O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Seroterapiya 
Difteriya, qoqshol, botulizm, gazli gangrenaga qarshi zardoblar antitoksik 
zardoblardir. Bu zardoblar tegishli anatoksinlar bilan emlangan otlar qonidan 
olinadi. Ularning tarkibida spetsifik antitoksin bo‗ladi. Antibakterial zardoblarda 
agglyutininlar, bakteriolizinlar, opsoninlar bor. Immun zardoblar asosan 
bemorning muskuli orasiga va juda zarur bo‗lganda venasiga yuboriladi. Zardoblar 
hamma vaqt Bezredka usuli bo‗yicha ishlatiladi: avvalo, bemor teri ichiga, so‘ng 
teri ostiga 0,1 ml yuboriladi, oradan 20 min o‗tgach qo‘lgan hamma qismi 


31 
yuboriladi. Dializ usuli bilan oqsil moddalaridan halos qilingan zardob «diaferm» 
deb ataladi. Bu zardob bilan davolanganda asoratlar kam bo‗ladi. 
Zardobni imkoni boricha erta yuborish zarur. Chunki toksinlar bemor 
organizmida 3 kunga qadar bemalol qonda aylanib yuradi, so‗ngra ular hujayralar 
va to‘qimalarga birikadi. Zardobdagi antitoksin faqat birikmagan va qonda aylanib 
yurgan toksini neytrallaydi. Kasallik boshlanganidan keyin, 4-5 kun o‗tgach 
ishlatiladigan immun zardobning nafi kam bo‗ladi. 
Immunoglobulin emlangan donorlar (gomologik immunoglobulin) va 
emlangan 
otlar 
(geterologkk 
immunoglobulin) 
zardobidan 
tayyorlanadi. 
Immunoglobulinlarda antitelolar konsentratsiyasi yuqori va ular keraksiz 
moddalardan tozalangan bo‗ladi. Oxirgi yillarda gripp, kana tarqatadigan ensefalit, 
stafilokokk 
infeksiyasi, 
kuydirgi, 
leptospiroz, 
ko‗kyo‘talga 
qarshi 
immunoglobulinlar ishlatilmoqda. 
Immunoglobulin yuborilganda organizmga tayyor antitelolar tushgach, ular 
bir oygacha qonda aylanib yuradi (bu sust immunlash usulidir). Immunoglobulin 
ximioterapevtik preparatlar bilan bir vaqtda ishlatiladi. 
Oxirgi 
yillarda 
poliglobulin 
qo‗llanilmoqda. 
Bu 
preparat 
oldingi 
immunoglobulinlardan farq qiladi, temir moddasini biriktiradigan oqsil modda - 
transferin bor. Transferin bakteritsid xususiyatga ham egadir. Zardobdan 
tayyorlangan poliglobulinda yuqori titrda juda ko‗p bakteriya va viruslarga qarshi 
ta‘sir ko‗rsatadigan antitelolar mavjuddir. 
Zardob bilan davolash, ya‘ni seroterapiyada turli asoratlar uchrashi mumkin: 
anafilaktik shok, zardob kasalligi shular jumlasidandir. 
Anafilaktik shok zardob yuborilgan zahotiyoq yuz beradi. Anafilaktik shok 
bo‗lmasligi uchun zardobni hamma vaqt Bezredka usulida ishlatish kerak. 
Zardob kasalligi shifobaxsh zardob yuborilgach oradan 5-12 kun o‗tgandan 
keyin boshlanadi. Zardob kasalligi isitma, qichishadigan toshma, limfa 
tugunlarining kattalashuvi va shilliq pardalarning shishi bilan ta‘riflanadi. Ba‘zan 
zardob kasalligida nevrit, radikulit, sinovitlar ham uchraydi. Bu kasallik 6-12 kun 
davom etadi. Oqibati yaxshi, bemorlar hamma vaqt sog‗ayib ketadilar. Hozir 


32 
zardob kasalligi kam uchramokda. Oxirgi yillarda oqsil moddalardan tozalangan 
zardoblar (diaferm) ishlatilmoqda. 
Immunoterapiya. Organizmning immun tizimiga ta‘sir o‗tkazib, uning
tabiiy 
himoya kuchlarini kuchaytirish immunoterapiya deyiladi. Immunoterapiya – 
maxsus va nomaxsus bo‗ladi. 
Maxsus immunoterapiya organizmning immun tizimiga o‗ziga hos, ya‘ni 
maxsus omil bilan ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan. Bunda ko‗pincha faol va sust 
immunitetni kuchaytiradigan turli vositalardan – xar xil vaksinalar, shifobaxsh 
zardoblardan foydalaniladi. 
Vaksina. Vaksina o‗ldirilgan yoki patogenlik xususiyati yo‗qotilgan va 
antigenlik xususiyati saqlangan bakteriyalardan tayyorlanadi. Vaksina bemor 
organizmining spetsifik himoya quvvatini kuchaytiradi (fagotsitoz kuchayadi, 
antitelolar tezroq ishlanib chiqariladi). Vaksina asosan yuqumli kasalliklarning 
surunkali shakllarida qo‗llaniladi (brutsellyoz, tulyaremiya, ichburug‗da). Vaksina 
bemor organizmini desensibilizatsiyalanishiga ham sabab bo‗ladi. Zardoblar bilan 
davolash, ya‘ni seroterapiya to‗g‗risida yuqorida qisqacha to‗htalib o‗tildi. 
Nomaxsus immunoterapiya esa jonlantiruvchi xar xil vositalar bilan ta‘sir qilib, 
organizmning umumiy himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan bo‗ladi. Nomaxsus 
immunoterapiyada turli vitaminlar, qon va qon tarkibiy qismlari, tabiiy va sintetik 
polimerlar va boshqalar qo‗llaniladi. Nomaxsus immunoterapiya vositalari 
yallig‗lanish hodisalarini susaytirib regenerator va fagotsitar funksiyalarni 
kuchaytirish yo‗li bilan organizmning himoya kuchlarini oshiradi. 
Shunday qilib, immunoterapiyada qo‗llaniladigan vositalar asosan immun 
tizimlarini jonlantiradigan vositalar – immunostimulyatsiya vositalari va bu tizimni 
susaytiradigan vositalar — immunodepressiv terapiya vositalaridan iboratdir. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish