Tibbiyot instituti talabalari uchun


Yurakni reflektor to’xtashi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Yurakni reflektor to’xtashi.
Refleksogen zonaga o’tmas qattiq predmet 
bilan urilganda (yurak qismiga, quyosh chigali, choti va boshqa qismlariga) ba’zan 
tez va deyarli bir onda o’lim kuzatiladi. Hatto qo’shimcha gistologik va sud 
kimyoviy tekshirilganda ham murdani kesib ko’rish natijalari noaniq bo’lishi 
mumkin, chunki bunda o’limni sodir bo’lganligini ko’rsatuvchi qandaydir 
jarohatlanish va patologik o’zgarishlarni topish imkoniyati bo’lmaydi. Bunday 
hollarda o’limning sababi yurakning reflektor to’xtashi hisoblanadi (Avdeev M.I., 
1976; Kustanovich S.D. va boshqalar, 1982). Ko’pincha bunday holat ko’kragini 
chap tomoniga kuchli urilganda ko’zga tashlanadi.
Shuning uchun ham murdani tekshirishda yurakni reflektor to’xtashi 
belgisini aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. Bunday tashxis voqea sodir bo’lish 
holatini sinchiklab taxlil qilingandan keyin va o’limning tafsilotlariga (ayblanuvchi 
va guvohlarni ko’rsatmasiga binoan) qarab aniqlaniladi. Bunday hollarda 
ekspertiza amaliyotida ba’zan o’limning sababi sifatida noto’g’ri bo’lsa-da, 
travmatik shok ko’rsatiladi.
O’tkir buyrak etishmovchiligi.
Har xil jarohatlanishlar (yumshoq 
to’qimalarning uzoq bosilishi tufayli), xirurgik operatsiyalar, ko’pchilik zaharli 
moddalar bilan zaharlanishlar (sirka kislotasi, sulema, etilenglikol va boshqalar) va 
infektsiyalar tomonidan ko’pincha asoratlanishi mumkin. O’tkir buyrak 
etishmovchiligining og’ir formalari bir-biriga to’g’ri kelmaydigan qon quyilishda, 
septik shokda va boshqa jarohatlanishlar paytida kuzatiladi. Bu asoratlar sekinlik 
bilan rivojlanib, bir necha kundan keyin o’limga olib keladi. Diagnostikasi odatda 
murakkab bo’lmay klinik ma’lumotlarning xarakteri, ekstrarenal jarohatlarni 
hisobga olgan holda buyrakni makro- va mikroskopik tekshirish natijalariga 
asoslanadi.
478


Ancha keyinroq rivojlanadigan jarohatlanishlarning boshqa asoratlariga 
infektsion asoratlari (o’pkani yallig’lanishi, peritonit, meningit, miya abstsesslari, 
sepsis va boshqalar) ham kiradi.
Og’ir jarohatlanishlar bilan jabrlanuvchilarda, odatda, gipostatik 
pnevmoniya ko’zga tashlansa-da, biroq aspiratsion pnevmoniya ham uchrashi 
mumkin. Ular har xil jarohatlarning ancha ko’p tarqaluvchi yuqumli asoratlari 
hisoblanadi. Odatda jabrlanuvchida jarohalanishlar yiringlanish bilan asoratlanishi 
tufayli sepsis rivojlanadi. Ayniqsa, sepsis og’ir kuyishda, jinoiy abortdan keyingi 
yiringli endometritda kuzatiladi.
Hozirgi davolash usullari sharoitida sepsis ko’pgina metastatik 
yiringlanishning rivojlanishi bilan xarakterlanib, ular ko’pincha buyrak, miokard, 
o’pka va boshqa organ hamda to’qimalarda ko’rinadi. Hozirgi davrdagi sepsisning 
asosiy qo’zg’atuvchisi ko’pchilik ma’lum antibiotiklarga chidamli stafilokokklar 
va ko’k yiringli tayoqchalardir (Ageev A.K. va boshqalar, 1975). Ko’pincha 
infektsiyani kirish yo’li ayrim hozirgi intensiv terapiya va reanimatsiya usullaridan 
kekirdakni uzoq vaqt intubatsiyasi va traxeostomiya, arteriya va venalarni uzoq 
kateterlash natijasida kuzatiladi.
Qon oqimiga massiv mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari kirishi 
tufayli ba’zan septik shok deb ataladigan og’ir patologik holat rivojlanadi va u 50 
foizdan ko’p hollarda tez o’limga olib keladi.
Septik shokning patologoanatomik ko’rinishi ancha tipik va travmatik 
shokning morfologiyasiga o’xshashdir. Biroq septik shokda mahalliy yoki 
tarqalgan septik infektsiyalar topiladi (Ageev A.K., 1980).
Ayrim hollarda uzoq davom etuvchi jarohatlanishdan keyin yiringlanish 
jarayonlari yaralanish kaxeksiyasi va o’lim kuzatiladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish