Tibbiyot instituti talabalari uchun


Bahsli otalik va onalikni aniqlash hamda bola almashtirishning sud



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

14.5. Bahsli otalik va onalikni aniqlash hamda bola almashtirishning sud 
tibbiyoti ekspertizasi
Hozirgi davrda otalikni aniqlash ishida ko’pincha sudlar ekspert xulosasidan 
foydalanadi. Bunday hollarda taxmin qilinuvchi otadan bola bo’lish yoki 
bo’lmasligini bilish maqsadida qonni ekspertizasini hisobga olgan holda sud 
tibbiyoti ekspertizasi tayinlanadi.
Bundan tashqari, sud ishlarining bunday turkumining sud tibbiyoti 
ekspertizasi taxmin qiluvchi otaning mahsuldorlik holatini, homiladorlik muddati 
va urug’lantirish vaqtini aniqlash uchun o’tkaziladi.
14.5.1. Qon ekspertizasining genetik asoslari
Bizga ma’lumki, bolalarga otalaridan ko’pgina belgilar o’tadi va shuningdek 
tashqi ko’rinishida o’xshashlik alomatlari kuzatiladi. Sud tibbiyotida bahsli otalik 
va onalikni aniqlashda hamda bola almashtirilgan hollarda ota-onasi va 
bolalarining o’xshashligini bilishga bir necha marta urinib ko’rilgan. Biroq 
odamdagi anchagina tekshiriluvchi belgilar ko’pgina genlarning ta’sirida 
shakllanadi, ammo ularning shakllanish mexanizmi etarlicha yaxshi 
o’rganilmagan. Qat’iy ilmiy asoslangan ma’lumotlarning bo’lmasligi, qiyinligi, 
odamning qator tashqi belgilari o’xshashligini sub’ektiv baholash ko’pincha 
394


noto’g’ri baholashga olib keladi. Shuning uchun ham ayrim hollarda bolaning u 
yoki bu ota-onadan vujudga kelganligi haqidagi savolni echishda tashqi 
o’xshashlik belgilaridan foydalanishdan bosh tortish to’g’risidagi qarorga kelishni 
taqozo qiladi.
Shu bilan birgalikda qon guruhini aniqlangandan keyin bolalar qoni guruhi 
faktorlari ota-onalar qoni guruhlariga o’xshashligiga ma’lum darajada bog’liqligi 
ko’rsatiladi. Hozirgi davrda qon guruhi faktorlarining nasldan naslga berilish 
qonuniyatlari yaxshi o’rganilgan. Ular to’liq genetik asoslangan bo’lib, ularni sud 
tibbiyoti ekspertizasida qo’llanishga asos bo’ladi. Bunda qonni guruhlarga 
aloqador antigeni yaxshi aniqlanilib, ularni aniqlanish usullari qat’iy ob’ektiv 
hisoblanadi va bola tug’ilgandan keyin butun umri bo’yicha sifatiy o’zgarmaydi.
Hozirgi vaqtda baxsli otalik ekspertizasida, bir qancha o’nlab izoserologik 
(eritrotsitli), zardobli va odam qonini izofermentli sistemalari qo’llanilishi 
mumkin. Shuningdek leykotsitlar antigen sistemasi ham haddan tashqari xilma 
xildir. Qonni har xil sistemasi antigenlarini tekshirish qonuniyatlari bir xil bo’lsa-
da, ammo har bir sistemaning o’ziga xos ayrim xususiyatlari mavjud. Odatda, 
birgina gen ta’sirida ham antigen shakllanishi mumkin.
Masalan, qon guruhi izoserologik AVO sistemasining nasldan naslga 
berilishi A, V, O genlari nazoratida sodir bo’lib, bu o’ninchi juft xromasomalar 
asosida joylashadi. Har bir odamda faqat ikkita bir biri bilan qo’shilgan genotiplar: 
AA, AO, VV, VO, AV va OO bo’lishi mumkin. A va V kodominantli genlar 
odamdagi A va V antigenlar fenotipi shaklida ko’zga tashlanadi. O geni retsessiv 
va amorfli bo’lib, fenotipda u ko’rinmaydi. Shuning uchun oltita genotipga qon 
guruhining to’rtta fenotipi O, A, V va AV to’g’ri keladi. Jinsiy hujayralarda 
(gametalarda) odamning faqat bir yoki ikkita allel genlari qatnashadi. Gametalarni 
bir biri qo’shilishidan ikkita allel genli zigota hosil bo’ladi.
Shunday qilib, bolaning qon guruhi ikkita allel genlar ta’sirida rivojlanib, 
ularning biri otadan, ikkinchi onadan yuzaga keladi. Agar ikkala gen ham bir xil 
bo’lsa, bunda bola gomozigotli genotip, bo’lmagan taqdirda geterozigotli 
xususiyatga ega bo’ladi. Bolaning genotipida qanday genlar borligiga qarab, 
395


bolada qon guruhi fenotiplari aniqlaniladi. Masalan, qon guruhi A (II) gomozigotli 
AA genotipida va geterozigotli AO genotipi, agar qon guruhi genotipida ikkala gen 
OO bo’lsa, O (I) qon guruhi rivojlanadi.
Genetika qonuniyatlarining bunday tushunchalaridan qon guruhi (AVO) 
ning nasldan naslga o’tish qoidasi kelib chiqadi:
1)
bolaning qon guruhida A va V antigenlari topilmasa, bu ikkala 
ota-onada ham kuzatilmaydi;
2)
ota-onada bo’lganda A va V antigenlar bolada bo’lmasligi 
mumkin, chunki otasining qon guruhi A (II) yoki V (III) bo’lsa, bu AO 
yoki VO geterozigot genotipi bo’lishi va bolaga jinsiy hujayra orqali 
retsessiv gen O berilishi mumkin;
3)
nikohda bo’lgan ota-onadan birining qon guruhi O (I) 
bo’lganda bolaning qon guruhi AV (IV) bo’lishi mumkin emas, chunki 
ikkinchisi tomonidan bolaga faqat bitta A yoki V geni berilishi mumkin;
4)
nikohda bir yoki ikkala ota-onaning qon guruhi AV (IV) bo’lsa, 
bolaning qon guruhi O (I) bo’lishi mumkin emas, chunki qon guruhi AV 
(IV) bo’lgan ota yoki ona bolaga albatta ikkala gendan birini beradi.
Antigenni (A
1
va A
2
) ko’rinishlari shunday usullar bilan nasldan naslga 
o’tishi aniqlangan. Shuning uchun ham to’rt xil (A
1
, A
2
, V va O) allel genlar orqali 
qon guruhinng nasldan naslga o’tish nazariyasi yaratilgan. Shuni aytish zarurki, A

geni A
1
genga nisbatan regressiv hisoblanadi, ammo O genga nisbatan esa 
dominant bo’ladi. Bu nazariyaga binoan sud tibbiyoti ekspertizasida qo’llanish 
uchun mo’ljallangan guruh antigenlarini nasldan naslga o’tish jadvali taklif 
qilingan (5-jadval).
Ular ochilgan va tekshirilgandan biroz keyinroq boshqa izoserologik 
sistemasining nasldan naslga o’tish qoidasi aniqlangan. Misol sifatida NN 
antigenlarini nasldan naslga o’tish qoidasini keltirish mumkin (6-jadval). 
Shunday qoida bo’yicha zardobli va fermentli sistemalarning nasldan naslga 
berilishi kuzatiladi (7 jadval).
Yuqorida keltirilgan nasldan naslga o’tish sxemasidan ayrim hollarda chetga 
396


chiqish adabiyotlarda keltirilgan. Bunday holat qon faktorlarini aniklashda yo’l 
quyilgan xatoliklar bilan tushuntiriladi. Bu ayniqsa dastlabki bolalik yoshida 
haqiqatan ham yuridik jihatidan otasi bo’lganligiga shubha tug’iladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish