Tibbiyot instituti talabalari uchun


Yoshni aniqlash ekspertizasi mumkinligi



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Yoshni aniqlash ekspertizasi mumkinligi.
Tirik shaxslarning yoshini 
401


aniqlash hayotining aniq yillari bilan bog’langan holda organizmning taraqkiyoti 
yoki rivojlanishining tashqi ko’rinishini o’rganish orqali bajariladi. Bunda teri 
koplamasining holati, ayniqsa, yuzida ko’zga tashlanadi. Shuningdek, ikkilamchi 
jinsiy belgilarning rivojlanishi, tishlarining holati, ularning eskirish darajasi va 
boshqalar kuzatiladi.
Ko’zdan kechiriluvchini yoshiga bog’liq holatda yuqorida keltirilgan 
belgilar ekspertiza uchun har xil darajada foydali bo’lishi mumkin. Organizmni 
rivojlanish davrida antropometrik ko’rsatkichlar, ikkilamchi jinsiy belgilarning 
paydo bo’lishi, sut tishlarining holati to’g’risidagi ma’lumotlar katta ahamiyatga 
egaligini ta’kidlash zarurdir. Hayotining ancha kechki davrlarida yuqoridagi 
belgilar uncha muhim ahamiyatga ega bo’lmay, balki tishlarining holatini terini 
burishish belgilari, sochning o’zgarishi (oqarishi, tushib ketishi) ni tekshirishni 
ahamiyati oshadi.
Yoshini aniqlash uchun albatta suyak apparatini rentgenografik tekshiruvdan 
o’tkaziladi. Ko’pincha panja suyaklari va bo’g’imlari, bilak suyaklari, boldir va 
oyoq suyaklari ko’zdan kechiriladi. Organizmni tabaqalanish va o’sish davrida 
yoshni aniqlashda rentgenologik diagnostika usuli ayniqsa foydali hisoblanadi.
Yoshni aniqlash faqatgina tirik shaxslardagina emas, balki shaxsi noma’lum 
murdani yoshini aniqlashda ham muhim ahamiyatga egadir. O’lgandan keyin 
murdaning tashqi ko’rinishi o’zgarganda, murda chirigan va tanasi umuman 
yumshoq to’qimalardan yalang’alanganda suyaklarni rentgenologik tekshirish usuli 
nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, kalla suyagi chiziqlarining 
bitish darajasi, tishlarining o’zgarishi, suyak-miyasi kanali o’lchamlari, suyak 
g’ovak moddasining o’zgarish xarakteri aniqlaniladi.
Odamning hayoti davomida bir necha yoshlik davri ajratiladi: yoshlik davri 
(14 yoshgacha), o’smirlik (14 yoshdan 20 yoshgacha), yigitlik (21-30 yoshlar), 
etilganlik (31-45 yoshlar), o’rta yosh (45-59 yosh), qarilik yoshi (60-74 yosh), 
keksayganlik (75 va yuqori yosh) yoshlar bu davrlarga kiradi. Ko’rsatilgan yosh 
guruhlari chegarasi ancha shartli va individual hisoblanadi. Bir davr ikkinchi 
davrga sekin-asta o’tib boradi.
402


Odamning rivojlanishi va keksayishi ko’pgina endogen va ekzogen 
faktorlarga bog’liq bo’lib, bular odamning tashqi ko’rinishiga aloqador bo’lib, 
yoshini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bunga hayot uchun yoqimsiz sharoitlar, ish 
faoliyatining xarakteri, professional xavfliligi, kasalliklar, zararli odatlar 
(alkogolizm, narkomaniya va boshqalar) kiradi.
Ma’lum biologik kalendar yoshiga to’g’ri kelmaslik har xil turdagi endokrin 
buzilishlar bilan bog’langan bo’lishi mumkin.
Keyingi 15-20 yil yosh bolalar va o’smirlarda yoshini aniqlash qiyinligi 
o’sish jarayonini tezlashuv holati bilan bog’liqdir. Ovqatlanish va hayot 
sharoitining yaxshilanishi natijasida, shuningdek boshqa faktorlar ta’sirida ularning 
fizik rivojlanishi ancha yaxshilanib jinsiy etilishi ham tezlashadi.
Tana skeletining suyaklanish muddati 1-2 yilga tezlashganligi uchun qiz 
bolalarning o’sishi hozirgi davrda ko’pincha 16-18 yoshlarda, o’smirlarda esa 18-
19 yoshida to’xtashligi ko’zga tashlanmoqda.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish