Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Jarohatlanish vaqti
jarohatlanishlarni tiklanish 
jarayonida to’qimalarda ko’zga tashlanadigan o’zgarishlarga qarab 
aniqlaniladi. Masalan, kontalashlar vaqti, ularning bo’yalishini 
o’zgarishiga qarab, shilinishlar etkazilgan vaqti po’stloq qavatining 
rivojlanish muddatini hisobga olgan holda, yaralarning vaqti 
yallig’lanish jarayonining kuchli ko’rinishi va chandiqlanishning 
shakllanishi xarakteriga, sinish muddatlari esa suyak qadoqlarining 
rivojlanishiga binoan belgilaniladi.
Jarohatlanishni aniq belgilash birinchi navbatda tekshirish 
vaqtiga bog’liq. Tekshirish qancha oldin o’tkazilgan bo’lsa, 
jarohatlanish vaqti ham shuncha aniq ko’rsatilishi mumkin. 
Jarohatlanish vaqtini aniqlashda tekshiriluvchini yoshi, uning sog’liq 
holati, jarohatlanishning davolash usullari va boshqa xususiyatlari 
hisobga olinadi.
3.
Qurol yoki asbobning turini
aniqlash asosan shu 
asboblar uchun xarakterli jarohatlanish belgilariga qarab o’tkaziladi. 
Masalan, kesilgan yaralar tekis qirrali, o’tkir burchakli bo’lib, unda 
ulag’ich to’qimalar bo’lmaydi hamda ancha ko’rinib turishi bilan 
xarakterlanadi. Bunga qarama-qarshi lat egan yaralar esa noto’g’ri, 
hoshiyalangan qirrali, o’tmas burchakli nisbatan kam ochilib turuvchi, 
uning tubida ulag’ich to’qimalar ko’rinadi.
Jarohatlanish xarakteri aniq asbobning turiga qarab aynan o’xshatish 
to’g’risidagi savolga sud tibbiyoti eksperti odatda to’liq javob bera olmaydi, 
chunki o’tkir va o’tmas asboblarning har xil turlari ham bir-biriga o’xshash 
357


jarohatlanishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Ayrim hollarda jarohatlanishning 
shakli va xarakteriga qarab, jarohatlovchi asbobni aniqlash mumkin.
Ba’zan ekspertizani o’tkazishda jarohatlanish etkazuvchi asbobning 
faqatgina turigagina emas, balki jabrlanuvchi, ayblanuvchi, guvohlar va 
boshqalarning ko’rsatmasidan kelib chiqib, jarohatlanish mexanizmini aniqlashga 
ham to’g’ri keladi.
Bunga quyidagicha misol keltirish mumkin:
51 yoshli N. ismli vagon-restorani ofitsianti so’roq vaqtida ko’rsatma 
berishicha 1.IV.1998 yil ishga kechikib keladi va shuning uchun ham ishlab 
chiqarish bo’limi boshlig’i P. ismli 25 yoshli kishi mushti bilan uning yuziga uradi 
va natijada o’ng ko’zi jarohatlanadi. P. ismli kishi N. ismli kishi ko’rsatmasini 
tasdiqlamadi. Uning aytishicha 1.IV.1998 yili N. ismli kishi ishga mastlik holatida 
kechikib kelgan. N. ismli kishi tanbehiga javoban uni haqoratlab, P. ismli kishi 
unga tan jarohati etkazmoqchi bo’ladi. Himoyalanib, P. o’zidan N. ismli kishini 
itarib yuboradi va natijada u vagon burchagiga birkitilgan stol devoriga uriladi. N. 
ismli kishi yiqilib ko’zi jarohatlanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasini o’tkazish uchun quyidagi savollar qo’yiladi: N 
ismli kishi o’ng ko’zini jarohatlanish mexanizmi qanday sodir bo’lgan, qisman, 
ko’rsatilgan holatda mushti bilan urilganmi yoki stolning qaysi bir qismiga 
urilganmi?
1-shahar klinik kasalxonasi kasallik tarixidan ma’lum bo’lishicha N. ismli 
kishi 1.IV.1998 yili engil mastlik holatida o’ng ko’zining qovog’ida anchagina 
gematoma, ko’zining to’r pardasida yirtilgan yara va kon’yunktivasi tagida qon 
quyilish ko’rinadi. Ko’z to’r pardasi yarasi operatsiya qilinib tikiladi. 29-IV.1998 
yili asoratlanganligi uchun o’ng ko’zi olmasi olib tashlanadi.
11.V.1998 yili qoniqarli holatda kasalxonadan chiqariladi va kosmetik 
protez tanlashni tavsiya qilinadi. 11 VI.1998 yili tergovchi va sud tibbiyoti eksperti 
tomonidan voqea sodir bo’lgan joy ko’zdan kechiriladi.
P. va N. ismli kishilar suratga olinadi. Surat P. ismli kishi ko’rsatmasiga 
ko’ra stolga nisbatan holatni hisobga olgan holda olinadi.
358



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish