Yashash qobiliyatini aniqlash.
Chaqaloqning ona organizmidan tashqarida
yashashi mumkinligi to’g’risidagi holatga yashash qobiliyati deyiladi. Homilaning
yashashi uchun u ma’lum darajada etilgan bo’lishi, yashashga to’g’ri kelmaydigan
tug’ma nuqsonlar va kasalliklar bo’lmasligi zarur. To’liq etilish sodir bo’lishliqdan
avval tiriklik xususiyati paydo bo’ladi. Maxsus qoidada homiladorlik 28 haftadan
kam muddatda, uning og’irligi 1000 g, uzunligi 35 sm dan kam bo’lganda homila
yashash qobiliyatiga ega emas deb ko’rsatilgan.
Ona qornidan tashqarida yashashning davomliligi.
Odatda sud tibbiyoti
ekspertiga ona qornidan tashqarida bir necha daqiqa va soatlarda yashagan vaqtini
aniklashga to’g’ri keladi.
Bu savolni echish uchun chaqaloqlikni ifodalovchi belgilarning o’zgarishi va
tirik tug’ilganlik belgilari, jumladan kindik tizimchasi va kindik xalqasining
o’zgarishi, tug’ma shishning so’rilish darajasi, mekoniyaning chiqishi kabilardan
foydalaniladi. Ona qornidan tashqaridagi hayotni davomliligini aniqlashda
oshqozon-ichak traktining havo bilan to’lish darajasi muhim ahamiyatga egadir.
Masalan, oshqozonni havo bilan to’lishi uchun minutlar, butun ingichka ichak
havo bilan 5-6 soat, yo’g’on ichak keyinroq 10-12 soatda to’lishi kuzatiladi.
Barcha yuqoridagi belgilar ona qornidan tashqarida yashashning davomliligini
faqat tahminan aniqlash imkoniyatini beradi.
514
Homila va chaqaloqlar o’limining sabablari.
Homila va chaqaloqlar
o’limi zo’raki va zo’raki bo’lmagan o’limlarga bo’linadi. Zo’raki bo’lmagan
o’limga tug’ilguncha, tug’ilish payti va tug’ilgandan keyingi o’limlar kiradi.
Zo’raki o’lim, odatda, bola tug’ilgandan keyin, juda kam hollarda tug’ish
paytida va tuqqandan keyin kuzatiladi.
Tug’ilgunicha homilaning zo’raki bo’lmagan o’limi homilador
organizmining kasallik holati tufayli sodir bo’lib, bunga o’tkir yuqumli kasalliklar
(gripp, pnevmoniya va boshqalar), surunkali kasalliklar (bezgak, zaxm),
homiladorlik toksikozi, yurakning dekompensatsiyalashgan nuqsonlari va
shuningdek homila ayrim nuqsonlarining rivojlanishi kiradi. Chaqaloq
tug’ilgunicha homila zo’raki bo’lmagan o’limining sababchisi yo’ldoshning
oldinda joylashuvidan ona ichi asfiksiyasi, yo’ldoshning infarkti, uning ko’chishi,
kindik tizimchasining tugunsimon bog’lanishi, siqilishi yoki bo’yin atrofida o’ralib
qolishi hisoblanadi. Homilaning asfiksiyadan o’limida ko’pchilik hollarda
qandaydir xarakterli belgilarni topish imkoniyati bo’lmaydi. Bunda faqat tez
o’limning belgilari aniqlaniladi. Ba’zan bosh miyada qon aylanishining o’tkir
buzilishi tufayli kalla suyagi ichiga, asosan miyaning yumshoq pardasiga qon
quyilish kuzatiladi. Ona ichi asfiksiyasi belgilari, shuningdek homila oldi suvini
massiv yutilishi va homila pufagi bo’shlig’idan ko’p miqdorda mekoniya chiqishi
tufayli sodir bo’ladi. Tug’ilish paytida etilgan homila yo’g’on ichagi mekoniya
bilan to’lgan bo’lib, uning diametri 2-3 sm gacha etadi. Bunda yo’g’on ichakni
qisman yoki deyarli to’liq mekoniyadan bo’shashi tufayli uning bo’shlig’i
puchayib qoladi va devorining diametri bir necha mm gacha qisqaradi.
Tug’ish paytida o’lim ko’pincha tug’ma jarohat tufayli yuzaga keladi.
Chaqaloq boshini tug’ish yo’llarida kuchli siqilishi tufayli kalla suyagida
yorilishlar va siqilib sinish, ko’pincha tepa suyagida radiar yorilishlar, kamroq
peshona va tepa suyagida siqilib sinishlar kuzatiladi. Bu sinishlarni tuqqandan
keyingi jarohatlanishlardan farqi, tug’ish paytidagi jarohatlanishda yara
topilmaydi. Tug’ish paytidagi jarohatlanishda ko’pincha kalla suyagining sinishlari
tufayli uning ichida qon quyilishlar ko’zga tashlanadi. Biroq miya pardasi va miya
515
ichiga massiv o’limga olib keluvchi qon quyilishlar miyacha chodiri yorilishi yoki
miyani qattiq pardasi katta o’roqsimon o’simtasini yirtilishi tufayli sodir bo’ladi.
Tug’iluvchi homila onasining o’zini yordamida ham jarohatlanishi mumkin.
Bunday hollarda yuzi, bo’ynida shilinishlar, og’zini burchagida yorilishlar va
boshqalar ko’rinadi. Ularning paydo bo’lishi bola tug’ilishini tezlashtirishga
urinish bilan bog’liq.
Chaqaloqni zo’raki bo’lmagan o’limi tug’ilgandan keyin chuqur chalalik
tufayli, hayotga to’g’ri kelmaydigan tug’ma nuqsonlar borligi, tug’ma
toksoplazmoz va chaqaloqning gemolitik kasalligidan rivojlanishi mumkin.
Homila tug’ilgunicha va tuqqandan keyingi zo’raki o’lim juda kam
uchraydi. Odatda u mexanik jarohatlanishlar natijasida paydo bo’ladi. Biroq
zaharlanishdan o’lim hollari, masalan, homilador ayollarning tuqquniga qadar etil
spirtini ichgan hollari ham yozilgan (Kuznetsov L.E., 1981).
Chaqaloqlarni zo’raki o’limi bola o’ldirish, chaqaloqni o’ldirish yoki baxtsiz
hodisalar bilan bog’liq. Ekspert o’zining xulosasida topilgan jarohatlanishlarning
hosil bo’lish mexanizmini yozishi va tug’ish paytidagi sodir bo’ladigan
jarohatlanishlar bilan farqlash yoki ona tomonidan bolani tug’ilgandan keyingi
yordam tufayli jarohatlanish bilan solishtirish to’g’risidagi ma’lumotlarni
ko’rsatishi zarur.
Bola o’ldirish 2 turga bo’linadi:
1) aktiv bola o’ldirish;
2) passiv bola o’ldirish.
Aktiv bola o’ldirish deganda chaqaloqlarga nisbatan qandaydir kuch
ishlatilishi tushuniladi va bu har xil usullar bilan amalga oshiriladi. Bunda
ko’pincha chaqaloqning o’limi mexanik asfiksiyadan, jumladan burun va og’iz
bo’shlig’ini yopilishi (qo’l va yumshoq predmetlar), nafas yo’llariga yot jismlar
tiqilishi (latta, qog’oz va boshqalar) bo’ynini qo’l, sirtmoq bilan bo’g’ilishi,
ko’kragi va qornini siqilishi (bosilishi) va cho’kishi tufayli kuzatiladi.
O’tkir va o’tmas vositalar bilan etkaziluvchi mexanik jarohatlanishlar
nisbatan kam uchraydi. Agar chaqaloq murdasi kalla suyagi va bosh miya
516
jarohatlanishi topilganda uni tug’ma jarohatlanish va jadallashtiruvchi tug’ish
paytidagi jarohatlanish bilan solishtirilishi zarur.
Ba’zan yuqorida keltirilgan harakatlar o’lik tug’ilgan yoki tiriklik
qobiliyatiga ega bo’lmagan chaqaloqlarga nisbatan ham amalga oshirilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |