Tibbiyot instituti talabalari uchun


Zo’raki o’limning alohida turi to’g’risidagi masalani echishda sud



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.7.5. Zo’raki o’limning alohida turi to’g’risidagi masalani echishda sud 
tibbiyoti ekspertining o’rni
Sud tibbiyoti ekspertizasini o’tkazuvchi vrach tibbiyot bilimlari bilan 
chegaralangan holda o’z huquqidan tashqariga chiqmasligi kerak. Shuning uchun, 
ham zo’raki o’limning alohida turi (odam o’ldirish, o’z o’zini o’ldirish va baxtsiz 
hodisa) haqidagi savolni echa olmaydi. Vrach bu masalani echishda sud va tergov 
organlariga yordam ko’rsatib, faqat jabrlanuvchi o’z qo’li bilan o’ziga jarohat 
etkazish mumkinligi va mumkin emasligini aniqlaydi. Ayrim hollarda 
jabrlanuvchini o’ziga o’zi jarohat etkazishi mumkin emasligi to’g’risidagi qat’iy 
qarorga kelish imkoniyati tug’iladi. Biroq har qanday o’z qo’li bilan o’ziga 
etkazilgan jarohatning bo’lishi, boshqa kishi tomonidan etkazilishi ham mumkin. 
Bu masala quyidagi ma’lumotlar yig’indisiga, xususan yaraning joylashuvi, yara 
kanalining yo’nalishi, jarohatlanishning xarakteri va og’irligi, ko’pligi, kattaligi va 
boshqalarga qarab echiladi.
485


O’z qo’li bilan etkazilgan jarohatlanish uchun xarakterli jarohatlanishni 
hammabop joyda joylashuvi va etkazilishida qandaydir texnik moslamalarning 
qo’llanilmasligi xarakterlidir.
Bunda yaraning o’lchamlari va shakliga e’tibor berilishi zarur. Shuningdek 
bo’yindagi kesilgan yaralarni kim tomonidan etkazilganligi to’g’risida juda qiyin 
tasavvurlanadi, chunki o’zini o’zi o’ldirish hollarida ba’zan umurtqa 
pog’onasigacha etib boradigan kesilish tufayli keng jarohatlanish kuzatiladi. 
Bilagining pastki qismi oldingi yuzasida kesilgan yaraning bo’lishi yoki tirsak 
chuqurchasidagi kesilgan yara odatda ularni o’z qo’li bilan etkazilganligini 
ko’rsatadi.
O’zini o’zi o’q otar qurollari bilan jarohatlaganda odatda kirish teshigi 
boshining o’ng chekka sohasida yoki ko’kragi oldingi yuzasining chap tomonida 
bo’lishi yoki tirab otish hamda yaqin masofadan otish belgilari ko’zga tashlanadi. 
Biroq bunday jarohatlanishlar odam o’ldirishni niqoblash maqsadida boshqa kishi 
tomonidan etkazilgan bo’lishi ham mumkin. Shunday holatlar ma’lumki, qurol o’z 
o’zini o’ldirgan odamdan uzoqroqda topilgan, ammo uzoq masofadan har xil 
moslamalar tomonidan otilganligi aniqlanilgan.
Ko’pincha murdada kurashish va himoyalanish izlarini topish masalasi ham 
ancha murakkabdir. Bunday jarohatlanishlarni aniqlashda uning xarakteri, 
joylashuvi, yara kanalining yo’nalishi va boshqalar nazarda tutiladi. Qo’l kafti va 
barmoqlarning kaft yuzasidagi kesilgan yaralar kesuvchi vositalardan 
himoyalanish maqsadida mahkam ushlash tufayli sodir bo’ladi. Jarohatlanishlarni 
kurashish belgilariga tishlab olish, shilinishlar, qontalashlar, tananing oldingi qismi 
va yuzidagi yaralar misol bo’la oladi. Kurashish to’g’risidagi ayrim ma’lumotlarni 
kiyimini tekshirishda (tugmalari uzilganligi, kiyimlarining oldingi yuzasidagi 
to’qimalarning yirtilishi) ham kuzatish mumkin. Qonning joylashuvi, shakli, oqish 
yo’nalishi va boshqa izlari jabrlanuvchining jarohatlanish paytidagi holati haqida 
ma’lumot berib, bu ham qisman kurashish sodir bo’lganligidan darak beradi.
Biroq shuni unutmaslik zarurki, jarohatlanish faqat kurashish va 
himoyalanish uchungina xarakterli emas. Shuning uchun ham ekspert bunday 
486


savolga qat’iy shaklda javob bermasligi kerak.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish