Tibbiyot instituti talabalari uchun


Oshqozon-ichak sinamasi (Breslau sinamasi)



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Oshqozon-ichak sinamasi (Breslau sinamasi).
Chaqaloq tug’ilishi bilan 
yutinish harakatlari boshlanadi va natijada havo oshqozon-ichak traktiga kirib 
qoladi hamda bu bir vaqtning o’zida mustaqil nafas olishning boshlanishi bilan 
bog’liq bo’ladi. Bunda oshqozon va ichaklarda suvda suzish qobiliyati yuzaga 
keladi. Oshqozon-ichak sinamasining mohiyati ham shunga asoslangan. Buning 
uchun organlarni ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’idan ajratilishidan avval 
oshqozonni kirish va chiqish qismidan ip bilan bog’lanadi. Shuningdek ingichka va 
yo’g’on ichaklar ham ip orqali bog’lanishi zarur. Ajratilgan organlar kompleksini 
ham xuddi o’pka singari suzuvchanlik xususiyati aniqlaniladi. Butun kompleks 
yoki faqat oshqozonni suzib yurishi tirik tug’ilganlikning belgisidir. Biroq 
oshqozonga havo o’pkani sun’iy nafas oldirishda ham kirishi mumkin. Chirigan 
murdalarda ham ichaklarda chirigan gazlar bo’lgani uchun isbotlovchi sinama 
hisoblanmaydi.
Odatda o’pka va oshqozon ichak sinamalari natijalari bir biriga to’g’ri 
keladi. Biroq bunday sinamalarni boshqa kombinatsiyalari ham bo’lishi mumkin: 
o’pka suzishi, oshqozon va ichaklar esa cho’kishi kuzatilganda chaqaloq yashagan, 
qisqa muddatda nafas olgan bo’lsa-da shu davrda oshqozon-ichak traktiga havo 
kirib ulgurmasligi; agar o’pka cho’ksa, oshqozoni suzib yurganda bu ikkilamchi 
atelektazning ko’rsatkichi hisoblanadi, ammo bu juda kam uchraydi. Tirik yoki 
o’lik tug’ilganlikni aniqlashni eng muhim usuli gistologik tekshiruv natijalaridir. 
O’lik tug’ilganlarni o’pka alveolalari va bronxiolalari puchaygan, har xil shaklli va 
o’lchamli, alveolalar epiteliyasi kubik holda ko’rinib, elastik tolalari spiral yoki 
513


tutam shaklidaligi aniqlaniladi. Nafas olgan o’pkada alveolalar to’g’rilangan, 
devorlarni yupqa, epiteliyasi yassilangan, kapillyarlari to’laqonli, elastik tolalari 
to’g’rilanganligi aniqlaniladi. O’pkaning tug’ma etishmovchiligini ayrim turlari, 
ayniqsa, chala tug’ilganlar o’pkasi alveolalari va alveola yo’llarida gialin 
membranalari topiladi. Ular o’lik tug’ilganlarda uchramaydi (Potter E., 1971), 
shuning uchun ham gialinli membranalarning bo’lishi tirik tug’ilganlar uchun 
xosdir. Tirik tug’ilaganlikni aniqlash uchun kindik tizimchasi, kindik xalqasi va 
tug’ma shishni gistologik tekshirish tavsiya qilinadi. Shuningdek qon zardobi oqsil 
fraktsiyasini elektroforez va chaqaloq murdasi organ va to’qimalari neorganik 
elementlarini emission spektral taxlili usullaridan foydalanib tekshiriladi 
(Smolyaninov V.M., 1974).

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish