O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxisoti.
Ich terlamada, yuqorida eslatib o‗tilganidek, o‗ziga hos 
alomatlar: yaqqol ifodalangan intoksikatsiya, yuqori xarorat, terida rozeoloz 
toshmalar, tomir urishining xaroratdan orqada qolishi (nisbiy bradikardiya) bo‗lgan 
hollarda klinikasiga asoslanib tashxis qo‗yish qiyin emas. Qo‗shimcha ravishda 
epidemiologik ma‘lumotlar bo‗lsa tashxis qo‗yish yana ham osonlashadi. Lekin xar 
doim ham kasallik aniq ko‗rinishda kechmaydi. Shu sababli kasallikka yakuniy 
tashxis quyishda laboratoriyada tekshirish usullaridan foydalanishga to‗g‗ri keladi. 
Ich terlama tashxisini qo‗yishda quyidagi laboratoriya usullardan foydalaniladi. 
Qonni umumiy tahlilida kasallikni birinchi kunlari ozgina namoyon bo‘lgan 
leykotsitoz, qisqa muddatli leykoformulani chapga siljishi, kasallik avj olganda 
normatsitoz yoki leykopeniya kuzatiladi. Nisbiy limfotsitoz, aneozinofiliya, EChT 
bir oz tezlashadi. 
1. Gemokulturaga qonni (bakteriologik) tekshirish. 
U erta tashxis qo‗yish 
usullaridan xisoblanadi. Amaliyotda, kasallik noaniq kechadigan hollarni ham 
inobatga olib, tana xarorati biror sabab bilan bog‗liq bo‗lmagan holda 3 kundan 


47 
ortiq yuqori bo‗lib tursa, gemokulturaga qon olib tekshiriladi. Bu maqsadda katta 
yoshdagilardan bilak venasidan 5-10 ml qon olib, steril sharoitda (spirt lampasi 
alangasi ustida) 10% safroli suyuqlikka, Rapoport muhitiga ekiladi. Olingan qon 
miqdori bilan ozuqa muhitga nisbati 1:10 bo‗lishi zarur. Qonni gemokulturaga 
tekshirish uchun kech muddatlarda olinganida, uning miqdori 10-15 ml, hatto 
undan ortiq bo‗lishi lozim.
 
 
2. Najas va siydikni bakteriologik tekshirish uchun ekish. 
Kasallikning 2-
haftasidan boshlab (ba‘zan dastlabki kunlaridan) bakteriya najas va siydik bilan 
ajralib chiqa boshlaydi. Odatda siydik sterillangan idishga 50 ml miqdorida olinib, 
laboratoriyada uning cho‗kmasi Ploskirev, Myuller yoki Kaufman muhitlariga 
ekiladi (urinokultura). Najasni esa 2-3gr miqdorida bo‗limning o‗zida laboratoriya 
tayyorlab bergan 10 ml li (penitsillin idishda) yuqorida nomi ko‗rsatilgan 
muhitlardan biriga ekiladi (koprokultura). Urino- va koprokultura ko‗proq 
kasallikning 2-3 haftalarida ijobiy natija beradi. Bemorda kasallik alomatlari 
tugaganidan keyin ham koprokultura (ba‘zan urinokultura ham) olinishi bakteriya 
tashuvchilik holati shakllanganidan darak beradi. Respublikamiz sharoitida qorin 
tifidan tuzalgan bemorlarning 3-5 foizida bakteriya tashuvchilik shaklanadi (utkir 
yoki surinkali). 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish