738
ФИО автора:
Rahmanova Manzura
Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi
2-kurs o’quvchisi
Название публикации:
«QONUN USTUVORLIGI JAMIYAT FAROVONLIGI
GAROVIDIR»
Annnotatsiya
. Jamiyatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning ko’payishi jamiyat a’zolarining
manfaatlari va hayotiga salbiy ta’sir o’tkazadi. Qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarni
qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash esa kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan
huquqbuzarliklarning oldini olishga, jamiyat farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar:
qonun, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlari,
odob-axloq qoidalari, xodim va fuqarolar, mansabdor shaxslar, demokratlashtirish,
liberallashtirish.
Odob-axloq, xulq-atvor va huquq normalari asrlar davomida tarkib topib, takomillashib borgan
va har doim kishilarning
birgalikda yashash sharoiti, tabiiy ehtiyoji, hayotiy talablaridan kelib
chiqqan. Muayyan odob doirasida o'zini tuta bilish, yaxshi odatlarga o'rganish, kishilarda iliq tasavvur
uyg'otishga intilish inson paydo bo'lganidan beri mavjuddir. Yunon shoiri Gomer qonunlar haqida
shunday degan: "Qonunlar
yaratilar ekan, uning qanchalik qudratli ekanligi jazosidan emas, balki
itoat etuvchilarning qat'iy rioya qilishidadir". Qonun-qoidalar jamiyatdagi kishilarning sotsial
munosabatlarini
tartibga soladi, kelib chiqadigan turli muammolarning oldini oladi. Qonunga
asoslangan davlatda, avvalo, adolat va odillik hukm suradi. Qonunlar hamisha inson manfaati yo'lida
xizmat qilishi va jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishga o'z hissasini qo'shishi lozim. Respublikamizdagi
barcha xodimlarning qonunlarga og'ishmay amal qilishini ta'minlash maqsadida 2016-yil 2-martda
Vazirlar Mahkamasining "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari
xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" gi qarori qabul qilingan.
Odob-axloq qoidalari huquqbuzarlikning oldini olishga, ular sodir etilishining sabab va shart-
sharoitlarini
bartaraf etishga, davlat xizmatchilarini yuksak huquqiy ong, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, fuqarolarning
huquq va erkinliklariga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Davlat boshqaruvi
organi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organiga ishga kirayotgan shaxslar "Odob-axloq qoidalari"
bilan imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladilar. Davlat xizmatchisi tomonidan "Odob-axloq
qoidalari"ning buzilishi uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos
bo‘lishi mumkin. Jamiyatdagi odob-axloq qoidalari insondan doimiy ravishda butun jamiyatga
nisbatan hurmat bilan qarashga asoslangan ichki madaniyatni tarbiyalashni talab qiladi. Davlatimiz
konstitutsiyasining
15-moddasiga
muvofiq
«O‘zbekiston
Respublikasida
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat,
uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq
ish ko‘radilar» deb belgilab qo'yilgan. O‘z faoliyatini Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq amalga
oshirish sanab o‘tilgan subyektlarning konstitutsiyaviy burchi bo‘lib hisoblanadi. Agarda davlat
organlari, nodavlat tashkilotlar, mansabdor shaxslar yoki fuqarolar o‘zlarining bu burchlarini
bajarmasalar, ularga nisbatan tegishli javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin. Asosiy qonunimiz
bilan barcha fuqarolar zimmasiga Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquqlari,
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyati yuklatilgan. Davlatimiz aholisining
739
siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ong darajasini o'sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va
liberallashtirish jarayonlarining
jadal rivojlanishi, ko'ppartiyaviylik tizimining yanada
mustahkamlanishi mamlakatimizda qonuniylikni ta'minlash uchun zarur shart-sharoitlardan biri
hisoblanadi. Asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyamizning 11-moddasida O'zbekiston
Respublikasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linish
prinsipiga asoslanganligi belgilab qo'yilgan bo'lib, mazkur uch hokimiyat davlatimizda qonuniylik va
odillik ta'minlanishiga xizmat qiladi. Mamlakatimizda insonlarning ma'naviy va madaniy saviyasini
rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlagan "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq
uchun xizmat qilishi kerak" degan shiorga amal qilishi fuqarolarning davlat organlari va xodimlariga
nisbatan hurmat va ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: