5.
Homiladorlikni to’xtatilishi.
Agar homilador ayolga jarohat
etkazilsa, bunday hollarda abort chaqirishi yoki muddatidan ilgari tug’ishi tufayli
homila o’lishi mumkin. Bunday jarohatlanishlar og’ir tan jarohati sifatida
baholanadi. Maxsus akusher ginekologik tekshiruv natijasida homiladorlikni
to’xtatilishi organizmning individual xususiyatlari hamda qandaydir kasallik bilan
bog’liq bo’lmay, balki etkazilgan jarohat bilan sababiy bog’langan bo’ladi.
Shuning uchun ham ekspertiza akusher-ginekologlar bilan birgalikda o’tkaziladi.
Bunda homiladorlik muddatining ahamiyati yo’q.
6. Tanasini tanib bo’lmas darajada o’zgarishi.
Buni aniqlash sud
organlarining kompetentsiyasiga kiradi, chunki bu tushuncha tibbiyotiga aloqador
bo’lmagan tushunchadir. Bunda sud tibbiyoti eksperti faqat shu tan jarohatining
xarakteri va og’irlik darajasini odatdagi belgilariga qarab aniqlaydi. Agar qidiruv
va sud organlari jarohatlanish oqibatini tiklanish darajasini aniqlash, masalan,
chandiqning so’rilishi to’g’risidagi savolni qo’yganda ekspert shu savolga javob
berishga majbur. Tiklanadigan jarohat deb, chandiqning o’lchamini kichiklashishi,
tiklanish jarayonining tabiiy kechishi tufayli chandiq rangining o’zgarishi yoki
363
konservativ davolash natijalariga bog’liq holda kichkinalashuviga aytiladi.
Xunuklashgan tanani kosmetik operatsiya yordamida yo’qotilishi buerda hisobga
olinmasligi kerak va bunday jarohatlanishlar tiklanmaydigan jarohatlanish
hisoblanadi.
O’rtacha og’irlikdagi tan jarohatlari
Bunday jarohatlanish kategoriyasiga hayot uchun xavfsiz, uzoq muddatga
sog’lig’ini yo’qotilishi yoki ish qobiliyatini anchagina turg’un yo’qotilishi, ya’ni
1/3 qismidan kam, 10 foizdan 33 foizgacha yo’qotilishi kiradi (O’zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi).
Jarohatlanishning og’irlik darajasini aniqlash qoidasi bu moddada keltirilgan
tushunchada oydinlashtiriladi. Sog’lig’ini uzoq muddatga buzilishi deganda 3
haftadan (21 kundan) ko’p muddat tushuniladi.
Shunday qilib, agar jarohatlanishning tiklanish jarayoni yoki qaysidir organ
funktsiyasining tiklanishi 3 haftadan ko’proq cho’zilsa, bunday jarohatlanishlarni
o’rtacha og’irlikdagi tan jarohatlariga kiritish mumkin.
Sog’lig’ini uzoq muddatda buzilishi, vaqtinchalik ish qobiliyatini
yo’qotilishi va davolashning davomliligini bir-biri bilan aralashtirish yaramaydi.
Bu muddatlar bir-biriga to’g’ri kelishi mumkin, ammo har doim hamda to’lig’icha
emasligini ko’rsatish zarur.
Ekspert odatda ishga qobiliyatsizlikning davomliligi (ishga yaroqsizlik
qog’ozi) va uzoq muddatda davolanish (tibbiyot hujjatlariga asosan) ni hisobga
oladi, ammo jarohatlanish og’irlik darajasini aniqlashda sog’lig’i uzoq vaqtga
buzilishi hal qiluvchi rol o’ynaydi, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri jarohatlanish oqibatiga
bog’liq bo’ladi.
O’rtacha og’irlikdagi tan jarohatlariga o’rta va kichik naysimon
suyaklarning sinishi, katta bo’g’imlarning chiqishi va bo’g’im bog’lamalarining
uzilishi va boshqalar kiradi.
364
Do'stlaringiz bilan baham: |