I V B O ’ L I M . TIRIK SHAXSLARNING SUD TIBBIYOTI
EKSPERTIZASI
XIV BOB.
TIRIK SHAXSLARNING EKSPERTIZASINI O’TKAZISH
TARTIBI VA SHARTLARI.
Bu sud tibbiyoti ekspertizasining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, sud
tibbiyoti tekshiruvlari orasida birinchi o’rinni egallaydi va barcha ekspertizaning
80-foizini tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra tirik shaxslar
ekspertizasining 90-foiziga yaqinini tan jarohatlarining og’irlik darajasini aniqlash
egallaydi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual
kodeksida bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi majburiyligi
ko’rsatilgan. Bundan tashqari, tirik shaxslar sud tibbiyoti ekspertizasining sabablari
xilma xil bo’ladi.
Shunga ko’ra tirik shaxslar ekspertizasining asosiy turlariga quyidagilar
kiradi.
I. Tan jarohatlarining ekspertizasi, bu:
1) tan jarohatlarining xarakteri va og’irlik darajasini aniqlash;
2) umumiy va professional ish qobiliyati yo’qotilish darajasini
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
II. Sog’lig’ini aniqlash, simulyatsiya, dissimulyatsiya, aggravatsiya, sun’iy
kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash holatlarini ekspertizasi.
III.Bahsli jinsiy holatlar ekspertizasi:
1)
jinsini aniqlash;
2)
jinsiy etilganlikni aniqlash;
3)
qizlik holatini aniqlash;
4)
mahsuldorlik qobiliyatini belgilash;
5)
homiladorlik, tuqqandan keyingi va abortdan keyingi holatni
aniqlash;
6)
tanosil kasallar yuqtirilganligini aniklash.
351
IV. Jinsiy jinoyatga oid ekspertiza:
1)
zo’rlash (nomusiga tegish) bilan bog’liq jarohatlanishlarni
aniqlash;
2)
jinsiy buzuqilik qilishni aniqlash;
3)
besoqolbozlik.
V. Ekspertizaning alohida turlari:
1) yoshini aniqlash;
2) mastlik holatini aniqlash;
3) bahsli otalik va onalikni, bolani almashtiruv holatlarini aniqlash;
4) shaxsini aynan o’xshashligini aniqlash.
Tirik shaxslarning sud tibbiyoti ekspertizasi tergov organlarining qarori va
sud ajrimiga binoan o’tkaziladi. Shaxsiy ayblash hollarida militsiya organlari yoki
xalq sudining yo’llanmasiga asosan o’tkazilishi mumkin. Jabrlanuvchining
shikoyatiga ko’ra ayblanuvchiga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish har ikkala
tomonning kelishi bilan to’xtatiladi. Bu qasddan engil tan jarohati (O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi), to’xmat (139-modda), haqorat
qilish (140-modda) hollarida kuzatiladi.
Tirik shaxslarning ekspertizasi ko’pchilik hollarda vrachning o’zi tomonidan
shaxsan o’tkazilib, u barcha tekshiruv ishlarini olib boradi va o’z xulosasini beradi.
Qandaydir tibbiyot mutaxassisligiga aloqador savollarni echishda va
ko’pincha maxsus tekshiruv o’tkazishda (rentgenolog, nevropatolog, okulist va
boshqalar) ekspert mutaxassislardan maslahat so’raydi.
Ish qobiliyatini yo’qotish darajasini aniqlash ekspertizasida, shuningdek tirik
shaxslar ekspertizasining murakkab hollarida sud tibbiyoti eksperti va boshqa
mutaxassis vrachlar ishtirokida komission ekspertiza o’tkaziladi.
Ekspertiza o’tkazishdan oldin ko’zdan kechiriluvchini pasporti yoki boshqa
surati yopishtirilgan hujjatini tekshirish orqali shaxsi aniqlaniladi. Bu uning o’rniga
boshqa shaxsni ekspertizadan o’tishini oldini oladi. Hujjati bo’lmagan taqdirda
uning shaxsini tergov organlari (militsiya) tasdiqlaydi va ekspert xulosasiga imzo
chekadi. Ba’zi hollarda ko’zdan kechiriluvchini shaxsi noma’lum bo’lsa, suratga
352
olinib, uning surati ekspert hujjatiga yopishtirib qo’yiladi.
Agar ko’zdan kechiriluvchining jinsi jinsiga to’g’ri kelsa yoki boshqa jinsga
aloqadorligiga qaramasdan uning qatnashuviga qarshilik bo’lmagan taqdirda
tergovchi ekspertiza vaqtida qatnashish huquqiga egadir. 16 yoshga etmagan
shaxslarning ekspertizasida ota-onalarining yoki o’qituvchilarining qatnashuvi
maqsadga muvofiqdir.
Ayrim hollarda surishtiruv organlari yoki sud organlari ruxsati bilan
jabrlanuvchining ishtirokisiz tibbiyot hujjatlariga asosan ekspertiza tayinlaniladi.
Bunday hollar jabrlanuvchi bo’lmaganda ba’zi vaqtlarda amalga oshirilib, bunda
tibbiyot hujjatining aniq o’zi va ekspert oldiga qo’yilgan savollarni echish uchun
etarli ma’lumotlar bo’lgan taqdirda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Tirik shaxslarning ekspertizasi yorug’, etarli haroratga ega kunduzgi
yorug’liq ostida o’tkaziladi. Tirik shaxslarni tekshirish ishning holatiga qarab
ambulatoriya, poliklinika va statsionarda, sud xonasi va qamoqxonada, ayrim
hollarda ekspertiza jabrlanuvchini uyida o’tkazilishi ham mumkin. Ekspertizani
vrachni uyida o’tkazish qat’iy taqiqlanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi ambulatoriyasida tan jarohatlarini og’irlik darajasi
va xarakterini aniqlash, bahsli jinsiy holatlar va jinsiy jinoyatga oid ekspertizalarni
o’tkazishda maxsus xonalar tashkil qilinadi. Tumanlar va tumanlararo byuro
bo’limlarining sud tibbiyoti ekspertlari, shuningdek shtatsiz vrach-ekspertlar
odatda tirik shaxslarni ekspertizasini tuman kasalxonasi qoshida amalga
oshiradilar.
Ayrim hollarda tergovchining ko’rsatmasiga ko’ra, agar jabrlanuvchini
ekspertizaga kelish imkoniyati bo’lmasa uyda o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunday
hollarda ekspertni noto’g’ri yoki qonunsiz harakatda ayblanishiga shubha
to’g’ilmasligi maqsadida uyda ekspertiza o’tkazilayotgan paytda tergovchi yoki
sud vakillarining qatnashuvi, albatta, zarurligini doimo esdan chiqarmaslik kerak.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |