O’zbekistonda Madaniyat va Sanat sohasinig rivojlanishi. Reja: Mustaqillik yillarida milliy kino san’ati «O‘zbeknavo»



Download 36,27 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2022
Hajmi36,27 Kb.
#357504
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16-mavzu. O‘zbekistonda madaniyat va san’at Ma’naviyat maskanlar


O’zbekistonda Madaniyat va Sanat sohasinig rivojlanishi.

Reja:


  1. Mustaqillik yillarida milliy kino san’ati

  2. «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi

  3. O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 


Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, «O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi «Eski masjid» teatr-studiyasi faol bo‘ldi. 1993-yilning 23–30-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston Milliy kutubxonasi. O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi. 104 Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi. Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi.


Download 36,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish