O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

3. Safroni bakteriologik tekshirish. 
U faqat bemor tuzalganidan so‗ng, 
bakteriya tashuvchilik holati bor-yo‗qligini qo‗shimcha isbotlash maqsadida 
o‗tkaziladi. Tekshirish uchun duodenal zond vositasida 12 bormoq ichakdan 
safroning A, B va C qismlari sterillangan idishga olinib, laboratoriyada tekshiriladi 
(bilikultura).
4. Vidal reaksiyasi
. Serologik reaksiya xisoblanadi, ya‘ni qonda paydo 
bo‗lgan antitelolarni aniqlashga asoslangan. Antitelolar, odatda, kasallikning 6-7 
kunidan paydo bo‗ladi. Reaksiya ko‗yishga O-, N-, Vi-antigenlaridan tayyorlangan 
eritrotsitar diagnostikumdan foydalaniladi. 1:200 nisbatda yoki undan yuqori 
titrdagi agglyutinatsiya reaksiyasi ijobiy xisoblanadi.
Passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi (PGAR). 
Vidal reaksiyasiga nisbatan 
sezgirroq xisoblanadi. U kasallikning 3-4 kunlaridan so‗ng ijobiy natija bera 


48 
boshlaydi. Reaksiya ko‗yish uchun bemor barmog‗idan olingan qon ham yetarli 
bo‗lishi mumkin. PGAR Vi-antigendan tayyorlangan eritrotsitar diagnostikum 
bilan yuqori titrda natija berishi bakteriya tashuvchilikdan darak beradi. 
Davolash.
Ich terlama bilan og‗rigan bemorlarni davolash jarayoni puxta 
tashkil etilishi lozim. Bemorning to‗la sog‗ayib ketishida faqat dori-darmon emas, 
shuningdek, parhez va tartibning ahamiyati katta. Bemor yotgan xona ozoda va 
shinam, tez-tez havosi yangilanib turadigan, 1-2 bemorga mo‗ljallangan bo‗lishi 
kerak. Tana xarorati ko‗tarilgan muddat davomida va me‘yorigacha tushganidan 
so‗ng bir haftagacha, bemor yotoq tartibiga rioya qilishi kerak. Bemor uzoq vaqt 
yotishga majbur bo‗lganida, uning parvarishiga e‘tiborni kuchaytirish kerak. Vaqti-
vaqti bilan bemorni yonboshiga yotqizib, orqasi asta silanadi. Tez-tez turli 
suyuqliklar (gazi va shirasi yo‗qlari) ichirib turiladi. Umumiy qismda bayon 
qilingan usullarni qo‗llab, yotoq yaralarning oldini olish tadbirlari ko‗riladi. Og‗iz, 
burun shilliq qavatlari yuvib turiladi. Ich qabziyati kuzatilganida vaqti-vaqti bilan 
tozalovchi huqna qilinadi. Qorin dam bo‗lib, yel to‗plansa orqa teshikka gazni 
haydovchi naycha qo‗yiladi. Xarorat baland bo‗lib, bosh qattiq og‗riganda, 
peshonaga dam-badam (xar 13-20 daqiqa) muz solingan rezina haltacha qo‗yib 
turiladi. Bemor badani xar kuni iliq suvda xo‗llangan sochiq bilan artiladi. Ich 
terlama bilan og‗rigan bemorlar, antibiotik bilan davolangan bo‗lsa, xarorat 
me‘yoriga tushganidan so‗ng 21 kun o‗tgach, o‗zini yaxshi his qilsa shifoxonadan 
chiqib ketishiga ruhsat etiladi. Antibiotik olmasdan davolangan bemorlar, umumiy 
ahvoli yaxshilanganidan so‗ng, xarorat me‘yoriga tushgandan 14-kunidan keyin 
uyiga ketishlari mumkin. Bemorning xarorati me‘yoriga tushganidan so‗ng, 
shifoxonadan chiqib ketishi oldidan, najas va peshobdan 3 marta (5 kun oralatib) 
ekma olib, bakteriologik tekshiriladi. Shuningdek, bir marta duodenal zond orqali 
olingan safro ekmasini ham tekshirib ko‗riladi.
Bemorga tayin qilinadigan taom oson hazm bo‗ladigan, vitaminlarga boy, 
kaloriyali, yumshoq holda bo‗lishi kerak. Bir kun davomida bemor qabul qiladigan 
taomning kuchi 2500-3000 kaloriyani tashkil qilishi lozim. Ovqatga shilliq 
qavatlarni qitiqlovchi qalampir, piyoz, sarimsoq piyoz kabi mahsulotlar 


49 
qo‗shilmasligi kerak. Ovqatning o‗zi ham issiq yoki sovuq bo‗lmasligi, iliq holda 
iste‘mol qilingani ma‘qul. Kuniga 4-5 mahal ovqatlantirish maqsadga muvofiqdir. 
Taom tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar maydalanib (ezib), keyin 
pishirilishi talab etiladi. Go‗sht faqat qiyma holida, dumaloqlab (frikadelka), 
guruch aralashtirib (tefteli) qaynatib yoki bug‗latib pishiriladi. Eziltirib pishirilgan 
shirguruch, manniy bo‗tqasi, qaynatib ezilgan kartoshka, ilitilgan tuxum parhezga 
to‗g‗ri keladi. Qaynatib pishirilgan baliq, uning tuxumi (ikra) tayinlanishi mumkin. 
Sutli ovqatlardan shiringuruch, qatiq, suzma (chakka), qaymoq, sariyog‗ bersa 
bo‗ladi. Yaxna choy, olma, olxo‗ri, pomidor sxarbatlaridan ichib turishi mumkin. 
Ayniqsa, na‘matak damlamasi juda foydali. Bemor kuniga, umumiy hisoblaganda, 
1,5-2 litr suyuqlik ichishi lozim. Kasallik avj olgan davrda bemorga yumshoq non 
o‗rniga suvi qochgan yoki qotirilgan non beriladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish