Tibbiyot instituti talabalari uchun


Jinsiy jinoyatga oid sud tibbiyoti ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

14.4. Jinsiy jinoyatga oid sud tibbiyoti ekspertizasi
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksida zo’rlash (nafsiga tegish), 
balog’atga etmaganlarga nisbatan jinsiy buzuqilik qilish, besoqolbozlik kabi jinsiy 
jinoyatlarda jinoiy javobgarlik ko’rsatilgan.
Zo’rlash (nafsiga tegish). 
Jinoyat kodeksida zo’rlash deganda kuch ishlatib, 
qo’rqitib va ojizligi tufayli xotin-qizlar bilan tabiiy yoki noto’g’ri shaklda jinsiy 
aloqa qilishi tushuniladi.
Fizik kuch ishlatib zo’rlashda jabrlanuvchini urib, bo’ynidan siqib, qo’lini 
bog’lab va boshqa usullar bilan jinsiy aloqa qilish tushuniladi. Bunday hollarda 
jabrlanuvchiga og’ir tan jarohatlari etkazilishi va hatto o’ldirilishi mumkin.
Sud tibbiyoti va sud amaliyotidan ma’lumki, sog’lom etilgan ayol bir erkak 
tomonidan faqat fizik ta’sir natijasida kuchli og’riq, shok holatida yoki hushini 
yo’qotgandagina zo’rlanishi mumkin. Bunday hollar jabrlanuvchi yiqilib 
tanasining lat eyishi natijasida ham sodir bo’lishligi aniqlangan. Shuning uchun 
ham sog’lom etilgan ayolning birgina erkak tomonidan kuch ishlatib zo’rlanganlik 
masalasini sud va tergovchi tomonidan sinchiklab tekshirilishi lozim. Jinsiy 
aloqada bo’lmagan qizni zo’rlash osonroq, chunki u sog’lom etilgan ayolga 
nisbatan kuchsizroq bo’ladi hamda o’zini himoya qilish usullarini yaxshi bilmaydi.
Zo’rlash bir kishi yoki bir guruh odamlar tomonidan sodir etilishi mumkin. 
Ohirgi holda deyarli doimo kuchlar nisbati jabrlanuvchinikiga qaraganda ancha 
ustunlik qiladi.
Qo’rqitib yoki ojizligidan foydalanib zo’rlashda jabrlanuvchi qilinayotgan 
holatni ahamiyatini tushunmaydi yoki tushunsa-da o’zining holatiga ko’ra qarshilik 
ko’rsata olmaydi. Ojizlik holatining sabablari ayol organizmi fizik xususiyatlari, 
jumladan ko’rlik, karlik, oyoq-qo’llarining bo’lmasligi, kasalligi, jarohatlanish, 
keksalik, shuningdek ruhiy kasalliklar hisoblanadi. Bundan tashqari, spirtli 
ichimliklar va narkotik moddalar ta’sirida ham ayollarni ojizlik holatiga keltirish 
mumkin.
389


O’zini yolg’ondan zo’rlangan holida ko’rsatish hollari ham uchraydi. 
Buning uchun ayol kishi o’z kiyimlarini pala-partish sochib tashlaydi va o’z 
tanasiga yuzaki jarohatlanishlar: shilinishlar, qontalashlar, ba’zan yuzaki kesilgan 
yaralar etkazadi. Buning asosida qabih niyatlar – tamagirlik, do’q qilish, o’ch 
olishlar yotadi. Bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasidan tashkari, sud 
psixiatriya ekspertizasi ham o’tkaziladi.
Zo’rlab jinsiy aloqa qilishda jabrlanuvchining sog’lig’iga ta’sir qiluvchi 
og’ir oqibatlar, jumladan xomiladorlik, tanosil kasalliklarini yuqtirish, ruhan 
buzilish, og’ir, ba’zan o’limga olib keluvchi jarohatlanishlar kuzatiladi. 
Jarohatlanish ayol kishiga zo’rlangunicha, zo’rlash paytida, shuningdek uni 
yashirish uchun jinoyat sodir qilgandan keyin etkazilishi ham mumkin. Zo’rlash bu 
og’ir ruhiy jarohatlanish hisoblanadi. Zo’rlashni oldini olish maqsadida, 
shuningdek zo’rlangandan keyin ayollarni o’zini o’zi o’ldirish hollari ham ma’lum.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish