Dori-darmon bilan davolash.
Qorin tifini etiotrop davolash maqsadida
antibiotiklardan levomitsetin hamda ampitsillin qo‗llanadi. Levomitsetin katta
yoshdagilarga 0,5 g dan, ba‘zan 0,75 dan kuniga 4 mahal (2-3 g) beriladi. Uni
imkoni boricha kasallikning dastlabki kunlaridan qo‗llanadi. Ko‗rsatilgan dozada
levomitsetin bemorning isitmasi me‘yoriga tushguncha va undan so‗ng 10-12 kun
davomida beriladi. Normal xaroratning 5-8 kunlari 0,5 g dan kuniga 3 mahal, 9-12
kunlari — 0,5 g dan kuniga 2 mahal beriladi va to‗xtatiladi. Dori ovqatlanishdan
30 minut oldin ichiriladi.
Og‗ir hollarda yoki og‗iz orqali qabul qilish qiyin bo‘lsa, levomitsitin
suksinat-natriy in‘eksiya yo‗li bilan 1 g dan kuniga 2-3 marta muskul orasiga
yuboriladi.
Ampitsillin bilan davolaganda uni 1 g dan kuniga 4 marta (4 g) ichiriladi yoki
in‘eksiya qilinadi. Davolash kursi 14 kun.
Keyingi vaqtlarda qorin tifini antibiotikka chidamli shtammlari paydo
bo‗lmoqda, shu sababli levomitsitin samarasi yaxshi bo‗lmasa azitromitsin 500 mg
dan birinchi kuni, keyinchalik 250 mg/sut og‗iz orqali buyuriladi. 3-avlod
sefalosporinlardan seftriakson 2 gr/sutkaga mushak ichiga, ftorxilonlardan
50
siprofloksatsin 500 mg 2 maxal ogiz orkali beriladi. Bu antibiotiklar bilan davolash
kursi isitma tushishini 5-7 kunlarigacha davom ettiriladi.
Antibiotiklar bilan davolaganda intoksikatsiya alomatlari ertaroq yo‗qoladi.
Isitma 5-6 kunda tushadi, asoratlar kam uchraydi. Lekin kasallikning zo‗rayishi
yoki qaytalanishi (retsidiv) va bakteriya tashuvchilik shakllanishi antibiotiklar
bilan davolashga xar doim ham bog‗liq emas. Shuning uchun kasallik tashxisi aniq
bo‗lsa ham, yengilrok kechgan hollarda antibiotik qo‗llash sxart emas.
Organizmning antitelogenezini stimulyatsiya qilishga ko‘rsatma bo‘lsa xususiy
davo maqsadida mono- (Vi-antigen qorin tifida), divaksina (paratif A va B)
qo‘llaniladi. Vaksina yelka sohasining teri ostiga 0,1 ml dozada kasallik avj olgan
davrida yuborish bilan boshlanadi. Kun oralatib uning dozasi 0,1 ml dan oshirib,
jami 6-8 marta yuboriladi. Ich terlamani davolashda vitamin preparatlaridan
askorbin kislotasi, "B" guruhiga mansub vitaminlar va rutin keng qo‗llanadi.
Intoksikatsiyani
kamaytirish
maqsadida
vena
tomiriga
tomchilab
reopoliglyukin, glyukozaning 5% li eritmasi, reosorbilakt, Ringer eritmasi (jami
kuniga 1,0 - 1,5 litr) yuboriladi. Kasallik og‗ir kechib, davolashni samarasi yaxshi
bo‘lmasa 10% li albumin, qon plazmasidan 100 ml dan quyib turish bemor
quvvatini tez tiklashga yordam beradi. Yurak va qon tomirlari faoliyatini
yaxshilash uchun vena tomiriga 20-40% glyukoza eritmasidan 20 ml (5
-
10 ml 5%
li askorbin kislotasi qo‗shib) yuboriladi. Kardioprotektorlardan tiotriozalin kabi
preparatlar ham shu maqsadda qo‗llanadi. Uyqusizlikda uxlatuvchi dorilar tavsiya
etiladi. Ichakdan qon ketganida bemor qimirlamay yotishi kerak. 12-24 soat
davomida unga ovqat berilmaydi. Qorin ustiga muz solingan haltacha qo‗yiladi (u
og‗ir bo‗lmasligi kerak). Qon ketishini to‗xtatish maqsadida aminokapron
kislotasining 5% li eritmasidan 100 ml vena tomiriga yuboriladi. Vikasol (vitamin
K) ning 1% eritmasidan 1-2 ml teri ostiga yuboriladi. Agar bu muolajalar yaxshi
naf bermasa yoki qon ko‗p ketayotgan bo‗lsa, gemostatik dozada (50-100 ml) qon
quyiladi. Imkoni boricha, donorning qon guruhi bemorniki bilan bir hil va qon
yangi tayyorlangan bo‗lishi kerak. Oradan 1-1,5 kun o‗tgach bemorga oz-ozdan,
51
iliq holda ovqat beriladi. Suyuqliklar sovuq xolda ichiriladi. Ichak yarasi teshilgan
hollarda faqat jarroxlik yo‗li bilan davolanadi.
Kasallik zo‗raygan yoki qaytalagan hollarda davolash muolajalari qorin
tifining o‗tkir davrida olib boriladigan davolashdan farq qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |