111-rasm. Chaqaloq murdasini kindik tizimchasi bilan umumiy
ko’rinishi.
Birlamchi axlat (mekoniya) to’q-yashil (ko’pincha qo’ng’ir yoki qon aralash
qizg’ish) gomogen massa bo’lib, yo’g’on ichakda, orqa chiqaruv teshigi va dumba
qismida topiladi. Odatda mekoniya ichakdan 1-2 kunda ajralib, qisman 3-4
sutkagacha saqlanadi.
Pishloqsimon qoplama
– kulrang oqimtir yog’simon massa bo’lib,
chaqaloq terisini qoplaydi. Ba’zan u kamroq bo’lib faqat teri, qo’ltiq tagi
chuqurchasi va qov burmalarida topilishi, agar chaqaloq yaxshilab yuvilganda u
topilmasligi ham mumkin.
O’sma shish, birlamchi axlat va pishloqsimon massa ko’pincha tug’ilgandan
keyin 2-3 sutkagacha saqlangani uchun chaqaloqlikni mutlaqo isbotlovchi belgisi
sifatida qaralmasligi lozim. Bolaning chaqaloqlik haqidagi xulosasi barcha
ko’rsatilgan belgilar taxlili asosida belgilanadi.
Murda tanasidagi qon izi chaqaloqlikdan darak beradi, chunki chaqaloq
onani tug’ish yo’llari orqali chiqqanda uning tanasida toza qon topiladi va bu uning
tanasida jarohatlanish bo’lmaganda hisobga olinadi. Bunday qon izlaridan qonni
guruhini aniqlash uchun olinishi zarur. Bir vaqtning o’zida bu maqsad uchun
chaqaloq qon tomiridan qon olinishi ham taklif qilinadi.
Yo’ldosh
ba’zan sud tibbiyoti tekshirish uchun chaqaloq murdasi bilan
birgalikda olib kelinadi. Agar u kindik tizimchasi bilan birlashgan bo’lsa, bu
chaqaloqlikni isbotlovchi belgi hisoblanadi.
Etilganlikni aniqlash.
Etilganlik deganda ona organizmida homilaning
normal muddatda bo’lishi (o’rtacha 10 oy yoki 280 kun) tug’ilish davridagi uning
508
fizik rivojlanish darajasi tushuniladi. Homiladorlik muddati kattalashgan sari
homilaning etilish darajasi ham kattalashadi va 10 oyga etgandan keyin odatda
homila etilgan hisoblanadi.
Homilaning etilganligi tanasining og’irligi va o’lchamlari, suyaklanish
yadrosining borligi va boshqa guruh belgilar bilan aniqlaniladi. Etilgan homila
uzunligi 47 dan 62 sm gacha, ammo ko’pincha 50 sm ga yaqin bo’ladi.
I.Ya.Kupova va boshqalar (1975) ning ko’rsatishicha hozirgi davrda etilgan
chaqaloqning uzunligi o’rtacha 52-54 sm ni tashkil qiladi.
Agar chaqaloqning uzunligi 45 sm dan kam bo’lsa uning etilmaganligidan
darak beradi. Chaqaloqning uzunligi 45 dan 47 sm gacha bo’lganda uning holatini
belgilovchi barcha belgilarni taxlil va sinchiklab hisobga olgan holda har bir aniq
ekspertiza paytida etilganlik darajasi aniqlaniladi.
Etilgan chaqaloq tanasining og’irligi ancha o’zgarib turadi. U o’rtacha 3-3,5
kg teng bo’ladi. Agar homilaning og’irligi 2,5 kg dan kam bo’lsa u etilmagan
hisoblanadi. Tananing barcha o’lchamlari va og’irligi to’g’risidagi belgilar faqat
birgina homilaga taalluqlidir. Ko’p homilali homiladorlikda chaqaloqning bo’yi va
massasi kam bo’ladi.
Murdani kesib ko’rishda tovon suyagida suyaklanish yadrosi (8-10,5 mm),
to’piq suyagida (6,5-9 mm) va son suyagi pastki epifizida (5-7 mm) – Bekler yadro
bo’lgan xarakterli belgi kuzatiladi. Suyaklanish yadrosi qizg’ish yumaloq shaklda
ko’zga tashlanadi (112-rasm). Bu belgi uzoq muddatda, hatto murda ancha
chiriganda ham saqlanadi.
Bundan tashqari, etilganlik teri, tagi yog’ qavatining etarlicha rivojlanishi,
faqat elkasida mayin sochning bo’lishi, boshidagi sochini uzunligi 2-3 sm dan kam
bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Burun va quloq tog’aylari qattiqlashgan, elastik
bo’lib, qo’l barmoqlari tirnoqlari tirnoq osti yastiqchasidan biroz chiqib turganligi,
oyog’ida esa uning oxirigacha borganligi ko’rinadi. Jinsiy organlari to’g’ri
shakllangan bo’lishi, o’g’il bolalarda tuxumi tuxum xaltasiga tushishi, qiz
bolalarda katta jinsiy lablari kichigini yopishi ham xomilani etilganligi to’g’risida
darak beradi.
509
Do'stlaringiz bilan baham: |