yinning kesilgan yarasida – o’limning genezi har xil bo’lishi 
mumkin. O’lim qon ketish, havo emboliyasi va mexanik asfiksiyadan qonni 
yutilishi natijasida yuzaga kelishi kuzatiladi. O’yuvchi zaharli moddalar bilan 
zaharlanganda shok (hiqildoq shilliq pardasining shishishi tufayli bo’shlig’ining 
yopilishidan), peritonit, mediastenit, o’tkir bo’yrak etishmovchiligi, kaxeksiya kabi 
asoratlaridan o’lim sodir bo’lishi mumkin. Asosiy jarohatlanish yoki kasallikni 
o’limga olib keluvchi asoratiga o’limning to’g’ridan to’g’ri sababchisi deyiladi.
Jarohatlanishning og’irlik darajasi yoki uning yaqin oqibati hamda biroz 
vaqtdan keyin rivojlanadigan asoratidan so’ng birdaniga kuzatilishi mumkin. Tez 
o’lim, odatda, jarohatlangandan keyin birdaniga, hayot uchun to’g’ri kelmaydigan 
jarohatlanishlarda, masalan, tananing bo’laklarga bo’linishi va ezilishida, hayot 
uchun muhim organlardan bosh miya, yurak, jigar hamda boshqa 
jarohatlanishlarda kuzatiladi. Ayrim hollarda tananing ko’p qismi jarohatlanganda 
bitta o’limga olib keluvchi sababni aniqlash qiyin. Bunda ekspert topilgan barcha 
jarohatlanishlarning yig’indisiga (masalan, o’limning sababi boshi, ko’kragi, 
chanog’i va oyoqlarining bir-biriga qo’shilib keluvchi o’tmas jarohatlanishi) qarab 
o’limning sodir bo’lganligi to’g’risidagi xulosaga keladi.
Jarohatlanishlarda o’limning ko’pincha to’g’ridan to’g’ri sababchisi qon 
ketish, shok, hayot uchun muhim organlarni qon yoki havo emboliyasi, qon 
aspiratsiyasi bilan bosilishi, yuragini reflektor to’xtab qolishi, buyrak 
etishmovchiligi, infektsion asoratlari hisoblanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish