Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Kuyishning oqibatlari
Kuyishning og’irligi va oqibatlari ko’pgina faktorlarga, jumladan, chuqurligi 
238


va maydoniga, nafas yo’llarida kuyishning bor yoki yo’qligi va yonish bilan 
bog’liq zaharli moddalarga, jabrlanuvchining yoshi o’tganligiga, yo’ldosh 
jarohatlanish va kasalliklarning borligiga bog’liq. Biroq, kuyishdan 
jarohatlanishning oqibati chuqur kuyishning maydoniga bog’liq bo’ladi. Bu to’liq 
sog’ayish, kuyish yarasining tiklanishi, u yoki bu darajada ish qobiliyatining 
yo’qotilishi va jabrlanuvchining o’limi bilan tugaydi.
Odatda, tananing 5-foizidan kamroq yuzasini egallovchi I-II-darajali kuyishi 
o’limga olib kelmaydi. Shu bilan bir vaqtda tana yuzasini 25-foizdan ko’prog’ini 
egallagan keng chuqur kuyishda hatto hozirgi zamon davolash usullarini 
qo’llaganda ham 80-85 foiz jabrlanuvchi o’lishi mumkin. Ko’pgina 
klinitsistlarning ko’rsatishicha, tana yuzasining 45-50 foizi chuqur kuyganda 
jarohatlanish hayot uchun to’g’ri kelmaydigan hisoblanadi.
Jabrlanuvchining o’limi har xil muddatlarda sodir bo’lishi mumkin. Voqea 
sodir bo’lgan joyda (yongin o’chog’ida) tez o’limning to’g’ridan to’g’ri yoki yaqin 
soatlar va kunlarda vujudga kelishi, is gazi bilan zaharlanish, gipoksiya (tutundan 
nafasini bug’ilishi), kuyish shoki, nafas olish yo’llarining og’ir jarohatlanishi 
tufayli paydo bo’lgan nafas etishmovchiligi bilan bog’liq bo’ladi. Ancha keyingi 
muddatlarda o’lim yuqumli (pnevmoniya va sepsis) va boshqa asoratlari (me’da-
ichak traktidan qon ketishi, yaraning teshilishidan qon ketishi, tromboembolik 
asoratlari va boshqalar) dan o’lim kuzatiladi. Kech o’limning, 50-60 kundan 
keyingi, sababi zo’rayib boruvchi ozish hisoblanadi.
Kuyishdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos 
xususiyatlari
Odatda murdada kuyishning tashxisida hech bir qiyinchilik tug’ilmaydi. 
Ko’pchilik hollarda kuyish jarayoni borligi va darajasining mahalliy 
o’zgarishlariga qarab osongina aniqlash imkoniyati tug’iladi. Ba’zan 
jabrlanuvchining o’lguniga qadar kasalxonada davolangani uchun kasallik 
tarixidagi yozuvlar tashxis quyishni ancha engillashtiradi.
239


Ekspertga kuyish borligi va uning maydonini aniqlashdan tashqari boshqa 
savollarni, jumladan, kuyish maydoni; kuyishning og’irlik darajasi; jabrlanuvchi 
o’limining sabablari; jarohatlovchi faktorning xarakteri; kuyishning tiriklikka 
aloqadorligi; jabrlanuvchida yuqori harorat ta’siridan boshqa jarohatlanishlar 
borligi; jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va boshqalarni echishga to’g’ri keladi.
Murdani tekshirishda kuyish va chuqur jarohatlanishning umumiy 
maydonini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Bu masalani taxminan echish 
uchun «to’qqizlar qoidasidan» foydalanish mumkin (Wallace A., 1951). Bu qoida 
bo’yicha katta odamning bo’yni va boshi tana yuzasining 9-foizini, tananing 
oldingi yuzasi – 18 foizini (ikki «to’qqizlik»), tananing orqa yuzasi – 18 foizini, 
soni – 9-foizini, boldiri va oyoqlari – 9-foizini, choti – 1 foizini tashkil qiladi. 
Uncha katta bo’lmagan kuyishlar odamning kafti yordamida tezlikda hisoblanilishi 
mumkin. Chunki ochilgan kaft katta odamning barmoqlari yuzasi bilan odam 
tanasining 1,1 foizini tashkil etadi.
Murdani tekshirishda jarohatlanish maydonlari ma’lum sxema asosida 
o’rganiladi. Ko’pgina kuyishlarga koshinkor tuzilish xarakterli bo’lib, jabrlanuvchi 
tanasining har xil joylarida kuyish har xil chuqurlikda bo’ladi. Shuning uchun ham 
sxemada kuyishning har xil darajasi yo har xil rang bilan, yoki turli shartli belgilar 
bilan ko’rsatiladi (74-rasm).
Tashxisda topilgan jarohatlanishga umumiy xarakteristika berishda uning 
joylashgan joyi, topilgan jarohatning maydoni va darajasi, masalan, tana yuzasini 
25-foizini egallovchi ko’kragining oldingi yuzasi, qo’li va yuzining alanga bilan II-
III-darajali kuyishi deb ko’rsatiladi.
Murdani ichki tekshirishda topilgan o’zgarishlar o’limning sodir bo’lish 
vaqtiga bog’liq. Shokdan tez o’limda ichki organlarda qandaydir patologik 
o’zgarishlar kuzatilmaydi. Biroq ko’p faktorli jarohatlanishda nafas olish yo’llari 
zararlanganda shok davrida traxeobronxitlar, bronxopnevmoniyalar, o’ziga xos 
o’choqli atelektazlar rivojlanishi mumkin.
Kuyish toksemiyasi davrida o’lganda parenximatoz organlarda distrofik 
o’zgarishlar va pnevmoniyalar topiladi. Agar kuyish infektsiyasi davrida 
240


jabrlanuvchi o’lib qolgan taqdirda sepsisning belgilari: septitsemiya, parenximatoz 
organlarda mayda yiringlanish o’choqlari, abstsessga aylanuvchi pnevmoniyalar, 
plevrit perikardit, taloq giperplaziyasi aniqlaniladi. Agar kuyish kaxeksiyasidan 
o’lgan taqdirda ichki organlar atrofiyasi hamda tana mushaklarida xarakterli 
o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Tirik qolgan jabrlanuvchilarda kuyishdan 
jarohatlanishning og’irlik darajasi teri qismlarining jarohatlanishi umumiy 
maydoniga bog’liq bo’ladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish