TOSHKENT KIMYO TEXNALOGITYA INSYIYUTI SHAHRISABZ FILIALI - Mavzu: Elektroliz. Elektrolizning amaliy ahamiyati
- BAJARDI: turdiyeva sabina
- TEKSHIRDI: normurodov I.
Reja: - elektiroliz.
2. Faradey qonunlari 3. Elektrolizning amaliy ahamiyati
Elektroliz
Elektrolit eritmasidan yoki suyultirilgan elektrolitdan elektr toki oʻtkazilganda sodir boʻladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoniga elektroliz deb ataladi. Elektrolizning mohiyati shundan iboratki, anodda oksidlanish, katotda esa qaytarish jarayoni boradi. Elektolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalari har xil ishoradagi ionlar boʻlib, ular tartibsiz harakatlanadi.
Elektroliz mahsulotlari sof holda ajralib chiqishi yoki erituvchi bilan oʻzaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Ikkinchi holda Elektrolizning ikkilamchi mahsulotlari hosil boʻladi. Qizdirib suyuklantirilgan elektrolitlar Elektroliz qilinganida faqat birlamchi mahsulotlar chiqadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida Elektroliz ancha murakkab boradi, chunki koʻpincha ikkilamchi jarayonlar sodir boʻladi.
Qizdirib suyuklantirilgan elektrolitlar elektroliz qilinganida faqat birlamchi mahsulotlar chiqadi. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida elektroliz ancha murakkab boradi, chunki koʻpincha ikkilamchi jarayonlar sodir boʻladi. Umuman elektroliz jarayonining borishi va elekroliz oxirida qanday mahsulotlar hosil boʻlishi birlamchi mahsulotlar, erituvchi tabiati, elektrodlarning qanday materialdan yasalgani, tra, elektrodlardagi tokning zichligi va h.k.ga bogʻliq.
Katod, yaʼni doimiy tok manbaining manfiy qutbiga ulangan elektrod qaytaruvchilik rolini bajaradi, anod esa (yaʼni manbaning musbat qutbiga ulangan elektrod) oksidlovchi sifatida xizmat qiladi. Elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massalari, tok kuchi va Elektroliz davom etadigan vaqt orasida matematik tenglamalar bilan ifodalanadigan bogʻlanishlar mavjud.
Elektolitlarning eritmalari yoki suyuqlanmalarini tok oʻtganida kationlar katoddan elektronlar biriktirib oladilar, anionlar oʻz elektronlarini anodga beradi. Natijada elektr toki toʻxtovsiz oʻtib turadi. Elektrolitlar ikkinchi tur oʻtkazgichlar boʻlib ulardan elektr toki oʻtganida moddalar parchalanib boshqa moddalarga aylanadi. Ular ana shu xossalari bilan birinchi tur oʻtkazgichlaridan farq qiladilar. Eritmadagi ionlarning konsentrasiyasi qancha koʻp boʻlsa eritma orqali shuncha koʻp tok oʻtadi.
Mis xlorid eritmasini elektrolizlash
jarayoni
Faradeyning birinchi qonuni. 1833 yil M.Faradey elektroliz qonunlarini yaratdi. Faradeyning birinchi qonuni: elektrodda ajralib chiqadigan moddaning miqdori faqat birgina omilga - elektrolitdan o`tgan zaryad miqdorigaga proportsional.
Formulasi:
m=kIt
Faradeyning ikkinchi qonuni. elektrolitdan bir xil zaryad oʻtganda ajraladigan turli moddalarning massalari bu moddalarning kimyoviy ekvivalentlari A ga proporsional ekanligini bildiradi.
m=qA/F=kq shaklda yozish mumkin
Elektrolizning amaliy ahamiyati. Elektroliz jarayoni Na , K,
Ca, Ba, Mg , Al kabi anchagina aktiv metallarni olishning
usullaridan biri hisoblanadi. Metallmaslarning eng faoli bo ‘lgan
ftor faqat ftoridlarning suyuqlanmalarini elektroliz qilib olinadi.
Elektroliz metallarning yuzalarini metallar qatlami bilan
qoplash daham keng qo ‘llaniladi. Bunda metallarning yuzasiga Ni ,
Cr, Ag, Cu qoplanadi.
Metallar yuzasini ko ‘rinishi chiroyli bo ‘lgan va himoya metall
qatlam lari bilan qoplash galvanostegiya deyiladi. Metallar yuzasini
shu tariqa xromlash. qalaylash, nikellash va mislash mumkin .
Tipografik, fotonusxalar olish maqsadida qavariqyuzalanlan qop-
lamalar olish va ulami keyinchalik ko'paytinsh galvanoplastika deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |