Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’limga olib keluvchi jarohatlanishda mustaqil harakatlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.7.4. O’limga olib keluvchi jarohatlanishda mustaqil harakatlanish 
qobiliyati
483


Ayrim hollarda tergov organlari oldida o’limga sababchi jarohatlanishlar 
olgan odam ma’lum vaqtgacha hushini saqlaydimi va u qandaydir harakatlar 
qilishga, jumladan ma’lum masofagacha mustaqil harakatlana oladimi, gapirish, 
chaqirish, telefon bilan gaplashish, hujum qiluvchiga qarshilik ko’rsatish va hatto 
uni o’ldirish, o’zining tanasiga bir necha marta jarohat etkazish hamda qanday 
tartibda etkazilganligi to’g’risidagi savollarni echish masalasi turadi. Bunday 
savolllar o’limga olib keluvchi jarohatlanishlarda jabrlanuvchining u yoki bu 
harakatlari to’g’risida guvohning ko’rsatmasi to’griligiga shubha tug’ilganda 
paydo bo’ladi.
Hushini saqlanishi va mustaqil harakatlanish qobiliyati odatda boshida 
o’limga olib keluvchi jarohatlanish bo’lganda va bosh miyasi zararlanganda, 
kamroq hollarda ko’kragi va yuragi, qorin bo’shlig’i, katta qon tomirlari 
jarohatlanganda kuzatilishi mumkin.
Bunday savollarni echishda juda ehtiyotkorlik zarur, chunki sud tibbiyoti 
ekspertizasi amaliyotidan ma’lumki, og’ir jarohatlanish olgan kishilar to o’lguniga 
qadar anchagina hajmdagi harakatlarga ulgurishi mumkin. Bunda jabrlanuvchini 
umumiy fizik holatini baholashdan tashqari, jarohatlanishning hajmi, xarakteri, 
joylashuvi, shok sodir bo’lish va xushini yo’qotish imkoniyati, qon yo’qotish hajmi 
hamda qon ketish tezligi, mastlik holati va boshqalar hisobga olinadi.
Bosh miya jarohatlanishida aktiv harakatlarning saqlanish qobiliyati uning 
qon bilan bosilmaganligidan darak berib, bu kallani ochiq jarohatlanishida 
kuzatiladi. Bunda bosh miyaning qaysi qismi jarohatlanganligi muhimdir. Bosh 
miyaning stvol qismi va orqa miyaning yuqori bo’limi zararlanganda birdaniga 
harakatsizlik kuzatilsa, peshona jarohatlanganda ba’zan hatto hushi 
yo’qolmaganligi va ko’pincha sog’ayib ketishi ham mumkin.
Ayrim hollarda odamning kalla-miyasi og’ir jarohatlanganda u uzoq 
muddatgacha mustaqil harakat qilibgina qolmasdan, balki gapirishi va ancha 
hajmdagi harakatlar qilishi, faqat keyinchalik hushini yo’qotishi hamda o’lishi 
ko’zga tashlanadi.
Yurak qorinchalari zararlanishida o’lim kechroq sodir bo’lsa, bo’lmachalar 
484


jarohatlanishida tezroq kuzatiladi. Qorinchalar orasidagi chegaraning zararlanishi 
ancha xavfli hisoblanadi. Yurakning sanchib-kesilgan va o’q otar qurollari bilan 
jarohatlanishlarida jarohatlanuvchining aktiv harakat qilgan hollari ham ma’lum.
Katta qon tomirlarini (aorta, uyqu va son arteriyalari) jarohatlanishida ham 
ayrim hollarda jabrlanuvchini birdaniga harakatlanmay qolishi kuzatilmasligi 
mumkin.
Murdani tekshirish paytida topilgan umurtqa pog’onasining ko’krak va bel 
qismidagi sinishlar tufayli orqa miyaning jarohatlanishi, chanoq suyaklarining ko’p 
joyidan sinishi, son va boldir suyaklarining ikki tomonlama sinishida jabrlanuvchi 
ma’lum masofagacha o’rmalab borishi mumkinligi aniqlaniladi.
O’limga olib keluvchi jarohatlanishlarda harakatlanish qobiliyati haqidagi 
masalani ekspert tomonidan echilishi ancha qiyin bo’lib, ko’pchilik hollarda 
xirurglar va neyroxirurglar ishtirokida komission ekspertiza o’tkazish talab 
qilinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish