740
ФИО авторов:
Raximova Nilufar Egamberganovna
Urganch Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti
“Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o`qituvchisi
Ro`zmetova Zulfiya Hayitbayevna
Urganch Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti
“Texnologik ta’lim” kafedrasi katta o`qituvchisi
Название
публикации:
«O`QUVCHILARNI
YANGI
PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KASB TANLASHGA YO`NALTIRISH
METODIKASI»
Annotatsiya
: Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasb hunarga yo‘naltirish bo‘yicha
ta’lim tizimida qilinayotgan ishlar, qaratilayotgan e’tibor va natijaga erishish yo‘li
ko‘rsatilgan. O‘quvchilarni kasblarni egallashlarida qiziqish, mayillari, havas, intilish,
xoxishlarini inobatga olgan holda ko‘rsatmalar berish haqida ham ma’lumotlar
berilgan.
Kalit so`zlar
: kasb,
kasbga tayyorgarlik, kasb qonuniyligi, kasb foydaliligi,
kasbning alohidaligi, kasbning ixtiyoriyligi.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro`yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali
mutaxassislarni tayorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko`tarmoq lozim, fan
va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon,
o‘z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga
bardosh beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish
joiz. Toki ular davr talablariga og`ishmay javob beradigan,
qiziqishi keng, malakasi
mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan,
mehnatsevar,
vatanparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo`lib voyaga yetishsin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o`rta maktab o`quvchilarning hammasi kasb
tanlashga kelganda oqilona va to`g`ri yo`l tutadi, deb bo`lmaydi, albatta. Ulardan
ba’zilari tavakkalligiga ish tutsalar, ayrimlari ota ona kasbini tanlaydilar yoki ko`zga
tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sevimli kishilari izidan
borishni mo`ljallaydilar. Ko`pchilik o`quvchilar ta’lim
jarayonida fan asoslarini
egallab, muayyan tasavvur hosil qiladilar, o`zlari yoqtirgan kasb-hunarlar haqida
o`ylaydilar.
Maktab o`quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari,
motivlari,
ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo`lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi
psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog`liqdir. Shaxs psixologiyasini
741
o`rganish o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llash demakdir. O`quvchilarning idividual
tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona
kasbga yo`llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to`g`risidagi hujjatlarda o`quvchilarni
mustaqil kasb tanlashga (o`z imkoniyatlarini o`zi baholash orqali) o`rgatish juda
muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi. Shunga ko`ra texnologiya fani
o`qituvchilari,
uslubchilar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan
birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo`l-
yo`riqlari va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy
shaxobchalari kengaytirilishi,
professiogramma, professiografiya, psixogrammalar
ko‘lami orttirilishi lozim. Hozirgi davrda xalq ta’limi bo`limlarida, ishlab chiqarishda,
aholini ish bilan ta’minlash muassasalarida, kasb-hunar maktablarida va Oliy O`quv
Yurtlarida yoshlarga kasb tanlash yo`lini ko`rsataditan maxsus kasb-hunar kabinetlari
tashkil etilgan. Yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o`rta maktabdan boshlanadi,
shunga ko`ra o`quvchilar kichik jamoasi bilan texnologiya fani o`qituvchisi oldida turli
yoshdagi, jinsdagi maktab o`quvchilarini
kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini
rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o`zini-o`zi namoyon etish) kabi
muhim vazifa turibdi. Psixologlar va Texnologiya fani o‘qituvchisilarining bundan
tashqari, o`quvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik
darajasini aniqlash metodlari, usullari,
texnologiyasi, aqllari mezonlari va tarkibiy
qismlarini ishlab chiqishlari shuningdek, bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borishlari zarurdir. Quyida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Texnologiya darslarida
o‘quvchilarga kasb tanlashga yo‘llash metodikasini ko`rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: