Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’lim – organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarning qaytmas darajada  to’xtashidir. Hayot



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’lim
– organizmdagi barcha hayotiy jarayonlarning qaytmas darajada 
to’xtashidir.
Hayot
– bu oqsil jismlarning yashash shakli bo’lib, bunda to’xtovsiz modda 
almashinuv jarayoni (assimilyatsiya va dissimilyatsiya) kuzatilib, modda 
almashinuvining to’xtashi bilan hayot ham to’xtaydi va o’lim sodir bo’ladi.
Shunday qilib, hayot va o’lim bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan yagona 
jarayon hisoblanadi. O’lim bu hayotning muqarrar tugallanuvchi va tabiiy yagona 
holatidir. U hayotiy jarayonda organizmda birin-ketin o’zgarishlar tufayli sodir 
bo’ladigan zanjirsimon holatdir.
Terminal holatlarning sud tibbiyoti uchun ahamiyati
Hayotdan o’limga o’tish holatini chuqur tekshirish hozirgi zamon fanidan 
yangi ta’limotni, ya’ni terminal holat haqidagi tushunchani keltirib chiqaradi.
Terminal holat tushunchasiga shokning ancha og’ir shakllari (torpid 
shokining III-IV davri), kollaps, agonal oldi holati, terminal pauza davri, agonal 
holati, klinik va biologik o’limlar kiradi.
1.
Shokning og’ir davri va kollaps holati bevosita agonal oldi holatiga 
o’tishi mumkin. Bu davrda markaziy nerv sistemasining po’stloq qismida 
416


tormozlanish sodir bo’ladi va natijada odam hushini yo’qotadi. Miyaning stvol 
qismi esa ko’zg’algan holatda bo’ladi va asta sekinlik bilan tormozlanish miya 
stvoliga ham o’tadi.
2.
Preagonal holat ba’zan soatlab davom etib, keyin terminal pauza 
holatiga o’tadi. Bu davrda hushini umuman yo’qotadi, reflekslari bo’lmaydi va 
yurak faoliyati hamda nafas olishi qisqa muddatga to’xtaydi. Bunday davrda kasal 
kishi xuddi o’lik holatini eslatadi. Terminal pauzasining farqli xususiyati shundaki, 
bunda miya po’stlog’idagi chuqur tormozlanish jarayoni po’stloq osti qismiga ham 
o’tganligi, ammo to’lig’icha ulgurmaganligi tufayli har xil tartibsiz harakatlar 
qilishiga olib keladi.
Terminal pauza davri bir minut va ba’zan 2-4 minut davom etishi mumkin 
hamda keyinchalik agoniya holatiga o’tishi bilan tugallanadi.
3.
Agoniya (kurash) davri bu organizmning eng so’nggi hayoti uchun 
kurashishidir. Bu davr bir necha minutdan to 30 minutgacha cho’zilishi mumkin. 
Bu davrda ya’na yuzaki tartibsiz nafas olish jarayoni, yurak faoliyatining ishlashi, 
reflekslari paydo bo’lishi va hatto qisqa muddatda bemor hushiga kelishi mumkin. 
Bemorning qarindoshlari va atrofdagilar bunday holatni tuzalishning belgisi va 
o’limning sodir bo’lishi esa tibbiyot xodimlarining e’tiborsizligi tufayli yuzaga 
kelgan deb hisoblaydilar. Ayrim olimlar bu davrni yonib o’chuvchi mash’alga 
o’xshatadilar. Bu davr bir-necha minutdan to 30 minutgacha davom etadi.
Agoniya vaqtida miya bulbar qismi aktivligining maksimal oshib ketishi
miya po’stloq qismining esa eng chuqur tormozlanishi kuzatiladi. Keyinchalik 
tormozlanish jarayoni uzil-kesil miyaning stvol qismiga o’tib ketadi va klinik o’lim 
holati sodir bo’ladi.
4.
Klinik o’lim vaqtida nafas olishi va yurakning faoliyati to’xtaydi. Bu 
davr 5-6 minut, ba’zan 3-4 minut davom etadi. Agar odam past harorat ta’siridan 
tez o’lgan bo’lsa (gipotermiya), sog’lom fizik qobiliyatli bolalarda, tez o’limda bu 
davr biroz cho’zilishi ham mumkin. Bundan tashqari, patologik jarayonining 
xarakteri, agoniyaning davomliligi hamda barcha o’lish davrlari katta ahamiyatga 
egadir.
417


Uzoq o’lim paytida organizmda barcha kompensator mexanizmlar ishga 
tushadi va eng avvalo qon tomirlarida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. 
Odam tanasida periferik qon tomirlari va ichki organlar qon tomirlarining 
qisqarishi natijasida qonning asosiy qismi yurakka va miyaga yo’naladi. Shuning 
uchun ham o’lim holati ayrim kompensator jarayonlar tufayli ancha cho’ziladi va 
agarda odamni tiriltira olish imkoniyati bo’lmasa, albatta biologik o’lim holati 
ya’ni qaytmas o’lim sodir bo’ladi.
5.
Biologik o’limda nafas olish va yurakning faoliyati 5-6 minutdan 
ko’proq to’xtaganda avvalo miyaning po’stloq hujayralarida, keyinchalik miyaning 
kislorod etishmovchiliga kam sezuvchan qismlari va boshqa organlarning 
hujayralari tsitoplazmasi va yadrolarida emirilish jarayonlari boshlanib keyin 
qaytmas o’zgarishlar sodir bo’ladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi amaliyotida ko’pincha to’satdan o’lim, birdaniga 
o’lish hollari uchraydi. Shuning uchun ham tezda o’lgan kishining tanasida 
bo’ladigan o’zgarishlar bilan sekinlik (agonal o’lim) da o’lganlar tanasidagi 
o’zgarishlardan qanday farqlash masalasi ekspertlar oldida ko’ndalang bo’lib 
turadi.
O’lim birdaniga sodir bo’lganda ya’ni tez o’limda murdada qon suyuq 
holatda bo’lgani uchun murda dog’lari kuchli rivojlanganligi ko’rinadi. Venoz 
sistemasida qonning harakati to’xtab qoladi. Ichki organlarda to’laqonlilik 
kuzatiladi. Seroz pardalarda, jumladan o’pka plevrasida, yurak quloqchasi va ko’z 
kon’yunktivasida mayda qon quyilishlar ko’rinadi.
Agonal o’lim (uzoq davom etadigan o’lim) vaqtida o’limdan 2 soat vaqt 
o’tgach, qon tomirlarida qon uyushib qoladi.
Tez o’lim paytida esa o’limning kelib chiqish sababidan qat’iy nazar, 
murdada qonni ivishi 3-5 soatdan keyin batamom to’xtaydi. Agar to’satdan o’lgan 
murdadan 0,5-1 soat ichida qon olib tekshirsak, probirkada qon uyushib qoladi va 
biroz vaqt o’tishi bilan birdaniga yana suyulib ketadi.
O’tkir o’lim vaqtida qonning suyulishiga sabab, qon tarkibidagi 
fibrinogenning fibrinogenolizga uchrashi, ya’ni fibrinogenlik fibrinda uyushma 
418


hosil qilish qobiliyatini yo’qolishidan iboratdir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish