Международный научно-образовательный электронный журнал


ПРОЦЕССЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ И



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

ПРОЦЕССЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ И 
ИСКУССТВА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ 
Рафикова Дилдора Асадуллаевна 
Государственный институт искусств и культуры Узбекистана 
2 курс магистратура по специальности 
«Менеджмент культуры и искусств» 
Аннотация:
В статье рассматриваются реформы, направленные на 
развитие сферы культуры и искусства в Новом Узбекистане. Кроме того, были 
даны предложения и рекомендации по всемерной поддержке творчества и 
художников в сфере культуры и искусства, а также по повышению 
эффективности научных исследований. 
Ключевые слова:
Новый Узбекистан, культура, искусство, процесс, 
совершенствование, реформа. 
 
 
 


731 
PROCESSES OF IMPROVEMENT OF CULTURE AND ART IN NEW 
UZBEKISTAN 
Rafikova Dildora Asadullaevna 
The Uzbekistan State Institute of Arts and Culture 2nd year Master’s Student in 
“Culture and Arts Management” 
Resume:
The article deals with reforms aimed at developing the sphere of 
culture and art in New Uzbekistan. In addition, proposals and recommendations were 
given on the full support of creativity and artists in the field of culture and art, as well 
as on improving the effectiveness of scientific research. 
Key words:
New Uzbekistan, culture, art, process, improvement, reform. 
Biz Yangi Oʻzbekistonni yetuk jamiyat, erkin va baxtli insonlar yashaydigan 
yurtga aylantirishimiz lozim. Faqat jismoniy jihatdan baquvvat insonni tarbiyalash 
unchalik qiyin emas. Ammo insonni ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan kamol 
toptirish gʻoyat murakkab vazifa. Ayniqsa bugungi kunda mafkuraviy kurashlar goh 
oshkora, goh pinhona tus olgan nozik, qaltis sharoitda, hozirgi tahlikali zamonda bu 
masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega
55

Mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish, 
madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha 
vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: “Mamlakatimiz aholisi, avvalo yoshlar, 
qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, shu 
yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini yanada oshirishimiz 
zarurligi davr talabiga aylanib bormoqda” – deya ta’kidlab o‘tgan edi
56
. O‘zbekistonda 
bundan besh yil avval Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ijtimoiy va 
madaniy sohada yangicha dunyoqarash asosida shiddatli islohotlar boshlandi. 
Mamlakatimizda mohiyatan yangi davlat, yangi ma’rifiy jamiyat barpo etish, unga mos 
qadriyat va munosabatlar tizimini shakllantirish maqsadida bir qator huquqiy-normativ 
55
Mirziyoyev. Sh. Yangi Oʻzbekiston strategiyasi. – Toshkent: Oʻzbekiston nashriyoti, 2021. – B. 262. 
56
Bekmurodova M. Madaniyat va san’at sohasini taraqqiy etishida innovatsion jarayonlarning tutgan o‘rni//jur. Oriental 
and Culture. – Qoqand. 2022. 


732 
hujjatlar qabul qilindi. Madaniyat va san’at sohasida ijod va ijodkor erkinligi 
muammolari ham to‘liq qaytadan ko‘rib chiqildi. Ulkan o‘zgarishlarga yo‘nalish 
beradigan farmon va qarorlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash masalasiga jiddiy 
ahamiyat qaratildi. Bularning natijasida hozirgi vaqtda soha rivojini ta’minlash yo‘lida 
samarali yutuqlarga erishilmoqda
57
. Madaniyat va san’at sohasi tarixi qadimiydir. 
Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv 
shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin 
etiladi. Bu davrlarda odamlarning madaniy ijtimoiylashuvi hayotni ta’minlash, uning 
barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimiz о‘rtasida mamlakatimiz boy 
tarixini, uning betakror madaniyatini va milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, jahon 
ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish 
zarur” ,– deb uqtiradi. Kо‘rinib turibdiki, ma’naviy hayot, uning mustahkam 
poydevorlari haqida о‘ylash hozirgi kunda ham eng muhim masalalardan biri bо‘lib 
turibdi. Madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Mamlakatimizda 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barcha sohada hayotga tatbiq 
etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli 
bunyodkorlik ishlari xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham 
tubdan о‘zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san’at rivojiga, ijod 
ahliga kо‘rsatilayotgan yuksak e’tibor misolida ham kо‘rish mumkin. Oxirgi ikki yilda 
mazkur sohaga taalluqli 20 ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi va ularning ijrosi 
yuzasidan say-harakatlar olib borilyapti. “О‘zbekiston Respublikasida milliy 
madaniyatni 
yanada 
rivojlantirish 
konsepsiyasini 
tasdiqlash 
tо‘g‘risida” 
Prezidentimizning 2018 yil 28 noyabrdagi qarori ushbu jabhadagi mavjud muammo va 
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim hujjat sifatida alohida ahamiyatga 
ega. Binobarin, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, mamlakatimizda madaniyat 
va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Qolaversa, taraqqiyotning chinakam 
samarasi boylik yoki kuch-qudrat darajasi bilan emas, milliy madaniyatning naqadar 
57
Qolqanatov A.,Xolmoʻminov M., Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi va madaniy-ma’rifiy ishlar//jur. OʻzDSMI 
Xabarlari. – Toshkent. Donishmand ziyosi, 2021.


733 
yuksaklikka kо‘tarilgani bilan о‘lchanishi xususida tarixiy misollar kо‘p. Masalan, 
ingliz san’atshunos olimi Filippson Martin “Temuriylar singari san’ati va madaniyatini 
qadrlaydigan hukmdorlar Markaziy Osiyoda hech vaqt bо‘lmagan”,‒ deb yozadi. Shu 
ma’noda, davlatimiz rahbarining milliy madaniyatni yanada rivojlantirish 
konsepsiyasini ishlab chiqishga doir tashabbusi tafakkur tarzimiz, hayotga 
munosabatimiz, millat va xalqning buguni, ertasini, navqiron avlod ma’naviy 
kamolotini, odamlarimizning nurli kelajagini yaratishga qaratilgan ishlarimizning tub 
ildizlarini ham о‘z ichiga qamrab oladi,‒ desak, yanglishmagan bо‘lamiz. 
Konsepsiya besh bobdan iborat. Unda kelgusida amalga oshirilishi lozim 
bо‘lgan bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan
58
. Jumladan, madaniyat sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish, tizimdagi muassasalar huquqiy maqomini belgilash, 
ijodkorlarni ijtimoiy himoyalashning huquqiy bazasini, kadrlar tayyorlash va 
malakasini oshirish tizimini yaratish, madaniyat hamda san’at muassasalari moddiy-
texnik imkoniyatlarini kengaytirish kо‘zda tutilgan. Shuningdek, sohaga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini tо‘liq tatbiq etish, xalqaro festival va kо‘rik-
tanlovlarda chinakam iste’dod egalari ishtirokini ta’minlash, sohaga doir xorijiy 
tashkilotlar bilan ijodiy hamkorlikni yо‘lga qо‘yish kabi qator chora-tadbirlar 
belgilangan. Qaror asosida 2019-2020 yillar О‘zbekiston Respublikasida milliy 
madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bо‘yicha “yо‘l 
xaritasi” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, 2019-2022 yillarda 
yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan va tо‘liq 
jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli rо‘yxati ham tasdiqlandi. 
Albatta, bularning bari milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish 
Konsepsiyasi mamlakatimiz madaniy hayotida naqadar katta ahamiyat kasb etishini 
ifodalab turibdi. Zero, u sohada tо‘planib qolgan jiddiy muammolarni bartaraf etishda 
ham dasturilamal bо‘ladi. Bundan tashqari, Konsepsiyani amalga oshirish bо‘yicha 
tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida Madaniyat vazirligi va “О‘zavtosanoat” 
58
Haydarov A. Madaniyat va san’at sohasini boshqarish asoslari. – Toshkent.: Kamalak. 2019, 192. 


734 
aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari hamkorlikda tayyorlagan, madaniyat markazlari 
mavjud bо‘lmagan chekka va olis tog‘li hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga 
madaniy xizmatlar kо‘rsatishga mо‘ljallangan, maxsus musiqiy va texnik uskunalar 
bilan jihozlangan, ixtisoslashtirilgan “Avtoklub” transport vositalari 2019 yilda Navoiy 
va Andijon viloyatlariga davlat byudjeti hisobidan olib berilishi rejalashtirilgan. 
Kelgusida esa respublikamizning barcha hududlari shunday avtoklublar bilan 
ta’minlanadi. 
Madaniy xizmatning bunday zamonaviy usuli xalqimiz ma’naviy-ruhiy 
ehtiyojlarini tо‘laqonli qondirishda о‘z ijobiy natijasini berishi shubhasiz. Chunki 
avtoklublar konsert-tomosha faoliyati bilan cheklanib qolmay, chekka hududlar 
aholisiga kitoblar, gazeta-jurnallar yetkazish, taniqli yozuvchilar, shoirlar, teatr 
arboblari, siyosiy sharhlovchilar bilan muloqotlar uyushtirishni amalga oshiradi, ijodiy 
kechalar tashkil etadi. Yana bir masala: shu paytgacha yurtimizda mavjud 894 ta sobiq 
madaniyat va aholi dam olish markazining 252 tasi naridan-beri ta’mirlanib, 
nomigagina faoliyat olib boryapti. Qolgan 642 tasida esa ta’mirlash ishlari deyarli 
tо‘xtab qolgandi. Musiqiy cholg‘ular, ovoz kuchaytirish vositalari va boshqa zarur 
jihozlar bilan ta’minlash masalalari ham achinarli holatda. Qarorda ana shu muhim va 
о‘ta dolzarb masalalar yechimi ham о‘z ifodasini topgan. Yurtimizda xalqimiz 
madaniyatini yuksaltirish, san’atni yanada ravnaq toptirish borasida yaratilayotgan 
beqiyos imkoniyatlarni sanab, adog‘iga yetib bо‘lmaydi. Bularni dildan his qilib, teran 
idrok etishimiz joiz. Zotan, asrlarga tatigulik bunday ibratli ishlar bilan har qancha 
g‘ururlansak arziydi. Bizdan talab etiladigani esa ‒ milliy madaniyatimizning yanada 
ravnaq topishi uchun fidokorona mehnat qilishdir. Chunki milliy madaniyati yuksak 
xalq jahon hamjamiyatida mustahkam mavqega ega bо‘ladi. Milliy madaniyatimiz va 
san’atimiz istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi, о‘sha davrda yagona hisoblangan 
sovet mafkurasiga bо‘ysundirildi. Faqat mustaqillik tufayli о‘zbek xalqining kо‘p 
asrlik boy tarixga ega bо‘lgan madaniyati va san’atidan tо‘laqonli faydalanishga keng 
imkoniyatlar yaratildi. О‘zbekiston xalqi hayotining barcha sohalarida bо‘lgani kabi 


735 
madaniyat va san’at yо‘nalishlarida ham yangi tarixiy tub islohotlar amalga oshirilishi 
keng yо‘lga qо‘yildi. 
Sohada tо‘planib qolgan muammolar, ya’ni madaniyat va san’at sohasini 
boshqarish, malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va uning 
mexanizmlarini ishlab chiqish, madaniyat va san’at sohasiga kadrlar tayyorlaydigan 
о‘quv yurtlari hamda professional teatrlar va sohaning boshqa muassasalari moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, bozor munosabatlariga о‘tish davrida teatr-konsert 
tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarini, ularga ijodiy xodimlar tayyorlovchi о‘quv 
yurtlari professor-о‘qituvchi hamda konsertmeystrlarini ijtimoiy himoyalash tizimini 
yanada takomillashtirish kabi masalalar milliy madaniyatimiz va san’atimizni 
rivojlantirishdagi eng muhim vazifalardan edi. “Ma’lumki, har bir millat madaniyati 
va san’ati uning g‘ururi va iftixori hisoblanadi. Bugungi kunda milliy madaniyatimiz 
va san’atimizi rivojlantirish bо‘yicha olib borilayotgan barcha ishlarimiz shu maqsadga 
qaratilgan. Bir haqiqatni xech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda 
madaniyat va san’at taraqqiy etmasa jamiyat rivojlanmaydi”,‒ deb ta’kitlagan edi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 25 dekabrda Madaniyat vazirligi rahbarlari 
bilan о‘tkazilgan yig‘ilishda: “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz 
kerak: mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. 
Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. 
Shu ma’noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz О‘zbekistonning 
yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni 
rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim
59
”. Mamlakatimizning istiqlol yо‘lidagi 
birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy 
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish asosida ta’lim sohasini jahon andozalari va 
kо‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. 
Shuning uchun “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun (1992 yil), “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” (1997 yil) qabul qilinishi, viloyatlarimiz markazlarida о‘nlab 
universitetlarning tashkil etilishi, istiqlolga qadar bizda umuman bо‘lmagan bir qancha 
59
“Халқ сўзи” газетаси, 26 декабр 2017 йил 


736 
oliy о‘quv yurtlari, jumladan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, Jahon tillari 
universitetlari, Davlat va jamiyat qurilishi, Bank-moliya, Ichki ishlar, Qurolli kuchlar 
akademiyalari, Konchilik instituti, Fuqarolik aviatsiyasi instituti kabi yangi ta’lim 
dargohlari ochildi. 
Mustaqillik sharofati bilan millatimiz tarixi, madaniyati, san’ati va ma’naviyati, 
uning madaniy merosi, xalq ijodiyoti yо‘nalishlari bо‘yicha qator oliy о‘quv yurtlari 
va 20 ga yaqin madaniyat va san’at kollejlari tashkil etildi. 
Bugungi bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir paytda madaniyat 
va san’at sohalari taraqqiyoti bilan bog‘liq bо‘lgan zamonaviy fanlarga alohida e’tibor 
qaratish lozim ekanligini davrning о‘zi kо‘rsatmoqda. Xususan, boshqaruv 
muammolari, boshqarish madaniyati, san’at va madaniyat sohasini boshqarish asoslari 
kabi fanlarga katta ehtiyoj tug‘ilmoqda. Boshqaruv madaniyati inson madaniyatining 
tarkibiy qismi bо‘lishi bilan birga qator о‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Shuning 
uchun ham, avvalo, boshqaruvchining о‘zi madaniyatli bо‘lishi lozim. Madaniyat va 
san’at yо‘nalishiga doir masalalarni ilmiy о‘rganish, sohaga doir tadqiqot ishlari olib 
borish bilan shug‘ullanadigan eng muhim ilmiy muasssasalardan yana biri О‘zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibidagi San’atshunoslik instituti bо‘lib, ushbu 
institut dastlab Madaniyat vazirligi, sо‘ngra О‘zbekiston Badiiy akademiyasi 
tasarrufida, 2009 yildan boshlab esa Fanlar akademiyasi tarkibida faoliyat olib 
bormoqda. Institut 1928 yilda tashkil etilgan bо‘lib, uning asosiy vazifasi milliy badiiy 
merosni tarixiy-nazariy va etnomadaniyat nuqtai nazaridan о‘rganish, milliy va xalqaro 
tajribalar asosida san’atshunoslikning yangi metodologik yondoshuvlarini ishlab 
chiqish, О‘zbekiston zamonaviy sanatining arxitektura, tasviriy va amaliy bezak sanati, 
musiqa, teatr, kinematografiya, televideniye; xoreografiya kabi barcha turlaridagi 
rivojlanish jarayonlarini, globallashuv dinamikasi va milliy-madaniy о‘ziga xoslik 
kesimida О‘zbekiston sanati muammolari hamda san’atning jamiyat ijtimoiy 
taraqqiyotidagi о‘rni va ahamiyatiga doir masalalar ustida tadqiqot ishlarini olib 
borishdan iborat. Shuningdek, Fanlar akademiyasining О‘zbek tili, adabiyoti va 
folklori instituti ham madaniyat sohasidagi katta ilmiy muassasalardan biri 


737 
hisoblanadi. Xususan, uning arxivida xalq og‘zaki ijodi durdonalari sanalgan kо‘plab 
materiallar saqlanmoqda. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish