avvalo sepsisni eslatgani uchun buni septik angina deb ham atalgan. Kasallik tana
haroratining
oshib ketishi, tomog’ida og’riq bo’lishi, nekrotik angina shaklida
ko’zga tashlanadi. Etakchi belgilariga qon ishlab chiqaruvchi organlarning
jarohatlanishi va og’ir aleykiyaning rivojlanishi kiradi. O’limni 30 dan 80-
foizgacha tashkil qilib, bundan o’lim juda yuqori bo’ladi.
Ovqatga hayvon va o’simliklarga aloqador zaharli birikmalarni to’satdan
tushib qolishi bilan zaharlanish bog’liqdir.
Bunday birikmalar bu don
mahsulotlarining saqlanishi, qayta ishlanishi yoki boshqa yo’llar orqali, masalan,
donlarni zararkunandalarga qarshi qayta ishlash paytida tushgan bo’lishi mumkin.
Ko’pincha keyingi paytda kimyoviy moddalar, ayniqsa yadoximikatlar orqali
yuzaga kelishi kuzatiladi.
13.10. Yadoximikatlar bilan zaharlanish
Yadoximikatlar (pestitsidlar) deb, qishloq xo’jaligida o’simlik
zararkunandalari va kasalliklari begona o’simliklar, zararkunandalariga qarshi
kurashish, shuningdek ayrim o’simliklar hosilini yig’ishtirib olishda barglarini
tushirish uchun qo’llaniladigan kimyoviy moddalarga aytiladi.
Hozirgi davrda pestitsidlarning 500 dan ortiq turi (ularning preparatlari soni
mingdan ko’proq) ma’lum bo’lib, bular zararli hashoratlar (insektitsidlar), begona
o’tlar (gerbitsidlar), zamburug’ kasalliklari (fungitsidlar),
kemiruvchilar
(zootsidlar) va boshqalarga qarshi ishlatiladi. Yildan yilga pestitsidlarning turlari
oshib bormoqda. Shuning uchun ham yadoximikatlar bilan zaharlanish sud
tibbiyoti ekspertizasi murakkab bo’lib qolmoqda.
Shuni aytish zarurki, qishloq xo’jaligida qo’llaniluvchi yadoximikatlar
hayvon va odam organizmi uchun ma’lum darajada zaharlidir.
Ular orasidagi
birdan bir farq shundaki, ularning ayrimlari saralab ta’sir qilishiga ko’ra ancha
zaharli bo’lsa, boshqalari odam organizmi uchun biroz zaharli hisoblanadi.
Shuning uchun ham yadoximikatlarni keng qo’llanilishi ham to’xtovsiz ortib
bormoqda.
346
Kimyoviy tarkibiga ko’ra yadoximikatlarni qo’yidagilarga bo’lish mumkin:
1) xlororganik (DDT, deksaxloran, xloridan va boshqalar); 2) fosfororganik (tiofos,
xlorofos, butifos, karbofos va boshqalar); 3) simoborganik (etilmerkurfosfat,
granozan va boshqalar); 4) margumush preparatlari (natriy arseniti, krisid va
boshqalar); 5) mis preparatlari (mis kuporosi, bordos suyuqligi); 6) tsianid kislotasi
preparatlari (tsianplav, natriy tsianiti); 7) alkoloidlar guruhi (anabazin sulfati,
nikotin sulfati) va boshqalar. Har xil pestitsidlarning odam organizmiga ta’sir
qilish mexanizmi juda turli tumandir. Bunda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har
xil organ va to’qimalarning zaharlar ta’siriga sezuvchanligi bir xil bo’lmaydi.
Shuning uchun ham turli tuman zaharli moddalar
u yoki bu organlar yoki
sistemalarga saralab ta’sir qilishi natijasida o’ziga xos zaharlanish chaqirishi
mumkin.
Yadoximikatlar bilan zaharlanish diagnostikasida taxminiy ma’lumotlar,
zaharlanishning klinik ko’rinishi, laboratoriya tekshiruvi natijalari,
jabrlanuvchi
o’lganda ichki organlarida topilgan morfologik o’zgarishlardan foydalanish
mumkin. Ishning holati noma’lum bo’lganda ayniqsa tashxis qo’yishda anchagina
qiyinchilik tug’iladi, chunki turli pestitsidlar bilan zaharlanishda klinik belgilari va
morfologik o’zgarishlar har xil bo’ladi. Shuningdek biologik materiallarda
yadoximikatlarni aniqlash usullari hozirgacha yaxshi ishlab chiqilmagan. Keyingi
vaqtda biologik materiallarda pestitsidlar va ularning
hosilalarini aniqlash
maqsadida spektrometriya, gazli xromatografiya, polyarografiya va boshqa yangi
tekshiruv usullari qo’llanilmoqda.
Pestitsidlar orasida qishloq xo’jaligida qo’llanilish miqdoriga ko’ra birinchi
o’rinda fosfororganik va xlororganik pestitsidlar bilan zaharlanishlar turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: