Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’pka reanimatsiyasining asoratlari



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’pka reanimatsiyasining asoratlari
traxeostomiya, kekirdakning 
intubatsiyasi va o’pkani sun’iy nafas oldirishda sodir bo’lishi mumkin. Masalan, 
gemostazni etarli bo’lmaganligi tufayli traxeostomning chetlaridan qon ketib, 
o’limga olib kelishi yoki qonni o’ldiruvchi aspiratsiyasi kuzatiladi.
Kekirdakda intubatsion va traxeostomik naychaning uzoq vaqt bo’lishi 
natijasida yotoq yaralar, shilliq pardaning nekrozi va yaralanishi yuzaga keladi. 
Qisqa muddat ichida diffuz yarali – nekrotik yoki difteritik traxeit yoki 
traxeobronxit rivojlanadi. Ayrim hollarda kekirdakni ko’rinib qolgan tog’ay 
xalqasi nekrozga uchraydi va bo’lakchalarga bo’linadi. Yallig’lanish jarayonini 
atrof to’qimalarga o’tishidan paratraxeal kletchatka flegmonasi, yiringli 
mediastenit, katta qon tomirlari butunligi buzilganda ikkilamchi profuz qon ketish 
kuzatiladi.
Har xil apparatlar yordamida o’pkani sun’iy nafas oldirishda agar apparat 
to’satdan ishdan chiqqanida jabrlanuvchi tezda o’lib qolishi mumkin. Oshqozoniga 
havoning kiritilishi tufayli uning yorilib ketishi va jabrlanuvchining o’lish hollari 
ham adabiyotlardan ma’lum. Biroq o’pkani sun’iy nafas oldirishda eng ko’p va 
xavfli asoratlari nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklari ko’zga tashlanadi. Bu 
o’z navbatida sun’iy nafas oldirish apparatlarining effektiv sterillash usullarining 
yo’qligi bilan bog’liqdir.
493


Hozirgi davrda reanimatsion muolajalar va intensiv terapiyada etakchi 
o’rinni transfuzion terapiya tashkil qiladi. Har xil transfuzion vositalarning 
qo’llanilishidan ko’pincha turli asoratlar rivojlanadi.
Qon quyish paytidagi asoratlar to’liq o’rganilgan bo’lib, bular quyidagilarga 
bo’linadi:
1) qon quyish paytidagi texnik kamchiliklar bilan bog’liq asoratlar (yurakni 
o’tkir kengayishi, tromboz va emboliyalar);
2) reaktiv xarakterdagi asoratlar (bir biriga to’g’ri kelmaydigan qon 
quyilishdagi transfuziyadan keyingi shok, anafilaktik shok, tsitratli zaharlanish, 
transfuziyadan keyingi pirogenli reaktsiya, massiv qon quyilgandan keyingi 
sindrom);
3) quyiladigan qon orqali yuqumli kasallikllik qo’zg’atuvchisining tashilishi 
(gepatit, zaxm va boshqalar).
Gemotransfuzion asoratlari orasida mutloq ko’pchiligi bir biriga to’g’ri 
kelmaydigan qonning quyilishiga bog’liq.
Og’ir hollarda o’lim gemotransfuzion shok kuzatilgandan so’ng birinchi 
soatda kuzatiladi, biroq ko’pincha jabrlanuvchi o’tkir buyrak etishmovchiligidan 
ikkinchi haftada o’ladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi paytida murdadan, qon quyish sistemasi va 
ampuladan qoldiq qonni tekshirish uchun, albatta, olinishi zarur, shuningdek 
(to’g’ridan to’g’ri qon quyilayotganda) donorning qonidan uni guruhini aniqlash 
uchun olinadi. Bioximik tekshirish uchun murdani qonidan azot qoldig’ini 
miqdoriy aniqlash uchun olib tekshirish tavsiya etiladi.
Massiv transfuziya sindromi transfuzion terapiyaning eng ko’p uchraydigan 
asoratlaridan biri hisoblanadi, chunki qisqa muddat ichida o’nlab litr miqdorda qon 
va boshqa suyuqliklar quyilishi mumkin. Bu sindrom bir-biri bilan qo’shiluvchi va 
tananing ko’p joyi jarohatlangan jabrlanuvchini davolashdagi deyarli muqarrar 
hamrohdir. Biroq ko’pchilik hollarda murdani kesib ko’rishda massiv qon va 
suyuqliklarni quyilish patologiyasi va jarohatlanish keltirib chiqargan belgilarni bir 
biridan ajratishning imkoniyati bo’lmaydi.
494


E.A.Lujnikov (1982) ma’lumotiga ko’ra, zaharlanishda organizmning asosiy 
detoksikatsiya usullari quyidagicha:
1) organizmda tabiiy detoksikatsiyani kuchaytirish usullari (oshqozonni 
yuvish, ichaklarni tozalash, jadallashtirilgan diurez, davolash giperventilyatsiyasi);
2) organizmda sun’iy detoksikatsiya usullari, bular orasida intrakorporal 
(peritonial dializ, ichak dializi, oshqozon-ichak sorbtsiyasi) va ekstrakorporal 
(gemodializ, gemosorbtsiya, plazmosorbtsiya, limfosorbtsiya, qonni 
almashtirilishi, plazmaforez);
3) antidotli detoksikatsiya usuli.
Hozirgi davrda har xil ekzogen zaharlanishlarni intensiv davolashda 
toksikologik markazlar amaliyotda keng qo’llanilmoqda. Biroq ko’pgina 
detoksikatsion usullar og’ir assoratlarga olib kelish mumkin. Hatto oshqozonni 
yuvish kabi oddiy muolajalar natijasida ba’zan oshqozonda bo’lgan narsalarning 
aspiratsiyasi tufayli o’pka yallig’lanishi mumkin.
Jadallashtirilgan diurez usuli muqarrar ravishda buyrakni o’ziga xos 
jarohatlanishi – osmatik nefrozning sababchisi hisoblanadi. Bunda buyrakning 
massasi 1,5-2 marta kattalashadi va 400-600 g ni tashkil qiladi (Permyakov N.K., 
Zimina L.N., 1982). Buyraklar shishgan, kapsulasi osonlikcha olinadi, yuzasi 
doimo silliq bo’ladi. Kesib ko’rilganda po’stloq qavati kengaygan, och-qizil holda 
ko’rinib, piramidalari aniq chegaralangan hamda to’k-qizil rangda ko’zga 
tashlanadi. Mikroskop tagida epitelial hujayralarning keskin kattalashganligidan 
kanalchalarning bo’shlig’i torayganligi kuzatiladi.
Sun’iy detoksikatsiya usullari patologiyasi orasida yuqumli asoratlari muhim 
tanatologik ahamiyatga egadir. Bularga peritoneal dializ o’tkazishdagi tarqalgan 
yiringli peritonitning rivojlanishi, ekstrakorporal gemodializda doimiy arterial 
shunt zonasida yiringlashning oqibatida «shunt-sepsis» sodir bo’lishi kiradi. 
Murdada bunday asoratlarning diagnostikasida odatda qiyinchilik tug’ilmaydi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish