O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti Pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti Til nazariyasi va metodikasi kafedrasi Sobit Avezov, Tavakkal Choriyev



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/84
Sana20.03.2022
Hajmi0,91 Mb.
#504420
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84
Bog'liq
til va nutq ostirish metodikasi

sa-sha, sha-sa, sa-ja, ja-za 
…) tekshiriladi. Bolalarga yod olgan 
she'rlarini aytib berishni taklif etib, ularning nutq sur'atini, 
ohangdorligini, nutqda nafas olish va chiqarishni, nutqning ravonligini, 
ovoz ohangini, intonatsion ma'nodorligini va hokazolarni tekshiradi. 
Tarbiyachi bolalarning bog’chaga kelgan birinchi haftasidayoq 
ularning eshitish ahvoli to’g’risida to’liq ma'lumotga ega bo’lishi kerak. 
Buning uchun kundalik kuzatishdan va eshituv diqqatini rivojlantiruvchi 


77 
o’yinlardan foydalanadi. Har kuni 2-4 bolaning nutqini yakkama-yakka 
holda tekshiradi. Tekshirish hisobga olib borish jadvaliga yozib boriladi 
va necha foiz balalar talaffuz normasidan ortda qolayotgani aniqlanadi. 
Nutqida kamchiliklari bo’lgan bolalar ro’yxati mudiraga taqdim etiladi. 
O’quv yili mobaynida (yanvar, may) qo’shimcha tekshirish o’tkaziladi. 
Bu tekshirish o’quv yilining boshida nutqida tovush madaniyati 
bo’yicha kamchiligi bo’lgan bolalar bilan o’tkaziladi. Olingan natijalar 
yana daftarga yoki nutqning tovush madaniyati holatini aks ettiruvchi 
jadvalga belgilanadi. Mudira yoki katta tarbiyachi (usuliyotchi) olingan 
natijalarni ilgarigi tekshirish natijalari bilan taqqoslaydi. 
Bolalar nutqidagi kamichiliklar aks ettirilgan ma'lumotnoma 
jadvali maktabgacha tarbiya uslubiyot xonasiga (shahar yoki tuman 
usuliyot xonasiga) beriladi. Shahar yoki tuman usuliyotchisi hamma 
bolalar bog’chasidagi bolalar tovush talaffuzining ahvoli to’g’risida 
to’liq ma'lumotga ega bo’ladi. Ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhidagi 
bolalar nutqining holatlari jiddiy tahlil qilinadi. Bolalar nutqining 
tovush madaniyati ahvoli to’g’risidagi ma'lumotlardan maktabgacha 
tarbiya sohasida ishlovchilarning anjumanlarida foydalaniladi. 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash
. Bola, eng avvalo. 
tilning tovush tomonini egallashi kerak, ya'ni tovushlarni to’g’ri talaffuz 
etishi lozim. Nutqning tovush tomoni ustida ishlash o’zbek tilining 
fonetikasi va orfoepiyasiga asoslanadi. Bola kattalarga taqlid qlib, 
so’zlarda urg’uni tg’tri ishlatishga o’rganib oladi, ona tilining 
intonatsion tomonini o’zlashtiradi hamda so’zlarni turli talaffuz qilishga 
odatlanadi. Ayniqsa, bola atrofdagilar bilan nutqdy muloqotda 
bo’layotganda samimiy ohangda, burro va aniq, gapirishga o’rgatiladi. 
Har bir bolada nutqning bunday sifatlarini tarbiyalash, kelgusi hayotida, 
ya'ni maktabda, o’quv yurtlarida ta'lim olishda, mustaqil mehnat 
faoliyatiida jamoa, jamiyat o’rtasida o’z fikrlarini to’liq, va tushunarli 
qilib bayon etishda muhim ahamiyatga egadir. 
Agarda tarbiyachi bola nutqidagi, tovush talaffuzidagi nuqsonlar, 
ohang va tempga, diksiyasiga (aniq, burro gapirish), nutqining 
mazmundorligi va ifodaliligiga e'tibor bermasa, bunday nuqsonlar bilan 
maktabga borgan bola bilimni o’zlashtira olmaydi va bu uning 
kelajakdagi mustaqil hayotida ham o’zining salbiy ta'sirini ko’rsatadi, 
ya'ni nutqdda nuqsoni bo’lgan bolaning nutqi boshqalarga tushunarsiz 
bo’ladi, 
o’z 
fikrini 
ifodalashda 
qiynaladi, 
uyaladi, 
natijada 
gapirmaslikka harakat qilib, indamas, jizzaki bo’lib qoladi. Bolalarning 
hammasi uning ruhiy rivojlanishiga ham ta'sir etadi. 


78 
Bolalar nutqini rivojlantirishda ularning yosh xususiyatlarini 
hisobga olib, nutqning tovush madaniyatini shakllantirishni asosan
3 bosqichga ajratish mumkin: 
1-bosqich: 1 yosh-u 6 oylikdan 3 yoshgacha (yilning ikkinchi 
yarmidan ilk yoshdagi bolalarning 2-guruhi va 1-kichik guruhi). Bu 
bosqichda bolaning faol lug’ati tez rivojlanadi, nutqi yuzaga keltiruvchi 
artikulyatsiya apparati a'zolalarining harakati takomillashadi, ya'ni 
ancha harakatchan, mustahkam bo’ladi. Taqlid qilish qobiliyati 
rivojlanadi, buning natijasida tarbiyachi bola nutqining tovush 
madaniyatini rivojlantirishga ta'sir etuvchi imkoniyatga ega bo’ladi. 
Ushbu guruhda tovush madaniyatini tarbiyalash ishlari turli tovushlarga 
taqlid qilishdan iboratdir. 1 yoshu 6 oylikdan 3 yoshgacha bo’lgan 
bolalar bilan olib boriladigan ishlar darajasi ancha o’sadi. Ushbu 
yoshdagi bolalar bilan tashkil etiladigan ishlar uncha ko’p bo’lmagan 
bolalar guruhi bilan (5-6) olib boriladi. 
2-bosqich: 3 yoshdan 5 yoshgacha (2-kichik va o’rta guruh). Bu 
yoshda so’zlarning fonetik va morfologik tarkibi shakllana boshlaydi. 
Ancha murakkab artikulyatsiya harakatlari takomillashib boradi. Bu 
bolaga afrikat (qorishiq), sonor va oraliq tovushlarni talaffuz etish 
imkonini beradi. Bu bosqichdagi ishlar so’zlarning tovush tomoniga 
ongli munosabatga asoslanadi va ona tilidagi hamma tovushlarni
ketma-ket va to’g’ri talaffuz etilishi nazarda tutiladi. 
3-bosqich: 5 yoshdan 7 yoshgacha (katta va maktabga tayyorlov 
guruhi). Bu bosqich nutqning tovush tomonini shakllantirish ishlarining 
yakunlovchi davri hisoblanadi. Bu bosqichning boshida ancha 
murakkab, artikulyatsiyasi jihatidan yaqin bo’lgan tovushlarni (s-sh, z-j 
va hokazolar) aniq farqlashga o’rgatiladi. O’xshash tovushlarni 
farqlashni takomillashtirish bo’yicha tashkil etilgan ishlar kelgusida 
fonematik eshituvni rivojlantirishga yordam beradi. Nutqning tovush 
madaniyatiga doir vazifalarni ( tovush talaffuzi, tempi, ravshan gapirish, 
ma'nodorligi, ovoz sifati va hokazolar) hal etishda ishlarning umum 
shaklidan foydalaniladi. Ular xilma-xildir. Asosiy mashg’ulotlar 
tarkibiga har xil mazmundagi mashqlar kiritiladi. 

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish