O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
 
5-bob. O „ T K I R I C H A K I N F E K S I Y A L A R I
Ushbu kasalliklarga qorin tifi (ich terlama), paratif A va V kiradi. Bu 
kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari bir-biridan farq qilsa ham, epidemiologiyasi, 
patogenezi, klinik kechishi o‗xshab ketadi, shu sababli qorin tifini chuqurroq 
o‗rganish, paratiflar to‗g‗risida ham tushuncha beradi. 
QORIN TIFI (ICH TERLAMA) TYRNUS AVDOMINALIS 
Qorin tifi o‗tkir yuqumli kasallik bo‗lib, fekal-oral yo‗l bilan yuqadigan
bakteriemiya,organizmning intoksikatsiyasi, o‗ziga hos uzoq davom etuvchi 
istima, jigar va taloqni kattalashuvi, terida toshmalar paydo bo‗lishi va ingichka 
ichak distal qismini limfa apparatining yallig‗lanishi bilan kechadi.
"Typhos-[tifos]" — grekcha so‗zdan olingan, Gippokrat tomonidan kiritilgan 
bo‗lib, tarjimasi "tuman" ma‘nosini bildiradi; bemorning xushi o‗zida 
bo‗lmasligini e‘tiborga olib, shunday nom berilgan. Qadimda g‗oyat og‗ir, kuchli 
intoksikatsiya bilan o‗tadigan istimali ko‗p kasalliklarni tif nomi bilan yuritilgan. 
Keyinchalik kasallikni chaqiruvchilari aniqlangandan so‗ng, qorin tifi alohida 
nozologik birlik bo‗lib yuritilgan. 
Qorin tifi bilan kasallanish qadim zamonlardan beri ma‘lum. Bu kasallik 
haqida Gippokrat o‗z qo‘lyozmalarida ma‘lumot keltirgan. Ilgari bu kasallikni 
xarorat ko‗tarilishi bilan kechadigan boshqa hastaliklardan ko‗p farq qilinmagan. 
Faqat 1813 yilga kelib fransuz shifokorlari Bretanno va Sxarl kasallik klinikasini 
batafsil bayon qilganlar. 


38 
Etiologiyasi.
Kasallik qo‗zg‘atuvchisi salmonellalar guruhiga kiruvchi qorin 
tifi tayoqchasi. Uni T.Borovich (1874), N.I.Sokolov (1876) va 1880 yilda nemis 
olimi Ebert shu kasallikdan o‗lgan bemor ichagidagi limfa tugunlaridan topgani 
uchun ―Ebert tayoqchasi‖ deb ham atalgan. Lotincha nomi Salmonella typhi (rasm 
1). 
Bu mikrob asosan tayoqcha shaklida bo‗lib, uzunligi 1,5-3 mk, grammanfiy.
Tanasida uzun hivchinlari borligi tufayli, u xarakatchan. Spora va kapsula hosil 
qilmaydi. Safro qo‗shilgan muhitda yaxshi o‗sadi. Mikrob parchalanganida kuchli 
endotoksin hosil bo‗ladi. Kasallikning intoksikatsiya belgilari shu toksin ta‘siri 
bilan bog‗liq. 
Rasm 1. Qorin tifini ko‗zg‗atuvchisini mikroskop ostida ko‗rinishi 
(Ebert tayoqchasi). Kaf.tablitsasi 
Qorin tifi mikrobining antigen tuzilishi ancha murakkab. Mikrob tanasida 
issiqqa chidamli, somatik O-antigen mavjud, issiqqa chidamsiz somatik Vi-antigen 
va xivchinli N-antigen bor. Mikrob noqulay sharoitda, organizmda shakllangan 
immunologik antitelo ta‘sirida L- shaklga o‗tish xususiyatiga ega. 


39 
Tashqi muhitda ich terlama mikrobi nisbatan turg‗un. Ular 50°C gacha 
qizdirilganda 60 min, 60°C esa 30 min hayot faoliyatini saqlab qoladi. 100°C da 
o‗sha zahoti o‗ladi. Bu mikroblar oqar suvda 5-10 kun, ko‗lmak suvda bir oygacha, 
quduq suvida bir necha oygacha saqlanib turadi. Meva va sabzavotlar yuzasida 5-
10 kun, idish-tovoqlarda — 2 haftagacha, go‗shtda 3 oygacha saqlanadi. Sutda ich 
terlama mikroblari saqlanibgina qolmay, hatto ko‗payadi ham. Tuproqqa tushgan 
mikroblar namlik yetarli bo‗lsa, 2-3 oy saqlanib turadi. Ich terlama mikroblari 
levomitsetin, ampitsillin kabi antibiotiklarga sezuvchan.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish