Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

References 
1. Nabiev M., Properties of vegetables, berries, spices. Labor, Tashkent 1990. 


785 
2. Madraximov A.S. Ibn Sina on medicinal plants "Labor", Tashkent 1990. 
3. Sahobiddinov S.S. Systematics of plants. Teacher, Tashkent 1966 
4. Sahobiddinov S.S. Dikorastushchie medicinal plants of Central Asia, 
Tashkent, 1948 


786 
ФИО автора:
 Rustamova Yulduzxon Muhamadjon qizi 
Xiva tibbiyot kolleji Ingliz tili fani o'qituvchisi 
Название публикации:
«O'T QOPI VA JIGARNING ISHDAN CHIQISHI 
KASALLIGINING INSON TANASIGA TA`SIRI» 
Annotatsiya:
ushbu maqolada
o‘t pufagining yallig‘lanishi, o‘t pufagini olib 
tashlangach ovqat hazm qilish jarayoni, jigar hajmi kattalashganda yoki jigar 
sindromlari boshlanganda patologik holat va jigarni "o‘ldiradigan" mahsulotlar 
to’g’risida yozilgan. 
Kalit so’zlar:
o‘t pufagi, yallig‘lanish, hazm jarayoni, jigar, sindrom, patologiya, 
mahsulot. 
O‘t pufagi jigar ishlab chiqargan o‘t suyuqligi uchun rezervuar hisoblanib, u 
ovqatlanish vaqtida o‘t suyuqligini 12 barmoqli ichakka haydab berish vazifasini 
bajaradi. O‘t pufagining kasalliklari - betartib, pala partish ovqatlanish, yog‘li 
mahsulotlarni ortiq darajada is’temol qilish, kam harakatlilik, o‘t suyuqligining 
dimlanishida paydo bo‘ladi. Shuningdek, o‘t qopida o‘t yig‘ilganidan so‘ng, o‘t pufagi 
devorlari taranglashadi va qon aylanishi buziladi, natijada ikkilamchi infeksiya 
vujudga keladi, organizmda yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin. 
O‘t pufagi kasalligi xoletsistit bo‘lib, u o‘t pufagining yallig‘lanishidir. Uning 
ikki xil turi bor. O‘tkir xollitsistit —yallig‘lanish jarayonining boshlanishi va surunkali 
xollitsistit — o‘z vaqtida davolanmagan yallig‘lanish, bora-bora umr davomida 
surunkali, ya’ni vaqti-vaqti bilan qaytalab turuvchi yallig‘lanishga o‘tadi. Shuningdek, 
bu dard toshli va toshsiz xoletsistitlarga ajratiladi. 
O‘t toshlari ko‘proq yog‘li, xolestiringa boy mahsulotlar iste’mol qilish 
natijasida hosil bo‘ladi. O‘t tosh kasalligi, o‘tkir va tez-tez qaytalanuvchi surunkali 
toshli xoletsistitlarda, o‘t pufagi istisqosida, o‘t pufagi flegmona va o‘smasi aniqlangan 
holatlarda olib tashlanadi. O‘t pufagini olib tashlagach, uning vazifasini jigar bajaradi. 
O‘t pufagini olib tashlangach ovqat hazm qilishda biroz o‘zgarishlar kuzatiladi, ya’ni 
yog‘li, hamirli xolestiringa boy mahsulotlar, quyuq ovqatlarni hazm bo‘lishi 
qiyinlashadi. Shu sababli operatsiyadan so‘ng 6 oy parxez buyuriladi. Ushbu 


787 
operatsiyani boshidan kechirgan bemorlar tez hazm bo‘ladigan taomlar, mevalar, 
sharbatlarni iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. Shu bilan birga yog‘li, hamirli 
xolestiringa boy, ya’ni qovurilgan hamda quyuq ovqatlar iste’mol qilish tavsiya 
qilinmaydi. 
Jigar inson organizmida katta ahamiyatga ega boʻlgan aʼzolardan biri 
hisoblanadi. Jigar qonda toʻplangan zaharli moddalar va toksinlarni tozalash 
xususiyatiga ega, jigarda ishlab chiqariladigan oʻt suyuqligi yogʻlarni parchalashda 
ishtirok etadi. Bu organda organizm uchun zarur boʻlgan vitamin, mineral hamda 
foydali boʻlgan boshqa mahsulotlar ham toʻplanadi. Jigar kasalliklari kuzatilgada esa, 
yuqorida sanab oʻtilgan qator funksiyalar «bajaruvchisiz» qoladi. 
Jigar hajmi kattalashganda yoki jigar sindromlari boshlanganda patologik holat 
ancha kuchayib ketgan boʻladi. Aynan shuning uchun ham jigar kasalliklarida kelib 
chiqadigan simptomlar haqida bilib olish muhim hisoblanadi. 
Jigarning asosiy kasalliklari: 

Turli etiologiyali gepatitlar: virusli, toksik (dori hamda alkogol 
natijasida), ishemik. Jigarning yalligʻlanishi oʻtkir yoki surunkali kechishi mumkin; 

Serroz: toksik moddalarning jigarda doimo taʼsiri natijasida kelib chiqadi, 
nekrotik jarayonlar, qon kasalliklari, nasliy kasalliklar natijasida; 

Jigarda kuzatiladigan oʻsma kasalliklari: jigar yomon sifatli oʻsmalari, 
kistalar, toʻqima absessi; 

Jigar toʻqimalari infiltratsiyasi: amiloidoz, glikogenez, yogʻli distrofiya, 
granulematoz, limfomalar natijasida; 

Jigarning funksional kasalliklari: Jilber, Dubin-Jonson, Kligler-Nayara 
sindromi; 

Jigar ichi oʻt yoʻllari kasalliklari: xolangit, oʻt yoʻllarida yalligʻlanish 
jarayonlari, oʻt-tosh kasalliklari natijasida oʻt yoʻllari oʻtkazuvchanligi buzilishi
toʻqimalar chandiqlanishi; 

Jigar qon bilan taʼminlashi buzilishi: jigar venalari trombozi, yurak 
yetishmovchiligi natijasida dimlanish va sirroz shakllanishi, arteriovenoz oqmalar. 


788 
Jigar 
funksiyasining 
buzilishida, 
turli 
kasalliklarida 
kuzatiladigan 
simptomlarning oʻxshashlik jihatlari bor. Ularga oʻt suyuqligi yetishmovchiligi, 
xolesterin yetishmovchiligi, toksik moddalarning qondan tozalanishi buzilishi, hazm 
qilish jarayonining sustlashishi kabilar kiradi. Bu kabi holatlarning barchasida jigar 
funksional qobiliyatining zaiflashuvi kuzatiladi. 
Jigar kasalliklarida kuzatiladigan boshqa simptomlar jigarning toksik 
moddalarni neytrallash xususiyati pasayishi hamda funksiyasining buzilishi natijasida 
kelib chiqadi, ular quyidagilardir: 

Teri qichishishi; 

Terida mayda qon tomirlar yorilishi natijasida qizgʻish dogʻlarning paydo 
boʻlishi, qon tomirli “yulduzchalar”, koʻkarishlar – qon ivish xossasi buzilishi bilan 
bogʻliq; 

Teri osti yogʻ qavatida lipomalar hosil boʻlishi; 

Kaft yuzasining qizarishi; 

Til rangining oʻzgarishi. 
Jigar kasalliklarida portal gipertenziya sindromi haqida qisqacha aytadigan 
bo’lsak, ushbu sindrom kelib chiqishida jigardan oʻtuvchi portal venada dimlanish 
hamda ichki a’zolarda bosimning ortishi orqali roʻy beradi. Bunga sabab mexanik 
jarohatlanishi, oʻsma kasalliklari, serroz, qon tomir kasalliklari, gepatitlarning turli 
koʻrinishlari, toksik zararlanish, parazitar kasalliklar boʻlishi mumkin. 
Portal gipertenziya rivojlanishida quyidagi bosqichlar farqlanadi: 
-
Boshlangʻich davr – oshqozon ichak tizimida kuchsiz dispepsiya holati, 
jigar sohasida kuchsiz ogʻriq, qorin dam boʻlishi, ishtahaning pasayishi; 
-
Kuchsiz belgilar davri – taloq biroz kattalashadi, qiziloʻngach qon 
tomirlarida oʻzgarishlar; 
-
Avj olish davri – assit, qorin boʻshligʻida suyuqlik yigʻilishi, shish, teri 
ostiga qon quyilishlar bilan namoyon boʻladi; 
-
Asoratlanish davri – qorin boʻshligʻida qon ketish, hazm qilish tizimida 
muammolar kelib chiqishi. 
Jigarni "o‘ldiradigan" mahsulotlar: 


789 

yog‘li mahsulotlarni va yog‘li go‘shtni ko‘p iste’mol qilgan odamning 
hazm qilish a’zolarida ortiqcha bosim paydo bo‘ladi, bu esa bevosita jigarni zararlaydi. 

margarin va mayonez tarkibidagi sun’iy yog‘lar jigarning normal 
ishlashiga xalaqit beradi. 
Ayni paytda, dudlangan go‘sht va qovurilgan ovqatlar ham zararli hisoblanadi. 
Taqiqlangan ovqatlarga yangi un mahsulotlari, shirinliklar va shirin gazlangan suv, 
keyinchalik bu uglevodlarning barchasi yog‘ to‘qimalariga o‘tib, gepatositlarga zarar 
yetkazadi. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish