Tibbiyot instituti talabalari uchun


Jarrohlik operatsiyasidan keyingi yaqin davrdagi va operatsiya



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.10. Jarrohlik operatsiyasidan keyingi yaqin davrdagi va operatsiya 
stolidagi o’lim
496


Tibbiyot amaliyotida marhumning qarindoshlari hamda operatsiya 
qatnashchilari uchun operatsiya stolidagi o’limdek dahshatli holatning uchrashi 
tasodifiy holdir. Odatda bunday hollarda murdani patologoanatomik tekshirishdan 
o’tkaziladi va kliniko-anatomik konferentsiyada muhokama qilinadi. Marhumning 
qarindoshlari shikoyatiga ko’ra jinoiy ish qo’zg’atilganda sud tibbiyoti ekspertizasi 
tayinlanadi.
Agar bemor operatsiya stolida yoki operatsiyadan keyingi yaqin vaqt ichida 
o’lib qolganda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazish shartlariga kiradi: 
1) jarohatlanishlar va asoratlari tufayli operatsiya qilinganda;
2) agar operatsiyaga bemorni noto’g’ri tayyorlaganligi yoki operatsiyani 
noto’g’ri qilinganligiga shubha tug’ilganda;
3) narkozdan o’limga taxmin qilinganda;
4) operatsiyadan keyingi yaqin davrda bemorni to’g’ri kuzatilganligiga 
shubha tug’ilganda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi shartligini doimo esdan 
chiqarmaslik zarur.
Operatsiya stolidagi o’limning to’g’ridan to’g’ri sababi xilma-xildir. 
Operatsiyani boshida to’satdan o’lim yurakni reflektor to’xtashi, laringo- va 
bronxospazm, yurak-qon tomiri kollapsi, operatsion va psixoemotsional shok va 
boshqalardan sodir bo’lishi mumkin. Operatsiyaga tayyorlanmagan kasallarda (tez 
yordam mashinasida olib kelingan bemorlar) niqobli narkoz paytida ko’pincha 
qusish kuzatilib, qusuq massasining nafas yo’liga tushishi tufayli tez o’lim yuzaga 
keladi. Bunday oqibatga oshqozondagi narsalarni sekinlik bilan nafas yo’llariga 
oqib kirishi – regurgitatsiya holatiga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, 
nafas yo’llariga yasama tishlarni tushib qolishi tufayli asfiksiyadan o’lim ko’zga 
tashlanadi. Nafas oluvchi havoda anestetiklarning yuqori kontsentratsiyasining 
to’satdan oshishi, og’riqni qoldiruvchi moddalarni kontsentrlangan eritmasini vena 
ichiga tez yuborish natijasida kollaps holati sodir bo’lib, yurakni to’satdan 
to’xtashi ko’rinadi.
Operatsiya jarayonidagi o’limning eng ko’p sababi o’tkir massiv qon 
yo’qotish hisoblanadi. Bundan tashqari, o’limga yurakning reflektor to’xtashi 
497


(refleksogen zonada uzoq intensiv muolajalar o’tkazilganda), og’riq qoldiradigan 
preparatlar dozasining oshirilishi va boshqalar) ham olib kelishi mumkin. 
Operatsiyadan keyin yoki operatsiyadan keyingi yaqin vaqt ichida traxeo-
bronxial bo’shliqlarga shilliq massasi, qusuq massasi, qon aspiratsiyasi tufayli 
asfiksiyadan o’lim yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, nafas tiklangach, 
birdaniga to’xtab qolishidan (rekurarizatsiya holati, mushak relaksantlari ta’sirida 
tugallanmagan sindrom), o’tkir qon ketishidan ham o’lim kuzatiladi. Ko’pincha 
o’limning sababi operatsiyadan keyingi pnevmoniya, o’pka atelektazi hisoblanadi.
Xirurgik operatsiyalar vaqtida yoki xirurgik operatsiyalardan keyin 
birdaniga ko’pincha o’limning sababi va tanatogenezini aniqlashda anchagina 
qiyinchiliklar tug’iladi, chunki ko’pincha patologoanatomik ma’lumotlar kam va 
xaraktersiz bo’ladi. Shuning uchun ham murdani kesib ko’rilgunicha tibbiyot 
hujjatlarini (kasallik tarixi, operatsiya jurnali, narkoz kartasi va boshqalar) alohida 
sinchiklab o’rganiladi. Anesteziolog va operatsiya qilgan xirurg bilan suhbat 
o’tkaziladi. Tergovchining ruxsati bilan ularni murdani kesib ko’rishga taklif 
qilinadi.
Murdani kesib ko’rish paytida, ayniqsa, operatsiya maydoni yaxshilab 
qaraladi. Organlar ajratilgunga qadar xirurg tomonidan nima qilinganligi 
tekshiriladi. Operatsiya paytidagi kesilishlar, qo’yilgan drenajlar, kateterlar 
ko’zdan kechirilib, tikilgan iplarning mustahkamligi, anastomozlar, atrofdagi 
to’qimalarning holati (qon quyilish), seroz bo’shliqlari (qon va ekssudat borligi) 
ko’riladi. Shuningdek ichki organlar to’lig’icha ajratilguncha xalqum, xiqildoq, 
kekirdak va bosh bronxlar tekshirilishi zarur.
Odatda murdani kesib ko’rish havo emboliyasi sinamasi o’tkazilishi bilan 
boshlanishi talab qilinadi. Murdani ichki tekshirish jarayonida ichki organlardan 
gistologik tekshirish uchun bo’lakchalar olinishi zarur. Anestetiklarni dozasini 
oshirilganligiga shubha tug’ilganda sud kimyoviy tekshirish uchun qon, orqa 
miya suyuqligi, siydik, bosh miya moddasi, dori yuborilgan joyidagi teri, teri tagi 
kletchatkasi va mushakdan material olinadi. Sud kimyoviy tekshirish uchun 
tergovchi narkoz uchun ishlatilgan moddaning qoldig’ini ham jo’natishi kerak. 
498


Qon ketish to’xtamagandagi o’limda qonni ivish komponentlari holatini o’rganish 
maqsadida bioximik tekshirish uchun qondan foydalaniladi.
Operativ muolajaning sababchisi hisoblangan qandaydir kamchiligi bo’lgan 
organlarning anatomik preparatlari ekspert komissiyasining a’zolariga va kliniko-
anatomik konferentsiyada ko’rsatish uchun saqlanadi.
Bunday hollarda tarkibiga xirurg va anesteziologlar kiritilgan komission 
ekspertiza yordamida ekspert xulosasi tuziladi va ekspertning oldiga qo’yilgan 
savollar echiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish