Jinoiy abortdan o’limning sabablari.
Barcha ko’rsatilgan usullar ayolning
sog’lig’i va hayoti uchun xavfli bo’lib, ba’zan bunday muolajalarning oqibati o’lim
bilan tugallanadi. Jinoiy abortda to’g’ridan to’g’ri o’limning sababi havo
emboliyasi, shok, qon yo’qotish, zaharlanish va yiringli asoratlari (peritonit,
sepsis) va boshqalar hisoblanadi.
Havo emboliyasi jinoiy abortdan o’limning asosiy sabablaridan biridir.
Ko’pincha emboliya bachadon bo’shlig’iga rezinali grusha yordamida suyuqlik
386
yuborilayotganda qon tomirlariga havoni tushib qolishi tufayli sodir bo’ladi.
Jinoiy abort paytida bachadonga qo’pol mexanik ta’sir qilish yoki jinsiy
yo’llarining kuyishi tufayli shok rivojlanishi mumkin. Odatda mexanik usullar
bilan homilani haydashda bachadonning katta qon tomirlari jarohatlanishi
natijasida o’tkir qon ketish kuzatiladi va shok holati yuzaga keladi.
Abort paytida har xil zaharli moddalarni qo’llash, shuningdek dorivor
moddalarni yuqori dozada berilishi tufayli zaharlanish ko’zga tashlanadi. Endo- va
miometritlar va sepsis ko’pincha mexanik usullar bilan homila haydashning
asoratlari hisoblanadi.
Abortni boshidan o’tkazgan ayollarda ko’pincha ichki jinsiy organlarida
surunkali yallig’lanish jarayonlari natijasida sog’lig’ini va hayz davrining
buzilishi, bachadondan tashqaridagi homiladorlik, homilaning doimiy
etilmaganligi va boshqalar kuzatiladi.
Jinoiy abortning sud tibbiyoti ekspertizasi
Voqea sodir bo’lgan joyni o’z vaqtida va sinchiklab kuzatish natijasida u
erda topilgan narsalar – kateterlar, rezinali ballonchalar, suyuqligi bor idishlar,
doriga mo’ljallangan ampulalarga qarab, shuningdek to’shaklaridagi qon dog’lari,
sochiqlari, lattalar, tog’oralar, chelaklarga qarab o’tkazilgan abortni usuli
to’g’risida tasavvurga kelish mumkin. Shuni eslatib o’tish lozimki, ba’zan abort bir
joyda qilingan bo’lsa, boshqa joyda u o’zini yomon sezishi va uchinchi joyda o’lib
qolishi mumkin. Bunda har uchala joy ham ko’zdan kechirilishi zarur.
Jinoiy abort natijasida o’lgan ayol murdasini ko’zdan kechirishda unda
homiladorlik alomatlari borligini qidirishga to’g’ri keladi. Tashqi ko’zdan
kechirishda jinsiy yoriqlarida ajralishlar, shilinishlar va qontalashlar topilishi
mumkin.
Tug’ish yoshidagi ayollar to’satdan o’limining holati noma’lum bo’lganda
bunday ayollarning o’ligini kesib ko’rishda havo emboliyasini tekshirish sinamasi
o’tkaziladi. Bunda havo faqatgina yurakning o’ng tomonidagina emas, balki pastki
387
kovak venada va bachadondan ketuvchi venalarda ham topilishi mumkin. Murdani
ichki tekshirishda jinoiy abortning boshqa belgilari ham, jumladan qin devori va
bachadon devori va bo’ynining jarohatlanishi, yot jismlar, suyuqliklar, ba’zan
yo’ldoshning ko’chishi, homila urug’i va uning qismlarini yo’qligi ko’zga
tashlanadi.
Qonunsiz abortga shubha tug’ilganda ayollarning sud tibbiyoti ekspertizasi
doimo akusher-ginekologlar ishtirokida komission holda o’tkaziladi. Bu ko’zdan
kechiriluvchi shaxsini aniqlash va so’roq qilishda tuzilgan hujjatlardan boshlanadi.
Ayol bilan suhbat vaqtida ishning holati aniqlanilib, ginekologik anamnez
yig’iladi. Shuningdek, qorinning oq chizig’idagi pigmentlanish darajasiga hamda
sut bezlarining holatiga (kattalashganligi va so’rg’ichlaridagi ajralmalariga)
ahamiyat beriladi.
Ginekologik ko’zdan kechirishda tashqi jinsiy organlar shilliq pardasining
holati va rangi, jarohatlanish (shilinish va qontalashlar) borligi, jinsiy organlardagi
ajralmalar va qizlik pardasining holati o’rganiladi. Agar qizlik pardasi buzilgan
bo’lsa, oyna orqali qinning shilliq pardasi va bachadon bo’yni hamda unda
shilimshiqli tiqin borligi ko’zdan kechiriladi. Siydik chiqaruv yo’li, qini va
bachadon bo’ynidan tekshirish uchun surtma olinadi. Shundan keyin ichki jinsiy
organlari ginekologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bunda bachadonning kattaligi,
konsistentsiyasi va harakatchanligi, qo’shimcha qismining holati o’rganiladi.
Jinoiy abortning sud tibbiyoti tashxisida har xil laboratoriya tekshiruv
usullaridan foydalaniladi. Ular orasida bachadondagi ajralmalar va to’qimalarni
gistologik tekshiruv usuli keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, siydik va qonni
bioximik tekshirish, ajralmalar va qonni bakteriologik o’rganish, voqea sodir
bo’lgan joydan olingan predmetlardagi ashyoviy dalillarni biologik aniqlash, jinoiy
abort o’tkazilgan joyda topilgan poroshok va suyuqliklarning qoldig’i hamda ichki
organlar, bachadon bo’shlig’idagi narsalarni sud-kimyoviy usulida tekshirishlar
alohida ahamiyatga egadir. Shuningdek sut bezlari shirasi va boshqa ajralmalar
tarkibini tsitologik usulida o’rganish ham katta o’rin egallaydi.
388
Do'stlaringiz bilan baham: |