O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Gormonoterapiya.
Oxirgi yillarda yuqumli kasalliklarni davolashda 
kortikosteroidlar keng qo‗llanilmoqda. Yuqumli kasalliklar og‗ir o‗tganda buyrak 
usti bezlarida qator o‗zgarishlar yuz berishi va ular faoliyatining izdan chiqishi 
ma‘lum. 


33 
Gormonlar zarur bo‗lganda ishlatiladi va 14 kundan ortiq bermaslik tavsiya 
qilinadi. Gormonlar bilan davolashda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 
1. Miqdori me‘yorida bo‗lishi va uni bemorga berishni sekin-asta kamaytirib, 
keyin to‘xtatish; 2. Maxalliy va umumiy yallig‗lanish jarayoni qanchalik yaqqol 
ko‗ringan bo‗lsa, shunchalik gormonlar bilan davolashga asos ko‗p bo‗ladi. 
Og‗ir intoksikatsiya bo‗lganda va bosh miya zararlanganda gormonlar 
tayinlash tavsiya etiladi. 
Yuqumli kasalliklarning yengil shakllarida o‗tayotgan vaqtlarida gormonlar 
berilmaydi. Gormonlar tayinlanganda albatta antibiotiklar beriladi. 
Yuqumli kasalliklar og‗ir o‗tganda ba‘zan buyrak usti bezi faoliyati buziladi: 
shok holati va kollaps yuz beradi. Qon bosimi pasayib boradi, bemor juda qattik 
bo‗shashadi, qusadi, meteorizm, taxikardiya, oliguriya yo‘ki anuriya aniqlanadi, 
bemor karaxt holda yo‘tadi, tana xarorati pasayadi. Bunday hollarda 
gormonoterapiya bilan bir qatorda shokka qarshi choralar amalga oshiriladi. 
Odatda bunday usul bilan davolanganda 24—30 soat o‗tgach tana xarorati 
pasayadi, intoksikatsiya kamayadi, bemorning ahvoli yaxshilanadi, boshqa belgilar 
sekin-asta yo‗qoladi. Antibiotiklar ta‘sir qilmagan hollarda, gormonlar tayinlash 
tavsiya etilmaydi.
4-bob. YUQUMLI KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI 
Yuqumli kasalliklarning rivojlanishi, odamlar orasida tarqalishi avvalo 
kishilik jamiyatining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga, aholining turmush 
sharoitiga bog‗liqdir. 
Asrlar o‗tishi bilan jamiyatda yuz bergan o‗zgarishlar bilan bir qatorda 
yuqumli kasalliklarda ham evolyutsion jarayon sodir bo‗lgan. Xar xil omillar 
ta‘sirida kasallik qo‗zg‗atadigan bakteriyalar, viruslar va sodda jonivorlarning 
virulentlik xususiyatlari o‗zgardi. Ularning ba‘zi birlari mutlaqo yo‗qoldi, o‗rniga 
ilgari uchramagan va tashqi muhit sharoitiga moslangan yangi xillari paydo bo‗ldi. 


34 
Shunday qilib, yuqumli kasallikning ham yangi xillari vujudga keldi. 
Masalan, virus qo‘zg‗atadigai OIV kasalligi 1980 yillarning boshida birinchi marta 
aniqlandi. U ilgari uchramagan edi. Ikkinchi tomondan yuqumli kasalliklarga 
qarshi olib borilgan profilaktik tadbir-choralar o‗z navbatida yer yuzida yuqumli 
kasalliklar ro‗yxati va manzarasini o‗zgartirdi. 
Umumiy chora-tadbirlar davlat tomonidan amalga oshiriladi. Bunda axoli 
turmush sharoitini yaxshilash, tibbiy xizmatini takomillashtirish odamlarning 
ishlash va dam olish, uy-joy sharoitini talabga javob beradigan xolda qilish va shu 
kabi qator boshqa tadbir-choralar ko‗zda tutiladi. 
Maxsus profilaktik chora-tadbirlar sog‗likni saqlash tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Zaruriyat tug‗ilganda boshqa tashkilotlar (veterinariya 
xodimlari, qishloq xo‗jalik tashkilotlari) ishtirok etadi. 
Alohida xatarli yuqumli kasalliklar (vabo, o‗lat, gemorragik istima kabilar) ga 
qarshi kurash choralari xorijiy mamlakatlar bilan yaqin hamkorlikda amalga 
oshiriladi. 
Profilaktika choralari uch yo‗nalishda olib boriladi:
1. Infeksiya manbaini zararsizlantirish (kasallik manbaiga qaratilgan);
2. Kasallikni yuqish yo‗llarini qirqish;
3. Odamlarda yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil qilish (moyil 
organizmga yo‘naltirilgan). 
Infeksiya manbaini zararsizlantirish uchun avvalo tashxisni barvaqt aniqlab, 
bemorni tezda kasalxonaga joylab uning organizmidagi patogen mikrobni 
yo‗qotish choralarini ko‗rish katta ahamiyatga egadir. Bakteriya tashib yuruvchilar 
qattiq nazoratga olinadi. Bemor foydalangan buyumlarni, idish-tovoqlarni, kiyim-
kechaklarni, yashayotgan xonani dezinfeksiya qilish juda muhimdir. Bemorni 
yaxshi davolash, imkoni boricha uni kasallik qo‗zg‗atgan bakteriyadan xalos qilish 
zarur. Odatda bemor butunlay sog‗aygach, ma‘lum bir muddat o‗tgach va 
bakteriologik tekshiruvlarda manfiy natija olingandan so‗nggina kasalxonadan 
chiqariladi. 


35 
Infeksiyalar o‗choqlarida, yuqumli kasallikdan sog‗aygan kishilar va ayniqsa 
oziq-ovqatga, ichimlik suviga aloqador, bolalar muassasalarida ishlaydigan 
xodimlar orasida bakteriya tashib yuruvchilarni izlab topish vaqti-vaqti bilan 
ma‘lum bir tartibda amalga oshiriladi. Aniqlangan bakteriya tashib yuruvchilar 
ishdan vaqtincha chetlashtiriladi va nazorat ostida qayta-qayta tekshiriladi va 
davolanadi. 
Bemorlar bilan muloqotda bo‗lgan kishilar alohida nazoratda bo‗ladilar. Bu 
nazorat yuqumli kasallik inkubatsion davri muddatiga qarab aniqlanadi. 
Alohida xavfli kasalliklarda (o‗lat, vabo) bemorlar bilan kontaktda bo‗lgan 
hamma odamlar maxsus izolyatorlarga yotqiziladi (observatsiya qilinadi). 
Izolyatorda saqlash muddati kasallik inkubatsiya davriga boglik

Masalan, o‗latda 
6 kun, vaboda 5 kundir. 
Mamlakat chegaralarini muhofaza qilish sanepidstansiyalarga va boshqa 
epidemiyaga qarshi ishlaydigan maxsus muassasalarga yuklatiladi. Bu muassasalar 
hamma dengiz, daryo portlarida, aeroportlarda katta temir yo‘l tarmoqlarida va 
katta yo‗llar yoqasida joylashgan bo‗ladi. Hozir butun jaxon sog‗liqni saqlash 
tashkiloti (BJSST) quyidagi xalqaro ahamiyatga ega kasalliklarni nazorat qilib 
turadi. Bu kasalliklar ikki guruhga bo‗linadi: 1) xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari 
doirasidagi kasalliklar (o‗lat, vabo, maymun chechagi, sariq isitma); 2) Xalqaro 
miqyosda nazorat qilinadigan kasalliklar (toshmali tif, qaytalama tif, gripp, 
poliomielit, malyariya). 
Hamma mamlakatlar BJSST ga yuqorida qayd qilingan yuqumli kasalliklar 
haqida majburiy ravishda axborot berib turadilar. 
Zoonoz kasalliklariga qarshi tadbir-choralar veterinariya xizmati xodimlari 
bilan hamkorlikda olib boriladi. Kasallik manbai kemiruvchi hayvonlar 
(kalamushlar, sichqonlar) bo‗lgan hollarda deratizatsiya choralari amalga 
oshiriladi. 
Yuqumli kasalliklar profilaktikasida epidemik jarayonning ikkinchi bosqichi 
— kasallikning yuqish yo‗llarini qirqish muhim rol o‗ynaydi. 5 ta yo‗nalishda 


36 
bajariladigan profilaktik choralar uch guruhga bo‗linadi: 1) sanitariya va gigienaga 
taaluqli tadbir-choralar; 2) dezinfeksiya va 3) dezinseksiyaga oid ishlar. 
Yuqumli kasalliklar bilan og‗rigan bemorlarga tibbiy yordamni ko‗rsatish uch 
xil bosqichda amalga oshiriladi:
1. Poliklinikalarda bu ishni terapevtlar va pediatrlar bajaradilar.
2.Tuman miqyosida bunday bemorlarga yordam ko‗rsatadigan xizmat 
mavjud. Bu xizmatni yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi infeksionistlar va 
poliklinikalardagi yuqumli kasalliklar kabinetlarida ishlaydigan shifokorlar 
bajaradi.
3. Shaxar va viloyat miqyosida bu ish maxsus yuqumli kasalxonalarga 
yuklatiladi. 
Poliklinikalardagi vrach-infeksionistlar muayyan bir xududda yuqumli 
kasalliklarga qarshi hamma tadbir-choralarni amalga oshirishga rahbarlik qiladilar. 
Bu kabinet xodimlari yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlashga alohida e‘tibor 
beradilar. Kasalxonadan chiqarilgan rekonvalessentlarni davolash, dispanser 
ko‗rigidan o‗tkazish surunkali bemorlarni nazorat qilib turish, gijja bilan og‗rigan 
kishilarni aniqlash va davolash ishlari ham ana shu kabinet shifokoriga yuklatilgan. 
Poliklinikaga biriktirilgan xududda profilaktik emlashni ham ana shu kabinet 
xodimlari immunolog hamkorligida amalga oshiradilar. Nihoyat bu kabinet 
xodimlari poliklinika xududida yashaydigan aholi orasida sanitariya-oqartuv 
ishlarini olib boradilar. 
Shaxar va viloyat yuqumli kasalxonalarida ham ularga yuklatilgan vazifalar 
ma‘lum bir tartib doirasida amalga oshiriladi. Avvalo, bu kasalxonalarda 
infeksiyani bemorlardan boshqalarga yuqmasligi uchun aloxida choralarga
e‘tibor beriladi. 
Yuqumli kasalxonada quyidagi bo‗linmalar bo‗lishi kerak: 1) bokslarga 
(alohida kichkina xonalar)ga ega bo‗lgan qabulxonasi; 2) muayyan bir infeksiyaga 
mo‗ljallangan bo‗linmalar; 3) bokslardan (ajratilgan xona) iborat aloxida bo‗linma. 
Bu bo‗linma aloxida xavfli yuqumli kasalliklar bilan og‗rigan bemorlarni 
yotqizishga mo‗ljallangan; 4) zudlik bilan bemorga yordam berishga ixtisoslashgan 


37 
jadal davolash va reanimatsiya bo‗linmasi yoki palata; 5) xirurgiya bo‗linmasi; 6) 
rentgenologiya va fizioterapevtik bo‗linmalar; 7) Klinik, bakteriologiya, serologiya, 
virusologiya, bioximik laboratoriyalar; 8) Markazlashgan sterilizatsiya xonasi; 9) 
Patologik anatomiya bo‗linmasi (uning yonida murda saqlanadigan xona bo‗lishi 
kerak). 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish