Tibbiyot instituti talabalari uchun


Zo’rlashni sud tibbiyoti ekspertizasi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Zo’rlashni sud tibbiyoti ekspertizasi.
Zo’rlash bu yuridik tushuncha 
hisoblanadi, chunki buning asosida qasddan jinoyat qilish yotadi.
Zo’rlashga shubha tug’ilganda ekspertiza o’tkazishda sud tibbiyoti 
ekspertining vazifasiga jinsiy aloqa qilganlikni aniqlash, zo’rlash belgilarini topish, 
ayollar uchun jinoyatning tibbiy oqibatlarini baholash (homiladorlikni, sog’lig’ini 
buzilishi va tanosil kasalliklarni yuqtirganligini) masalalari kiradi.
Ekspertiza tayinlash to’g’risidagi tergovchining qarori bilan tanishilgandan 
keyin ayol kishi so’roq qilinadi. Bunda zo’rlanish holati to’lig’icha talqin qilinib, 
qaerda, qachon (sutkaning qaysi vaqtida, qanday yorug’likda), kim, qanday va 
nima qilganligi (kiyimi echilganligi, jabrlanuvchi va o’zidan qaysisi oldin 
echilganligi, qiniga jinsiy organning tiqilganligi), jabrlanuvchining og’riq 
sezganligi va qo’rqqanligi hamda jinsiy aloqadan keyin qanday ajralmalar 
chiqqanligi kabi holatlar aniqlaniladi. Keyin jabrlanuvchining qarshilik ko’rsatish 
turi va darajasi (kurashganligi, qichqirganligi, yordamga chaqirganligi va 
boshqalar); voqea sodir bo’lganda birdaniga murojaat qilganligi; qarshilik 
ko’rsatish paytida qanday tan jarohati olganligi va zo’rlovchi tanasida qanday 
belgilarni izlash mumkinligi ko’rsatiladi. Shuningdek ginekologik anamnez 
390


yig’iladi.
Ayol kishini ko’zdan kechirishda u to’lig’icha echiladi. Jabrlanuvchining 
tanasida shilinishlar, tirnalishlar, qontalashlar, ba’zan yaralar ko’rinadi. Ular ko’p 
miqdorda yuzi, bo’yni, sut bezlari, soni, dumbasi va tashki jinsiy organlarida 
topiladi.
Tashqi jinsiy organlari va ularning atrofida sochlar, qon va urug’ suyuqligi 
ko’zga tashlanishi mumkin. Agar jinsiy aloqa qilish paytida qizlik pardasi buzilgan 
bo’lsa, uning yirtilganligi kuzatiladi. Ba’zan qin devorining yirtilishi va yorilishi, 
chotining yorilishi uchraydi. Bunday jarohatlanishlar avvallari jinsiy aloqada 
bo’lib turadigan ayollarda ham bo’lishi mumkin.
Maxsus akusher-ginekologik ko’rikdan keyin jabrlanuvchining siydik 
chiqaruv yo’li, qini va bachadon bo’ynidan surtki olinishi zarur.
Sochni va qov, choti va soni terisidan yuvindi olib tekshirilganda, qinidan 
olingan surtmadan spermatozoid topilmaganda, u erlarda spermatozoidlar 
aniqlaniladi va jinsiy aloqadan 5-10 sutka o’tgandan keyin ham topilaveradi 
(Kuznetsov P.A., 1980).
Barcha topilgan jarohatlanishlarni ekspert yordamida baholashda juda 
ehtiyotkorlik zarur, chunki zo’raki jinsiy aloqa qilishning ishonchli belgilari aniq 
emas. Yuqorida ko’rsatilgan jarohatlanishlarning ko’pchiligi jinsiy aloqa ixtiyoriy 
bo’lganda ham kuzatilishi mumkin.
Jabrlanuvchidan tashqari, shubhalanuvchi zo’rlovchi ham ko’zdan 
kechiriladi va tekshiriladi. Bunda u to’lig’icha echib ko’riladi. Uning tanasida 
o’zini himoya qilgan ayolning belgilari tirnalishlar, shilinishlar, qontalashlar, 
tishlangan izlari topilishi mumkin. Odatda bunday jarohatlanishlar uning yuzida, 
tanasining ochiq qismida va boshqa qismlarida, shuningdek jinsiy organida ham 
kuzatiladi. Ko’pincha jinsiy organlar terisida sochlar, qonning izi topiladi. Erkaklar 
jinsiy organi boshidan va preputsial xaltacha suyuqligidan tamg’a olib 
tekshirilganda spermatozoid, eritrotsitlar, qin epiteliyasi hujayralari va mikroblarni 
aniqlash mumkin (Shalaev N.G., 1966). Siydik chiqaruv yo’lidan olingan surtmada 
spermatozoidlar ko’zga tashlanadi. Ba’zan tirnog’ining tagida bor narsalardan qon 
391


va qindagi elementlar aniqlanishi mumkin.
Jabrlanuvchi va shubhalanuvchining kiyimlarini sud tibbiyoti eksperti 
yaxshilab ko’zdan kechiradi. Agar unda jarohatlanish, qon hamda sperma izlari 
borligiga shubha tug’ilsa kiyimni sud tibbiyoti laboratoriyasiga tekshirish uchun 
jo’natgan tergovchiga ekspert o’z vaqtida xabar berishi zarur. Zo’rlash joyida 
kurashish, himoyalanish hamda jinsiy aloqa qilish yoki unga urinish belgilari, 
jumladan uzilgan tugmalar, to’qalar, kuylakning ilgagi, qon, soch, sperma va 
boshqalar topilishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish