Ko’pchilik hollarda alkogoldan mastlik holati va darajasini aniqlashda
alkogolga sifatiy taxminiy sinama o’tkazish va tekshiriluvchini ambulatoriyada
ko’zdan kechirish etarli bo’ladi. Biroq ayrim hollarda vrach jiddiy kiyinchilikka
uchrashi mumkin.
Mastlik holatiga doir ayrim belgilar, jumladan ko’zg’alish, chayqalib yurish,
nutqining bir-biri bilan bog’lanmasligi,
yuzini qizarishi, hushini yo’qotish kabi
holatlar ayrim infektsion kasalliklari va zaharlanishlarda,
masalan benzin,
etilenglikol va boshqalarda ham kuzatilishi mumkin. Uremik yoki diabetik koma,
insult va kalla-miya jarohatlanishlarida kasallar mastlik holatini eslatadi.
Alkogoldan mastlik holati jarohatlanishlar yoki kasalliklar bilan birgalikda
ko’pincha kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda kasalxonalarga keltirilayotgan
og’ir kasallar yoki jarohatlanganlarni mast deb o’ylab vrachlar ularni to’lig’icha
tekshirmasligi, kerakli yordam ko’rsatmasligi tufayli jiddiy diagnostik xatoliklarga
yo’l qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, og’ir mastlik holatida bo’lgan kishilarga
ham tibbiy yordam ko’rsatilishi zarurligini esdan chiqarmaslik zarur.
Psixopatik konstitutsiyali ayrim kasallarda patologik mastlik holati ko’zga
tashlanadi.
U hushini xiralashuvi, gallyutsinatsiya,
maqsadsiz yoki aggressiv
harakatlar kabi qator chuqur patologik buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi.
Bunga shubha tug’ilganda ekspertiza faqat psixiatrlar tomonidan o’tkazilishi
lozim.
Klinik belgilari va taxminiy sinamalar natijalari noaniq bo’lganda alkogolni
sifatiy va miqdoriy tekshirish uchun qon va siydik olinishi zarur.
Alkogolni miqdoriy aniqlash uchun barmog’idan qon olinadi. Buning uchun
barmog’ining terisini simob ikki xloridning 1:1000 foizli eritmasi bilan artiladi.
Bunda spirt, yodning spirtli eritmasi yoki benzindan foydalanish mumkin emas,
chunki bu aniqlashning natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuningdek,
instrumentlar va idishlarni spirt bilan artish ham taqiqlanadi. 1,5-2 ml hajmdagi
qonni uncha katta bo’lmagan probirkaga solinib u polietilen tiqin bilan uning
ichida minimal miqdorda havo qolishi uchun zich yopiladi. Siydik uchun sinama
411
toza penitsillin flakoniga olinadi va olingan material zudlik bilan laboratoriyaga
jo’natiladi.
Hozirgi davrda alkogolni miqdoriy aniqlash
asosan sud tibbiyoti
laboratoriyasida amalga oshiriladi. Ko’pgina sud tibbiyoti ekspertlari alkogol bilan
mastlik darajasi diagnostikasini engillatish maqsadida bunday tekshiruv usullarini
poliklinika va kasalxona laboratoriyasida ishlovchi vrachlar tomonidan o’tkazsa
ham bo’ladi degan odilona takliflarni qo’ymoqda. Buning uchun qon va siydikda
alkogolning miqdorini aniqlashda qator usullar taklif qilingan. Sud tibbiyoti
ekspertizasi amaliyotida Shoymosh tomonidan o’zgartirilgan Vidmark
mikrometodi, V.M. Kolosova va I.S.Karandaevning
fotometrik usuli, gaz
suyuqlikli xromatografiya usuli keng qo’llaniladi.
Vidmark va fotometrik usuli ancha sezuvchan hamda aniq bo’lsada, biroq
o’ziga xos emas. Boshqa spirtlar va qator uchuvchi organik birikmalar bo’lganda
bu usullar bilan etil spirtini aniqlab bo’lmaydi. Gazoxromatografiya usuli ancha
o’ziga xos bo’lib, alkogol miqdorini etarli darajada to’liq aniqlash imkoniyatini
beradi. Bu usul etil spirtini boshqa spirtlar va uchuvchi birikmalar bo’lganda ham
ishonchli aniqlashga sababchi bo’ladi.
Qonda alkogolning har xil miqdorini aniqlashda quyidagicha funktsional
baholash taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: