kattaroq, katta, kichkina,
kichkinaroq, keng, kengroq, uzun, uzunroq, yo’g’on, ingichka
kabi
); 2) buyumlarning joylashish o’rnini (
o’ngda, chapda,
o’rtasida, orqasida, yaqinida, yonida
), kun qismlarini va ularning
belgilarini (
ertalab, kechqurun, kechasi, sahar, shom, xufton,
qorong’i, yorug’
kabi); 3) buyumlarning fizik sifatlarini (
yumshoq,
qattiq issiq, sovuq, silliq, tip-tiniq,, g’adir-budur, yaltiroq
va
hokazolar), xususiyatlarini (
eriydi, iviydi, yirtiladi
kabi) bildiruvchi
so’zlar ham ular lug’atini boyitadi.
Bolalar lug’atini boyitish deganda biz ularni mustaqil
o’zlashtirishlari uchun qiyin bo’lgan yangi so’zlar bilan muntazam
tanishtirib borishni tushunamiz.
Bolalar lug’atini boyitish ishi uch yo’nalishda olib borilishi
mumkin:
1. Sekin-astalik bilan miqdori ortib boradigan buyumlar va
hodisalar bilan tanishtirib borish.
2. Tevarak-atrofimizni o’rab turgan predmetlar va hodisalarning
nomini, sifatini, xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini
bildiruvchi so’zlarni kiritish.
3. Predmetlarning belgilariga qarab farqlash va umumlashtirish
asosida boshlangich tushunchalarni bildiruvchi so’zlarni kiritish.
Lug’atni boyitish ishining uch yo’nalishi bo’yicha olib boriladigan
ish hamma guruhlar uchun taalluqli bo’lib, faqat mazmun jihatdan farq
qiladi. Masalan, tabiat hodisalari, buyumlar, ijtimoiy hayot hodisalari va
hokazolar bilan tanishtirishda ish mazmunining oddiydan murakkabga
borishi bilan turli guruhlardan o’zaro farq qiladi.
Ikki yoshli bolalar bog’chada, uyda munosabatda bo’ladigan
buyumlarning, kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar, o’yinchoqdar
va hokazolarning nomlarini bilib oladilar. Endi ular maishiy-xo’jalik va
o’yin faoliyatilarida foydalaniladigan ayrim buyumlar va ular bilan
bajariladigan harakatlarning nomlarini bilib olishlari kerak.
Bu yoshda ularning narsa-buyumlar to’g’risidagi bilimlari
chuqurlashib va mustahkamlanib boradi, endi ular o’xshash buyumlarni
belgilariga qarab farqlashga o’rgatiladi va buning natijasida ular lug’ati
kursi, kreslo, divan, stol, xontaxta, tufli, botinka, kovush, shippak,
maxsi, kalish, etik, ro’mol, do’ppi, qalpoq, telpak, yaktak, chopon,
chakmon, lozim, shalvar, shim, stakan, piyola kabi qator so’zlar
hisobiga boyiydi.
54
Besh yoshli bolalarning faol lug’atiga ular hayotida duch
keladigan hamma buyumlarning nomlarini, ularning qismlarini, sifat va
xususiyatlarini, fazoviy o’rnini va vaqt munosabatlarini bildiruvchi
so’zlar kiritiladi. Shuningdek, bu yoshda ularning lug’atiga
maishiy-xo’jalik tushunchalarini bildiruvchi so’zlar (sabzavotlar,
mevalar, kiyimlar, o’yinchoqlar, idishlar, oyoq kiyimlari va hokazolar)
kiritiladi.
Olti yoshli bolalarning faol lug’atiga buyumlarning muhim
belgilarini (metal, plastmassa, mato, shisha, chinni), sifat va
xususiyatlarini (och, qizil, tiniq, yashil, nordonroq, sariqroq, yengil,
sovuqroq, issiqroq, issiq, iliq, iliqroq; pishiq, pishiqlroq, pishiq emas;
iviydi, sekin iviydi va hokazo) va boshqa tushunchalarni bildiruvchi
so’zlar kiritiladi.
Yetti yoshli bolalar lug’atiga esa buyumlarning va materiallarning
eng muhim belgilarini bildiruvchi so’zlar kiritiladi (nordon - shirin,
achchiq – sho’r, yashilroq - sariq; mato, tufli, yengil, qalin va hokazo).
Bunda farqlashni bildirish uchun zarur bo’lgan so’zlarni kiritish muhim
ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’zlari qaysi so’z to’g’ri, aniq, ekanligini
tanlay olmaydilar, balki eshitayotgan so’zlariga taqlid qiladilar. Shuning
uchun tarbiyachining nutqi bolalar uchun namuna bo’lishi, u o’z
lug’atini boyitish ustida ishlashi kerak. U ona tilining lug’at tarkibini
yaxshi o’rganishi shart. Shunday qilib, lug’atini boyitish ishi va uning
mazmunini, bolalarning buyumlar to’g’risidagi bilimlarini muntazam
ravishda kengaytirishga, umumlashtirishga va chuqurlashtirishga
intilishi zarur. Bola lug’atidagi so’zlar miqdori bola tasavvuri bilan mos
kelishi kerak. Agar bola tasavvuri rivojlanib, lug’at boyligi sekin o’ssa,
u vaqtda bola o’z fikrini boshqalarga bildirishda qiynaladi, nutqi juda
kambag’al, tushunarsiz bo’ladi. Agar aksincha bo’lsa, u vaqtda bola
so’z ma'nosiga tushunmay, ko’p gapiradigan "vaysaq" bo’lib qoladi.
Bola lug’atiga muomaladan chiqarilgan va mahalliy shevaga oid
so’zlarni kiritish yaramaydi. Bolalarning bir-birlari va kattalar bilan
muloqotda bo’lishlari hamda o’z fikrlarini erkin, tushunarli bayon
qilishlari uchun asosiy manbalardan biri bolalar badiiy adabiyotidir.
Bolalar kattalarning o’qib berishi, hikoya qilishlari orqali badiiy
asarlarni idrok etadilar va shu asosda lug’atlari boyib boradi.
Bolalar lug’atidagi so’zlarni mustahkamlashga tarbiyachi alohida
e'tibor berishi zarur. Bu vazifa maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
55
amalga oshiriladi. Bog’cha yoshidagi bola lug’atida so’zlarning
mustahkam o’rnashishi uchun uni ko’p marta takrorlash zarur.
Bola xotirasida qiyinlik bilan mustahkamlanadigan murakkab
so’zlarga quyidagilar kiradi: 1) umumlashtiruvchi so’zlar: uy hayvonlari
(ot, sigir, qo’y, echki, eshak); mebel (stul, stol, divan, xontaxta, javon);
oyoq kiyimlari (tufli, botinka, shippak, kalish), idish-tovoqlar (likopcha,
kosa, piyola) va hokazolar; 2) mavhum so’zlar (jimjitlik, tozalik,
go’zallik); 3) sifatlarni bildiruvchi so’zlar (g’adir-budur, tip-tiniq,
nordon, temirdek) va hokazolar.
Bolalar lug’atida umumiy tushunchalarni bildiruvchi so’zlar
mavjud bo’lib, ulardan xato foydalanadilar, ya'ni ushbu so’zlarning
ma'nosi chegaralangan holda tushuniladi. Buning natijasida bolalar bilan
tarbiyachi o’rtasida tushunmovchiliklar vujudga keladi va bolalar
tarbiyachining
so’zlarini
anglab
yetmaydilar.
Shuning
uchun
tarbiyachining asosiy vazifasi bolalar yoshiga mos so’zlar tanlab,
ularning ma'nosini tushuntirishi, narsa-buyumlar va hodisalarning
nomlarini to’g’ri aytishi kerak.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, tarbiyachi qaysi turdagi
mashg’ulotni o’tmasin, qaysi faoliyatini tashkil etmasin, albatta yangi,
bolalar tomonidan mustaqil ravishda o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan
so’zlarni bolalar lug’atida mustahkamlashi va ularning ma'nosini
alohida tushuntirishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |