Tibbiyot instituti talabalari uchun


Kasalxonada o’lgan shaxslar murdasini sud tibbiyoti



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet294/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

15.11. Kasalxonada o’lgan shaxslar murdasini sud tibbiyoti 
tekshiruvning o’ziga xos xususiyatlari
Murdani to’g’ridan to’g’ri tekshirishga kirishishdan oldin ekspert 
marxumning tibbiy hujjatlari, shuningdek tez yordam mashinasining kuzatuvchi 
qog’ozi (taloni), kasallik tarixi va unga ilova bilan to’lig’icha tanishmog’i zarur.
Kuzatish qog’ozida odatda tez yordamni chaqirilgan vaqti, bemorni qaerdan 
olinganligi, qachon va qanday voqea sodir bo’lganligi, taxminiy tashxis hamda 
qachon, qaerga olib borilganligi ko’rsatiladi.
Ekspertga taqdim qilinuvchi kasallik tarixi to’lig’icha to’lg’azilgan, etarlicha 
ma’lumotga ega epikriz va tugallangan oxirgi klinik tashxis bo’lishi kerak.
Bunday barcha hujjatlardan ekspert xulosasi (akti) ning bayon qismida 
kasalxonaga keltirilayotganda bemorning holati, unda topilgan jarohatlanishlar, 
o’tkazilgan operatsiyalar (vaqti, soati, nima topilgan, nima qilinganligi-
kesilganligi), olib tashlanganligi, tikilganligi va boshqa davolash muolajalari, 
quyilgan qon (uning guruhi, miqdori, bemorning qon guruhi) va qonni o’rnini 
bosuvchi suyuqliklar, kasallikni o’tishi haqidagi, asoratlari, reanimatsion 
muolajalar, o’limning sodir bo’lish vaqti to’g’risidagi ma’lumotlar ko’chiriladi. 
Oxirgi tashxis kasallik tarixida yozilgan tartibda to’lig’icha shakllantiriladi.
Murdani kesib ko’rishda agar u tergovchining qaroriga binoan o’tkaziladigan 
bo’lsa, tergovchining ruxsati bilan davolovchi vrachlar taklif qilinadi. Bunda ular 
499


ekspertga bemorda kuzatilgan belgilar, unda topilgan jarohatlanishlarning 
xususiyatlari, o’tkazilgan operatsiyalar va boshqalar haqida juda muhim aniqliklar 
kiritishda ko’maklashadi. Bundan tashqari, murdani tekshirishda davolovchi 
vrachni qatnashuvi ularni jarohatlanishlar morfologiyasi va boshqa patologik 
jarayonlarga nisbatan bilimini oshirishga imkon yaratadi. Shuningdek ularga 
kasallik tarixi va boshqa tibbiyot hujjatlarining sud tibbiyoti uchun axamiyati 
to’g’risida aniq ma’lumotlar beradi.
Murdani tashqi va ichki tekshirishda barcha jarohatlanishlar yoki ularning 
izlari topilishi va yozilishi, ularning xususiyatlari ko’rsatilishi (rangi, qon 
quyilishlar, granulyatsiyaning xarakteri, yiring ajralishi, chandiqning rangi, 
qattiqligi va boshqalar) talab qilinadi. Shuningdek barcha tibbiy muolajalarining 
izlari aniqlaniladi va yoziladi. Agar yaralar yoki operatsion kesilmalar tikilgan 
bo’lsa, ayniqsa ichki organlarda iplarning holati, tomirlardagi ligaturaning 
mustahkamligi, anastomozlarning o’tkazuvchanligi tekshirib ko’riladi. Tikilgan 
jarohatlanish chetlarini xarakteri, o’lchamlari va shakllarini aniqlashda ulardagi 
iplar o’tkir uchli qaychi bilan sekingina kesiladi.
Suyaklar singanda ayniqsa sinchiklab tekshirilishi zarur, chunki yumshoq 
to’qimalarni jarohatlanishiga qaraganda suyaklar tiklanish jarayonida kamroq 
o’zgarishga uchraydi va asorati ham ozroq bo’ladi.
Murdadan laboratoriya tekshirish uchun (gistologik, sud kimyoviy va 
boshqalar) material olish umumiy qoidalarga asoslanadi. Marhumda yuqumli 
asoratlar (sepsis, gazli infektsiya va boshqalar) borligiga shubha tug’ilganda, 
albatta, material bakteriologik tekshirish uchun olinadi.
Ba’zan kasalxonada bir necha vaqt davomida jabrlanuvchining kesilgan 
oyoq-qo’llari, ayrim organlari yoki yaralarning kesib olingan chetlari saqlanadi. 
Bunday hollarda ularni talab qilish, ko’zdan kechirish va kerakli paytda 
laboratoriya tekshiruvi uchun olish ko’zda tutilgan. Agar xirurgik operatsiya 
paytida jabrlanuvchi tanasidan yot jismlar (o’q, sochma va boshqalar) topilganda 
ularni tergovchiga topshirilmasdan ko’zdan kechirilishi va tergovchiga uni olish 
zarurligi haqida hamda maxsus tekshirish uchun jo’natish haqida maslahat beradi. 
500


Murdani kesib ko’rishda topilgan bunday yot jismlar ko’zdan kechirilgan va 
yozilgandan keyin tergovchiga beriladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish