Bolalar bog’chasining eng muhim vazifasi:
- bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stirish; amaliy
tajribalarni orttirish;
- nutq ko’nikmalarini hosil qilish uchun o’z his-tuyg’ularidan
foydalanishga o’rgatish.
Bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyati ularni tevarak-atrofdagi olam
bilan tashkiliy tarzda tanishtirish yo’li bilan o’stiriladi. Bolalarning
bilim doirasini kengaytirish, nutqini o’stirish va lug’at ustida ishlashida
tevarak-atrofdan foydalanishning ikki usuli mavjud.
Buyumlarni o’rganiladigan material sifatida bolalarga yaqinroqdan
ko’rsatish. Bolalarga turmushda ishlatiladigan buyumlar, idish tovoqlar,
kiyim-kechak, poyafzal, o’yinchoqlar, tabiatdan gullar, novdalar,
mevalar, sabzavotlar, ob'ektlar, uy hayvonlari va parandalar, qushlar,
baliqlar va boshqalar kiradi. Bunday kuzatish bolalar bog’chasining
o’zida o’tkaziladi
. Bolalarni ob'ektga yoki buyumga yaqinlashtirish
.
58
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tevarak-atrof bilan
tanishtirish eng yaqin joydan, ya'ni guruh, xonalari (uyqu xonasi,
yuvinish xonasi va hokazolar), ulardagi buyumlar, o’yinchoqlar, tabiat
burchagi, guruh maydonchasi va hokazolar bilan tanishtirishdan
boshlanadi. Bunday kuzatishlar ma'lum bir maqsadni, ya'ni o’z guruh,
xonasi, undagi jihozlar va buyumlar, bog’cha binosi, undagi
xonalarning,
guruh
maydonchalarining
joylashishi
haqidagi,
tevarak-atrofdagi buyumlar, bog’chadagi xizmatchilarning mehnati
haqidagi bolalarning bilimlarini aniqlash va kengaytirish, lug’atini
boyitish va faollashtirishdan iboratdir. Bunday kuzatish, ko’zdan
kechirish mashg’ulotlari bog’chaning hamma guruhdarida o’tkaziladi.
Tarbiyachi kuzatish mashg’ulotini o’tkazishga tayyorlanar ekan, u
tevarak-atrof bilan va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish
bo’yicha bitta ma’lumot o’tkazishga tayyorlanar ekan, u mashg’ulot
uchun zarur bo’lgan ma'lumot hajmini, shuningdek, kuzatish jarayonida
bolalarning bilishlar va o’zlashtirishlari lozim bo’lgan so’zlarni
tanlaydi. Mashg’ulotning rejasini tuzishda kuzatish jarayonida
foydalaniladigan, bolalar uchun yangi va qiyin bo’lgan so’zlarni
belgilab qo’yadi. Masalan: Kichik guruhda guruh xonasi, yechinish
xonasi va hokazolar bilan tanishtirilganda bolalarga shkaf tokchasi,
o’ngda, chapda, ilmoq, oyoq kiyimi, ust kiyimi ilinadi, yechiladi va
hokazo so’zlar aytiladi, faollashtiriladi, mustahkamlanadi. Shuningdek,
o’z guruh xonalari bog’cha binosining qaerida joylashganligini bilib
olishga o’rgatiladi.
Shu tarzda bog’cha yer maydoni, undagi barcha binolar: oshxona,
kirxona, hamshira, mudira xonasi va musiqa xonalari, gulzor, bog’ va
boshqalar tanishtirilib, kuzatishlar tashkil etiladi. Kuzatish ob'ekti va
uning
mazmuni
kichik
guruhdan
katta
guruhga
o’tganda
murakkablashib boradi.
Bolalar bilan tashkil etiladigan bunday kuzatish mashg’ulotlari
bolalarning bilim doirasini kengaytirish va lug’atini boyitish bilan birga,
ularda yuksak axloqiy sifatlarni ham tarbiyalaydi.
Kuzatish mashg’ulotlarining boshlanishi muhim bosqich bo’lib,
butun mashg’ulot jarayoniga ko’p tomondan bog’liq bo’ladi. Shuning
uchun bolalarda kuzatiladigan buyumga qiziqish uyg’otish maqsadida
mashg’ulotni qiziqarli qilib tashkil etish kerak. Buning uchun turli
usullardan foydalaniladi. Mashg’ulotni muqaddima suhbatidan, ya'ni
mavzu mazmuniga taalluqli bo’lgan bir qancha savollar berishdan
boshlash mumkin. Masalan: katta guruhda qishki kiyimlarni ko’zdan
59
kechirishdan avval mashg’ulotni savollar bilan boshlash mumkin.
Mashg’ulotni mavzu mazmuniga doir topishmoq aytish bilan ham
boshlash mumkin.
Kichik guruhdagi mashg’ulotlarda to’g’ridan-to’g’ri kuzatish
mashg’ulotining mavzusiga taalluqli buyumni ko’rsatish usulidan
foydalaniladi. Tarbiyachi bolalarga ovoz tonini biroz balandlab, sho’x
ovozda, intonatsiya bilan: "Men sizlarga bir narsa olib keldim! Siz uni
ko’rishni istaysizmi?" deb aytadi. Ushbu guruhlarda kuzatish jarayonida
o’yin usullaridan keng foydalaniladi. Ularga maydon bo’ylab
yugurishga ruxsat etiladi ("Qanday uzun yo’lak!"). Mashg’ulotning
boshida tarbiyachi bolalarga ko’rsatmalar beradi (tinch quloq solib
o’tiring; kirishingiz bilan salom bering; shovqun qilmang va hokazo).
Mashg’ulotning boshlanish qismi (ko’rsatmalar berish, kirish suhbat va
hokazolar) bolalarning yoshiga qarab har xil davom etadi: kichik
guruhdarda bir daqiqa, katta guruhdarda esa besh-etti daqiqa.
Tarbiyachi buyumni, hayvonni, o’simlik va boshqalarni ko’zdan
kechirish vaqtida bolalarga kuzatilayotgan ob'ektni yaxshilab ko’rib
olishlari, bir-birlari bilan fikrlashib olishlari uchun bir necha daqiqa vaqt
beradi. So’ngra kuzatishga rahbarlik qila boshlaydi, ya'ni kuzatilayotgan
ob'ekt bo’yicha savollar bera boshlaydi. Bu nima? Bu kim? U qanday?
Nimadan yasalgan? Nima uchun kerak? Qanday? Qancha? va hokazo.
Agar ob'ekt bolalarga ilk bor tanishtirilayotgan bo’lsa, savolga javob
berishda qiynalishsa, u vaqtda kuzatish ob'ektining nomini, uning
sifatini yoki xususiyatlarini bildiruvchi so’zni aytib berish usulidan
foydalanadi. So’z bolalar idrokini o’stiradi, buyumlar va ular o’rtasidagi
bog’liqlikni aniqlaydi. Masalan, choy idishlarini ko’zdan kechirish
vaqtida tarbiyachi shunday izoh beradi: "Bu quloqli piyola (chashka),
uning dastasi o’ng tomonda, tagi dumaloq, bu dumaloq chiziqcha
quloqli piyolani likopcha ichiga qo’yish uchun qilingan, quloqli
piyolani
likopchadagi
dumaloq
chiziqcha
ichiga
sekingina,
taqillatmasdan qo’yish kerak". Ko’zatish vaqtida tarbiyachi buyumning
vazifasini, uni kim tayyorlaganligini, u bilan qanday munosabatda
bo’lishni bolalar bilan birgalikda aniqlaydi. Agar jonli ob'ekt
kuzatilayotgan
bo’lsa,
tarbiyachi
bolalarga
uni
nima
bilan
ovqatlantirish, qanday parvarish qilish kerakligi hamda ularga nisbatan
g’amxo’rlik qilish lozimligini tushuntiradi. Kuzatish mashg’ulotini
mavzu va uning mazmuniga mos she'r aytib berish, topishmoq, aytish,
qiyin so’zlarni mustahkamlovchi ta'limiy (didaktik) o’yinlar o’tkazish
bilan yakunlaydi.
60
Kuzatish natijalari doimo mustahkamlanib borish shart. Kuzatish
jarayonida olgan bilimlarini mustahkamlovchi mashg’ulotlar uch-to’rt
kundan keyin o’tkazilishi mumkin. Masalan, katta guruhdagi
mashg’ulotda
bolalar
meva-sabzavotlarni
ko’zdan
kechiradilar.
Uch-to’rt kundan keyin esa
Do'stlaringiz bilan baham: |