O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi. 
Qorin tifida yashirin davr 7 kundan 21 kungacha davom etadi. 
O‗rta hisobda 14 kun. Bu davrda kasallik alomatlari bo‗lmaydi. Kasallik aniq 
shaklda kechganda sekin boshlanadi, belgilarning asta-sekin paydo bo‗lishi, 
cho‗zilib avjiga chiqishi va yana asta so‗nishi kuzatiladi. Bemor o‗zini nohush 
sezadi, quvvati kun sayin kamayib boradi, ishtahasi yo‗qola boradi. Ko‗proq 
yotgisi keladi. Kasallikning muhim belgilaridan biri - bosh og‗rishi. Bu og‗rik ham 
kun sayin zo‗raya boradi. Tana xarorati ham asta-sekin ko‗tarila boradi. Odatda, 
kechqurungi xarorat ertalabkisidan yuqoriroq, tungisi - kechagidan ortiqroq bo‗lib, 
asta ko‗tarila boradi. Birinchi hafta ohiriga kelib, kasallikni belgilari yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Ushbu davrda tana xarorati 39-40°C gacha yetadi, istima doimiy 
ko‗rinishda bo‗ladi. Intoksikatsiya belgilari orta borgani sari darmonsizlik avjiga 
chiqadi, bemor yotib qoladi. Ishtaha butunlay yo‗qoladi, ich yurishi qiyinlashib, 
qabziyat kuzatiladi. Bemor atrofga befarq, o‗z dardi bilan "ovora" bo‗lib, uyqusi 
buziladi.
Rasm 3. Qorin tifidagi Vunderlix istimasini (trapetsiyasimon) ko‗rinishi 
(shaxsiy, chizilgan). 
Ba‘zan kasallikning dastlabki davrida ich ketishi kuzatiladi. Kasallik o‗tkir 
boshlanganida qo‗l-oyoq bo‗g‗imlari, bel zirqirab og‗rishi ham mumkin. Kasallik 


43 
avjiga chiqqan davrda tana xarorati ba‘zan 1-2 hafta 39-40°C da saqlanib turadi. 
Bunda isitmani ertalabki va kechki ko‗rsatkichidagi farq 1°C dan ortmaydi (doimiy 
xarorat). Keyinchalik xarorat asta-sekin (ba‘zan 2-3 kun ichida) pasayib, me‘yoriga 
yetadi. Shuning uchun kasallik aniq kechganida isitma egri chizig‗i trapetsiyani 
eslatadi (Vunderlix istimasi) yoki to‗lqinli (Botkin istimasi) bo‗lishi mumkin. 
Bemorni ko‗zdan kechirganda, kasallik avj olgan davrdagi holati ancha o‗ziga hos 
bo‗ladi. Xarorat yuqori bo‗lishiga qaramay, teri oqargan bo‗ladi. Bemorda 
bezovtalanish alomatlari bo‗lmaydi aksincha, u xomush, parishonxotir bo‗ladi. 
Kasallikning 7-8 kunidan boshlab qorin terisida pushti rang toshma – rozeolalar 
paydo bo‗ladi. Ular kichkina (diametri odatda 0,5 sm dan ortmaydi), dumaloq 
shaklda bo‗ladi. Rozeolalar soni ko‗p bo‗lmaydi (8-10 ta), atrofidagi teridan 
keskin ajralib turadi, bosib ko‗rilganda yoki terini tarang qilinsa yo‗qoladi. Odatda 
4-5 kundan so‗ng rozeolalar iz qoldirmay yo‗qoladi. Ba‘zan birinchi rozeolalar 
yo‗qolgach, yonverida qaytadan toshma paydo bo‗lishi mumkin. Ayrim hollarda 
rozeola ko‗krak, biqin soxalariga ham toshadi. Jigarda karotin almashinuvi 
buzilganligi sababli kaft va tovon terisi sarg‗ayadi (Fillipovich belgisi). Bemorning 
tomir urishi tezlashadi. Ammo, u xarorat ko‗tarilishiga mos kelmaydi. Bunday 
holat tomir urishining xaroratdan orqada qolishi yoki nisbiy bradikardiya deyiladi. 
Tomir urish tarangligi ham pasayadi, ba‘zan dikrotik (qo‗sh to‗lqinli) puls 
aniqlanadi. Qon bosimi pasayadi. Yurak, tonlari bo‘g‗iqlashadi, ba‘zan sistolik 
shovqin eshitiladi. O‗pka, bronxlar yallig‗lanishi yoki o‗chog‗li pnevmoniya 
belgilari bo‗lishi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimi tekshirilganda birinchi hafta 
ohiridan boshlab lablar va til quruq bo‗ladi, kattalashadi va oq - kirlashgan karash 
bilan qoplanadi. Til chekkalarida tish izlari paydo bo‘ladi. Tomoqni ko‗zdan 
kechirganda, bodomcha bezlari kattalashib, anginani ko‗rish mumkin (Dyuge 
anginasi). Qorin ko‗p hollarda ko‗pchigan bo‗ladi. Paypaslaganda, qorinda, 
ayniqsa, o‗ng yonbosh sohasida g‗uldirash va sal og‗riq aniqlanadi. Kasallikning 2-
haftasidan boshlab jigar va taloq kattalashadi. Ich kelishi kamayadi, ko‗pincha 
qabziyat kuzatiladi. 


44 
Kasallik boshlanganidan 2-3 hafta o‗tgach, asta-sekin tuzalish davri 
boshlanadi. Xaroratning tusha boshlashi bosh og‗rig‗i kamayishi, bemorda ishtaha 
paydo bo‗lishi tuzalishning dastlabki belgilari xisoblanadi. 1-2 hafta ichida xarorat 
pasaya borib, me‘yorigacha tushadi. Shunga monand ravishda bemorning ahvoli 
ham yaxshilanib boradi. Ishtaha ochiladi (bo‗ri ishtahasi), uyqu yaxshilanadi, bosh 
og‗rishi butunlay yo‗qoladi. Asta-sekin quvvat paydo bo‗ladi. Tildagi karash 
yo‗qoladi, jigar va taloq kichrayib, o‗z holatiga qaytadi. 
Klinik shakllari: 
Og‗irlik darajasi bo‗yicha - yengil, o‗rta og‗ir, og‗ir kechishi mumkin. 
Klinik belgilarni namoyon bo‗lishiga qarab: 
-
Aniq, 
-
Abortiv, 
-
Bilinar bilinmas. 
-
Asoratli (asoratlari xususiy va noxususiyga ajratiladi). 
Xususiy asoratlarga: 
-
Ichakdan qon ketishi, 
-
Ichakdagi yarani teshilishi, 
-
Infeksion-toksik shok. 
Kasallik avjiga chiqqan davrda (2-3 haftada) ichakdan qon ketishi va ichak 
teshilishi
 
mumkin. Ichakdan qon ketishi kamroq, qisqa muddatli yoki aksincha, 
ko‗p va uzoq muddatli bo‗ladi. Birdaniga ko‗p qon ketganida bemorning rangi 
to‗satdan keskin oqaradi, tomir urishi tezlashadi, qon bosimi yana ham pasatlaydi. 
Tana xarorati qisqa muddatga me‘yorlashadi. Qondagi eritrotsitlar va 
gemoglobinlar miqdori kamayganligi aniqlanadi. Og‗ir hollarda kollaps — o‗tkir 
yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi. Qon ketishi oz bo‘lgan hollarda, najasni 
qora rangli bo‗lib kelishi ichakdan qon ketganini bildiradi. 
Ichak yarasining teshilishi kasallikkning 3-4 haftalarida ro‗y beradi. Aynan 
o‗sha daqiqada bemor qorinning o‗ng yonbosh qismida og‗riq yuzaga keladi. 


45 
Qorinni paypaslab ko‗rganda og‗riq kuchayadi. Ichak tutqichi yallig‗lanishiga hos 
bo‗lgan Shchyotkin-Blyumberg belgisi paydo bo‗ladi. Qorin muskullari qisqa 
muddatga taranglashadi. Keyinchalik qorni shishadi. Tomir urishi tezlashadi, 
bemordan sovuq ter ajraladi. Qonni tekshirib ko‗rilganida leykotsitoz kuzatiladi. 
Ich terlamaning bulardan boshqa asoratlari ham uchrab turadi. Pnevmoniya, 
xoletsistit, otit, parotit, pielonefrit, tromboflebit kabilar shular jumlasiga kiradi.
Rasm 4. Qorin tifida teridagi rozeolyoz toshmalar. Shaxsiy olingan rasm. 
Kasallik ko‗p hollarda tuzalish bilan tugaydi. Ba‘zan bemorlarda tuzalish 
davri boshlanganida qaytalanish
(obostreniya)
kuzatiladi. Uning asosiy belgisi — 
pasaya boshlagan isitmaning qayta ko‗tarilishi xisoblanadi. Shuningdek, 
bemorning umumiy ahvoli ham og‗irlasha boshlaydi. Intoksikatsiya belgilari 
ortadi. Bosh og‗rishi kuchayadi. Uyqu buziladi. Yotish tartibiga rioya 
qilinmaganida, parhez buzilganida yoki turli stress omillar ta‘sirida ich terlama 
bilan og‗rigan bemorda qaytalanish kuzatiladi. Bunda qaytadan ko‗tarilgan isitma 
2-3 kundan bir necha kungacha saqlanib turishi mumkin. Ich terlamaning 
zo‗rayishi kasallikning og‗ir oqibatlar bilan tugallanish ehtimolini oshiradi. Ba‘zan 


46 
bemor ich terlamadan tuzalganidan so‗ng, oradan 1-2 hafta o‗tgach, kasallik 
qaytalanishi – retsidiv kuzatiladi. Retsidiv ro‗y berishiga, ko‗pincha bemorning 
tartib va parhezni qo‘pol buzishi, stress holatlari sabab bo‘lishi mumkin. 
Retsidivda kasallik alomatlari qaytadan paydo bo‗ladi va avvalgidek, ma‘lum 
qonuniyat bilan kechadi. Odatda, retsidivlar asosiy kasallikka nisbatan yengilroq 
o‗tadi, isitmalash davri qisqaroq bo‗ladi. Retsidivlar 2-3 marta takrorlanishi ham 
mumkin.
Kasallikning bayon qilingan belgilari bilan kechishi ko‗proq uchrab tursa 
ham, uning yengil, sezilar-sezilmas alomatlar bilan, ba‘zan "oyoqda" yurib 
o‗tkazadigan shakllari ham uchrab turadi. Ich terlamaning g‗oyat yengil - xarorat 
biroz ko‗tarilishi, intoksikatsiya deyarli ro‗y bermaydigan noaniq (ambulator) 
shakllari yoki qisqa muddatli isitma, yengil intoksikatsiya bilan cheklanib o‗tib 
ketadigan abortiv turlarini vaqtida aniqlash qiyin. Bunday hollarda, ham 
epidemiologik nuqtai nazardan (kasallikni atrofdagilarga tarqatish jihatidan), ham 
asoratlar kuzatilishi mumkinligidan, xavfli xisoblanadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish