15.13. Homila va chaqaloqlar murdasini sud tibbiyotida tekshirish
15.13.1. Homila va chaqaloqlar murdasini tekshirishda echiladigan asosiy
masalalar
Homila va chaqaloqlar murdasini tekshirish murdani kesib ko’rish
qoidalariga hamda maxsus savollarni echilishiga ko’ra ham kattalarnikidan keskin
farqlanadi. Bunda odatda tergov organlari sud tibbiyoti eksperti oldiga quyidagi
savollarni qo’yadi:
1. Tug’ilgan bola chaqaloqmi?
2. U etilganmi?
3. Ona qornida yashash davomliligi qanaqa?
4. Bola tirik yoki o’lik tug’ilganmi?
5. Chaqaloq yashash qobiliyatiga egami?
6. Tug’ilgandan keyingi hayotining davomliligi qanaqa?
7. Chaqaloqqa kerakli yordam ko’rsatilganmi va u parvarishlanganmi?
8. Chaqaloq o’limining sababini ko’rsating?
506
Chaqaloqlikni aniqlash.
Sud tibbiyotida chaqaloqlik to’g’risidagi
tushuncha klinik tushunchadan farqlanadi.
Sud tibbiyotida chaqaloqlik deb, bola tug’ilgandan keyin 1 sutkagacha
yashash qobiliyatiga aytiladi. Bu o’z navbatida bola o’ldirishning yuridik
tushunchasi bilan bog’liq.
Sud tibbiyotida bola o’ldirish deganda onasi tomonidan o’z bolasini tug’ish
paytida birdaniga o’ldirib qo’yishi yoki tuqqandan keyin qisqa davr ichida o’ldirib
qo’yishi tushuniladi.
Akusherlar chaqaloqlik tushunchasini bola tug’ruqxonada tug’ilib to
tug’ruqxonadan chiqib ketgangacha bo’lgan, ya’ni kindik tizmchasini
tushgunigacha o’tgan vaqtni (6-7 kun) tushunsa, pediatrlar esa undan keyingi
davrdan to 3-4 haftaga bo’lgan oraliqni hisoblaydilar.
Sud tibbiyotida chaqaloqlik belgilariga demarkatsion xalqasiz kindik
tizimchasining bo’lishi, tug’ma shish, birlamchi axlat (mekoniy), tanasida
pishloqsimon qoplama va toza qonning izini bo’lishi kiradi (111-rasm).
Kindik tizimchasi-shnursimon organ bo’lib, homilani yo’ldosh bilan
bog’lovchi vosita hisoblaniladi va bu orqali homila-yo’ldosh qon aylanilishi
amalga oshiriladi. Etilgan chaqaloqda odatda uning uzunligi 50-60 sm bo’lib,
qalinligi 1,5-2 sm ni tashkil qiladi.
Demarkatsion xalqasiz nam suvli yo’ldoshning borligi chaqaloqlikni
shubhasiz isbotlovchi belgisi hisoblanadi.
Tug’ma shish homilaning chiqadigan tomonida, ko’pincha boshi yoki
dumbasi va tuxum xaltasida joylashib, u yumshoq to’qimalarga seroz suyuqligi va
qonni shimilishidan hosil bo’ladi. Kesib ko’rilganda tug’ma shish ilvillagan,
sarg’imtir-qizg’ish tusli holda ko’zga tashlanadi va bu 2-3 kun ichida so’rilib
ketadi. Agar boshi kuchli va uzoq vaqt qisilgan bo’lsa, bunda kalla suyagi usti
pardasining tagiga qon quyilishi mumkin. Bunday jarohatlanishga kefalogematoma
deyiladi va bu ham kattaligiga qarab 2-4 haftada so’rilib ketadi.
507
Do'stlaringiz bilan baham: |