Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Kuyish kasalligi
Agar II-IV-darajali kuyish maydoni tananing 10-15-foiz yuzasidan ko’p 
maydonini egallangan bo’lsa (I-darajalisi 50-foizni) va jabrlanuvchi yaqin vaqt 
ichida o’lmaganda ichki organlarida juda muhim patologik o’zgarishlar kuzatilishi 
muqarrardir. Bular birgalikda kuyish kasalligi degan nom bilan ataladi. Uning 
og’irligi va oqibati asosan chuqur kuyishning maydoni va yara jarayonining 
xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Kuyish kasalligining o’tishi 4 davrga bo’linadi:
1) kuyish shoki;
2) o’tkir toksemiya;
3) septikotoksemiya;
4) tuzalish davrlari.
Birinchi davri yoki kuyish shoki davri avvalo qo’zg’alish, keyinchalik 
jabrlanuvchining og’ir umumiy xunobligi bilan xarakterlanadi. Shok holati odatda 
1 sutkagacha davom etishi, ba’zan esa 2-3 kungacha cho’zilishi ham mumkin. 
Agar terini kuyishi nafas olish yo’llarining kuyishi va yonish mahsulotlari bilan 
zaharlanish (asosan is gazi bilan) birga qo’shilib kelgan taqdirda odatda og’ir yoki 
juda og’ir kuyish shokining turi kuzatiladi. Bunday hollarda o’lim juda tez sodir 
bo’ladi.
Oqsillar emirilish mahsulotlarining so’rilishidan organizmning kuchli 
zaharlanishi kuzatilib, bu tana haroratining ko’tarilish reaktsiyasi bilan 
xarakterlanadi. Bu davrni o’tkir toksemiya davri deb atalib u 8-10 kun davom etadi 
va juda tezlikda
uchinchi davr
– kuyish septikopiemiyasi bilan almashinadi. Bu 
davrda kuyish yarasi yiringlab ketadi hamda bakteriemiya rivojlanadi.
Bu davrda odatdagi asoratlari pnevmoniyalar (ayniqsa yuqori nafas yo’llari 
237


va yuzi kuyganda ular tez yuzaga keladi), pielonefritlar, gepatitlar, abstsesslar va 
flegmonalar hisoblanadi. Kuyish kasalligi ko’pincha sepsis va septikopiemiya 
bilan asoratlanib ichki organlarda ko’p miqdordagi yiringlanish o’choqlari paydo 
bo’ladi. Sepsis rivojlanganda kuyish yarasida o’ziga xos o’zgarishlar ko’zga 
tashlanadi. Jumladan, unda granulyatsiya sekinlik bilan yo’qolib, ikkilamchi 
nekroz o’choqlari paydo bo’ladi. Pnevmoniya yiringli xarakterda bo’lib, o’pkada 
ko’plab abstsesslar yuzaga kelib ularning plevra bo’shlig’iga yorilishidan plevra 
empiemasi hosil bo’ladi. Ba’zan jabrlanuvchining qorin bo’shlig’i organlarida 
oshqozon va ichaklarning yaralari (Karling yaralari), o’tkir xoletsistitlar, ichak 
tutqichlari arteriyasining trombozi kuzatiladi.
Bu davr davomida kuyishdan ozg’inlik sindromi ajratilib, bu tuzalmaydigan 
sekin granulyatsiyalanuvchi kuyish yarasi borligi, ba’zan granulyatsiyaning to’liq 
yo’qolishi, chuqur yotoq yaralarning tez rivojlanishi, zo’rayib boruvchi 
kaxeksiyaning rivojlanishi, ichki organlar atrofiyasi bilan xarakterlanadi. Bu 
davrning davomliligi 1-1,5 yilgacha bo’lishi mumkin.
Kuyish kasalligining oxirgi rekonvalestsentsiya davrida kuyish yarasi 
tiklangandan yoki muvafaqiyatli operatsiya qilinishi tufayli yopilgandan keyin 
organizmning butun funktsiyalarini sekinlik bilan tiklanishi ko’rinadi.
Yosh bolalarda kuyish kasalligida kuyish yuzasi kattalarnikiga qaraganda 
kamroq bo’lib, ancha og’ir o’tadi. Ayniqsa 55-60 yoshdan kattalarda og’ir 
yo’ldosh kasalliklar uchragani uchun kuyishdan jarohatlanish ancha xavfli bo’ladi. 
Bunday hollarda ularda bo’lgan kasalliklar kuyish kasalligi o’tishini og’irlashtiradi 
hamda kuyish jarayoni bo’lgan kasalliklarni qaytalanishiga imkoniyat yaratadi. 60 
yoshdan oshgan kishilarning kuyishdan o’lishi yoshlarga qaraganda bir necha 
marta yuqori bo’ladi, ammo bunda o’limning sababi kuyishdan emas, balki jarohat 
olgungacha bo’lgan kasalliklar hisoblanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish