Lug'atni faollashtirish
.
Yangi o’rganilgan nutqni faollashtirish usullari quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1. Yangi so’zni qo’llash maqsadi.
2. So’z tushunchasi, sifati, o’zligi va boshqa so’zlar bilan
munosabati.
52
3. Boshqa so’zlar bilan talaffuziga ko’ra o’xshatish, tahlil qilish.
Bolalar bog’chasida lug’at ishi - bu bolalarning faol lug’atini
ularga notanish yoki qiyin so’zlar hisobiga rejali kengaytirishdir
.
Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning lug’atini
kengaytirish bir vaqtning o’zida tevarak-atrofdagi voqelik bilan
tanishtirish va unga to’g’ri munosabatda bo’lishni tarbiyalash bilan
qo’shib olib boriladi.
Biz o’z fikrlarimizni gap orqali ifodalaymiz. Gap so’zlardan
tuziladi. So’z esa tilning qurilish materialidir. Shuning uchun ham
so’zni bilmay turib, tilni bilish mumkin emas. Nutqimizda ishlatiladigan
so’zlarning hammasi tilimizning lug’at boyligini, ya'ni leksikasini
tashkil etadi. Leksika so’zi yunoncha “leksis” so’zidan olingan bo’lib, u
so’z degan ma'noni bildiradi.
Har bir so’zda quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 1) uning
ahamiyati yoki ma'nosi; 2) so’zning tovush tarkibi; 3) uning morfologik
tuzilishi. Bolalar bilan lug’at ishini tashkil etganda so’zning mana shu
uchta tomoniga e'tibor berish kerak.
Bolalar
bog’chasida
ishining
aniq,
vazifalari
bolalarni
predmetlarning qismlarini, gaplarini, hajmini farqdashga o’rgatishdan
iborat. Shu asosda gavda qismlarini (
bosh, qo’llar, oyoqlar, burun,
ko’zlar
va hokazo), hajmni (
katta, kichik
) va gaplarni (
qizil, sariq,
ko’k, yashil
) bildiruvchi so’zlar bolaning lug’atiga kiritiladi.
Ikki yoshning oxirida o’xshash predmetlarni, narsa-buyumlarni
(masalan, mushukni uning gavdasi, kattaligidan qatiy nazar tanish) bitta
so’z bilan aytishga, bir guruhdagi buyumlarni boshqa guruhdagi
buyumlardan gavda, kattaligidan qatiy nazar (koptokni shardan piyolani
stakandan va hokazo) farqlashga o’rgatiladi. Uch yoshdan boshlab bola
lug’ati kattalar va o’zi shaxsan munosabatda bo’ladigan uy-ro’zgor
buyumlari nomini, ko’chada, bog’da, xiyobonda va boshqa joylarda
(transport vositalari, qurilishlar, o’simliklar, hayvonlar va hokazo)
ko’rgan predmetlar nomini. bildiruvchi so’zlar bilan boyiydi.
Bola o’zi munosabatda bo’ladigan buyumlarning qismini (dasta,
choynakning qopqog’i keng, cho’ntak, tugmalar, tugma teshigi, yoqa va
hokazolarni), shaklini (shar, kubik, aylana), meva-sabzavotlarning
mazasini (shirin, nordon, mazali, bemaza, achchiq), kunning qismlarini
(ertalab, kunduzi, kechqurun) bildiruvchi so’zlar hisobiga lug’at boyligi
kengayadi.
To’rt yoshli bolalar hamma buyumlarni, jihozlar nomini aniq,
aytadilar. Bulardan tashqari: 1) buyumlarning hajmini, detallarining
53
katta-kichikligini farqlashni bildiruvchi (
Do'stlaringiz bilan baham: |